A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Download 0.87 Mb.
|
STRATEGIK BOSHQARUV 05 01 2023 охирги варианти 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- VII BOB. UMUMTA’LIM MAKTABLARI PEDAGOG XODIMLARINI BOSHQARISHNING STRATEGIK JIHATLARI 7.1. Umumta’lim maktablari pedagog xodimlari strategik boshqaruv obyekti sifatida
Tayanch iboralar:
An’anaviy boshqaruv, chiziqli-funktsional boshqaruv, matritsali boshqaruv tuzilmasi, diversifikatsion faoliyatni boshqarish tuzilmasi, umumta’lim maktablari faoliyatiga butunlay boshqacha tus berish strategiyasi, umumta’lim maktablarining diversifikatsiya strategiyasi, umumta’lim maktablarining kooperatsiyalashgan o‘sish strategiyasi, umumta’lim maktablarining yashash davomiyligini saqlab qolish strategiyasi. VII BOB. UMUMTA’LIM MAKTABLARI PEDAGOG XODIMLARINI BOSHQARISHNING STRATEGIK JIHATLARI 7.1. Umumta’lim maktablari pedagog xodimlari strategik boshqaruv obyekti sifatida Umumta’lim maktablari faoliyatida byujetdan tashqari mablag‘ topishga qaratilgan, asosiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan diversifikatsion tarzda bunyod etiladigan infratuzilmaviy subyekt negizidagi yangi strategiyani ro‘yobga chiqarish arafasida aynan shu borasida pedagog xodimlar bilan muntazam shug‘ullanish jarayonlari ko‘rilishi lozim bo‘lgan masala sifatida qaraladi, xususan, umumta’lim maktabi pedagog xodimlaridan qaysi biri yangi diversifikatsion strategiya bo‘yicha malaka va ko‘nikmaga ega, ya’ni ular qo‘shimcha tayyorgarliksiz yangi diversifikatsion tarzdagi strategiyani ro‘yobga chiqarishga jalb qilinishi mumkin yoki umumta’lim maktabining pedagogi va texnik xodimi, ya’ni umuman boshqa soha mutaxassisi bo‘lganligi bois ham diversifikatsion soha bo‘yicha qayta tayyorlashdan o‘tishi kerak, shuningdek, umumta’lim maktabining qaysi pedagogi yoki texnik xodimi harakatdagi tashkiliy tuzilmadan tashqarida qolayapti, ya’ni qisqarishga tushayapti. Umumta’lim maktablari faoliyatininh istiqboliga xos bo‘lgan mazkur turdagi masalalar dastavval, taktik masala sifatida tezkor ko‘rib chiqiladi, chunki eski tuzilma bo‘yicha faoliyat yuritib turgan pedagog xodimlarning yangi strategiyaga moslik jihatidan mutaxassis qabuli bo‘yicha saralash bosqichlarini ro‘yobga chiqarish va shu asosida umumta’lim maktabining yangi taraqqiyot strategiyasi poydevori sifatidagi dastlabki sharoitlarni yaratish uchun, shuningdek, yangi strategiyaga qadam qo‘yish uchun zamin hozirlanadi. Ikkinchi bosqichda, umumta’lim maktabining pedagog va texnik xodimlari bilan yangi taraqqiyot strategiyasi bo‘yicha ishlashning haqiqiy jarayonini shakllantirishga kirishiladi. Umumta’lim maktablarining pedagog xodimlari mamlakatimiz uchun mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida OTM larga o‘z mahsulotini, ya’ni yetuk, iqtidorli o‘quvchilarini yo‘naltirish borasida alohida o‘rin tutadi.Mazkur pedagogik jihatlar o‘z navbatida pedagogning nufuzini va pedagogik rivojlanishining muvaffaqiyatini belgilab beradi, chunki boshqa barcha tarkibiy omillar ularning qiymatini faqat OTM ga yo‘naltirilgan va qabul qilingan sobiq o‘quvchilarga (ayni vaqtda talaba) o‘tkazadi. Umumta’lim maktablarining pedagog xodimlari ko‘plab yetuk mutaxassislarni tayyorlab milliy iqtisodiyotimiz ravnaqiga hissa qo‘shish uchun qodir bo‘lsada, uularning pirovard mahsuloti bo‘lgan o‘quvchilaridan qanchasi OTM larga qabul qilindi, shu tariqa pedagog xodimlar mehnatining pirovard natijasining hisobini chiqarish lozim. Aynan pedagog xodimlar o‘quvchilarga sifatli bilim beradi, ularni OTM ga yo‘naltiradi va o‘z navbatida qabul qilinganlik monitoringini yuritadi, pirovardida, maktab reytingini shu tarzda ta’minlab beradi. Ko‘plab manbalar sharhidan bir mavhumlik mavjudki, fanda, ayniqsa umumta’lim maktablari xodimlar boshqaruviga oid manbalarda “pedagog xodimlar” kabi “pedagogik kadrlar” atamalarining mohiyati va o‘zaro bog‘liqligi nuqtai nazaridan yaxlitlik sezilmaydi. Ayrim sharhlarda ular sinonim, ya’ni o‘xshash so‘zlar sifatida sharhlanadi, ba’zi birlarida esa ular milliy til jihatidan farqlanadi. Mazkur keltirilgan muammoviy talqinlar ushbu atamalarning mohiyatiga aniqlik kiritishni zarurat qilib qo‘yadi. Umumta’lim maktablarining pedagog xodimlariga nisbatan “kadrlar” atamasi, zaruriy holatlarda, ta’lim muassasasining yangicha tashkiliy tuzilmasida nazarda tutilgan diversifikatsion turdagi ishlarga oid, ya’ni ta’limdan tashqari infratuzilmaviy masalalar tugunini yechishda kamarbasta bo‘la oladigan umumta’lim maktabining barcha inson resurslarini anglatadi. Umumta’lim maktablarining “mehnat salohiyati” atamasi ta’lim muassasasi pedagog va texnik xodimlarining mehnat faoliyati jarayoniga yoppasiga safarbar qilinishi va undan samarali tarzda unumli foydalanishi mumkin bo‘lgan tayanch qobiliyatlari natijasini o‘zida namoyon qiladi. Odatda, ma’lum bir umumta’lim maktabi faoliyatining tahlilini o‘tkazishda yuqidagi talqinlar umumta’lim maktabi faoliyati bo‘yicha majmuaviy tavsif berish uchun, shuningdek qo‘shimcha ish turini yaratish uchun maktab pedagog va texnik xodimlarining har taraflama, ayniqsa malaka va ko‘nikmasi jihatidan imkoniyat ko‘lamini o‘lchashda tahliliy nuqtai nazrdan foydalaniladi. Asosan, mazkur tavsifdan xalqaro mehnat taqsimoti jarayonlarini tartibga solishda, shuningdek, mamlakat miqyosidagi hududiy mehnat bozori holatini o‘rganish uchun keng foydalaniladi. Mualliflar tomonidan o‘tkazilgan dastlabki sinov-tadqiqot natijalaridan shu jaihat malumki, umumta’lim maktablari pedagog va texnik xodimlarini boshqarishning asosiy “ajratish ketma-ketligi” ni quyidagicha pastdan yuqoriga ketma-ketligida tasvirlash mumkin: umumta’lim maktablarining inson resurslari - umumta’lim maktabining nafaqat asosiy ta’lim berish faoliyatiga, balki strategik jihatdan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha kreativ faoliyatiga ham yoshidan qat’iy nazar layoqatli faol resurs sifatida safarbar qilinishi mumkin bo‘lgan barcha tarkibidir; umumta’lim maktablari mehnat resurslari – mehnatga (aqliy va jismoniy mehnat) layoqatli faol resurs sifatida safarbar qilinishi mumkin bo‘lgan inson resurslarining bir qismi bo‘lib, o‘zining ruhiy-jismoniy jihatdan, shuningdek, aqliy jihatdan barqarorligi bois, ta’lim-tarbiya berish jarayoniga munosib bo‘lgan hamda diversifikatsion strategik jarayonlarni ijodiy nuqtai nazardan amalga oshirishga qodir bo‘lgan umumta’lim maktablarida mehnat qilayotgan mehnat jamoasining faol qismidir. Eng asosiysi, umumta’lim maktablarining mehnat jamoasining faol qismi sanalgan mehnat resurslari - ijtimoiy yaratuvchilikda bevosita, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnashadiganlarga,shuningdek, bilvosita ishtirok etishi mumkin bo‘lganlarga, ya’ni bularga umumta’lim maktabining mehnat jabhasidan vaqtinchalik uzilganlar (mehnat jamoasining nofaol qismi, ya’ni vaqtinchalik kasallik ta’tilida, bola tariyasida va h.k) toifasiga bo‘linadi; Umumta’lim maktablarining umumiy xodimlari - hozirgi vaqtda umumta’lim maktabida to‘liq stavka tarzida doimiy yoki tashqi o‘rindoshlik asosida vaqtinchalik, soatbay tarzda ishlayotgan ta’lim muassasalari xodimlari bo‘lgan hududiy mehnat resurslaridan iborat bo‘lgan jamoasidir; Boshqacha ta’rifi quyidagicha: Umumta’lim maktablarining umumiy xodimlari - ta’lim muassasasining shtat jadvalida qandaydir ta’rifikatsiya soati bilan rasmiylashtirilgan va doimiy ravishda umumta’lim maktabining asosiy faoliyati negizida, shuningdek, strategik faoliyati negizida mehnat jabhasida bevosita va bilvosita band bo‘lgan mehnat jamoasidir. Umumta’lim maktabi va uning pedagog va texnik xodimlari o‘rtasidagi mehnat munosabatlari ta’lim muassasasida muntazam faoliyat yuritayotgan pedagog va texnik xodimlar, shtat jadvalidan tashqaridagi, ya’ni strategik yo‘nalish bo‘yicha umumta’lim maktabining diversifikatsion faoliyatida byudjetdan tashqari topilgan alohida mablag‘lar uchun shakllangan smeta bo‘yicha ishlaydigan mutaxassis xodimlari, shuningdek, umumta’lim maktabida maktab raxbariyati bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga binoan o‘zining bo‘sh kunlariga qarab, tashqi o‘rindoshlik asosida o‘z mehnat faoliyatini yuritadigan pedagog va texnik xodimlar. Umumta’lim maktabining mulkiy majmuasiga qarab ularga egalik huquqi bo‘yicha pedagog va texnik xodimlarni ham toifalarga ajratishga to‘g‘ri keladi. U quyidagicha amalga oshiriladi: umumta’lim maktablarining asosiy faoliyatga tegishli bo‘lgan asosiy vositalari va fondlari albatta davlatga qarashli bo‘lgan mulkiy majmuani tashkil qiladi; umumta’lim maktabiga diversifikatsion faoliyatni yuritish maqsadida shaxsiy tashabbus ila mulk tarzidagi yoki sarmoya qiymati ko‘rinishidagi aylanma mablag‘ kiritgan, o‘zida qiymat aks ettiruvchi mulkga egalik qiluvchi shaxslar. Yuqoridagi shakldagi mehnat munosabatlari bo‘yicha umumta’lim maktablari tizimi asosiy faoliyat yuzasidan maoshli ishchilar va qo‘shimcha diversifikatsion faoliyatda qo‘shimcha ustama haq evaziga ishlaydigan ishchilar va xodimlardan iborat bo‘ladi. Xulosa qilib shuni alohida ta’kidlashimiz mumkinki, umumta’lim maktabining har bir pedagog va texnik xodimiga o‘zining mutaxassisligi va qobiliyatining mohiyatini ochib beruvchi kasb doirasidagi faoliyat turi belgilab beriladi. Shuningdek, umumta’lim maktablarining har bir pedagogi va texnik xodimining ma’lum bir soha bo‘yicha o‘z kasbini egallash darajasini ko‘rsatadigan malaka va ko‘nikmalari orqali umumta’lim maktabida o‘z qobiliyati yuzasidan ularga qanday vazifalarni ishonch bildirib topshirish yuzasidan va buning negizida unga qanday mas’uliyatli vazifa yuklatilganligini belgilab beradigan munosabatlar tizimi shakllantiriladi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling