A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
Ота тили ўқ Metodil qo`llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuzuvchi: Usmanov A.N.
- G.A.Xolboyeva
O `ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI A.QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ONA TILI O‘QITISH METODIKASI METODIK QO`LLANMA (3-kurs 6 semestr uchun) Bilim sohasi: Ta’lim sohasi: Ta’lim yo‘nalishi: 100000 – 110000 – 5111700 - Gumanitar Pеdagogika Boshlang‘ich ta’lim va sport – tarbiyaviy ish JIZZAX-2023 Ushbu metodik qo`llanmauniversiteti Kengashining 2023 yil ____dagi yig`ilishida muhokama qilindi va uning __-raqamli bayonnomasi bilan ma’qullangan. Tuzuvchi: Usmanov A.N. -“Boshlang`ich ta’lim metodikasi”kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi. Tangirov A.J. -“Boshlang`ich ta’lim metodikasi”kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi. Taqrizchilar: G.U.Jumanazarova – A.Qodiriy nomidagi JDPU Boshlang’ich ta’limnazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori G.A.Xolboyeva -“Boshlang`ich ta’lim metodikasi”kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. Mazkur metodik qo`llanma “Boshlang`ich ta`lim metodikasi kafedrasining 2023 yil __ _________ dagi __-sonli yig`ilishida ko`rib chiqilib ma`qullangan. Kirish so`zi Ona tili o`qitish metodikasi o‘qitishdan maqsad – talabalarga - bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchilariga boshlang‘ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi fanining masalalari, mazmuni va vazifalari, o‘qitish shakllari, metod va usullari, ta’limiy vositalari, nazorat usullari yuzasidan bilim berish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha ko‘nikma, malakalarni shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi – talablarning nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, boshlang‘ich sinflar ona tili ta’limi jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturi, maktab darsliklarining mazmuni va metodik tuzilishi bilan tanishtirish; boshlang‘ich ta’limda o‘qitishning zamonaviy ilg‘or metod handa usullarini o‘rgatish vazifalarini bajaradi. Mazkur fandan talaba: - boshlang‘ich sinfdaona tili o`qitish metodikasiningmaqsadi, predmeti va vazifasi, hal qiluvchi masalalari; - boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi sohasida olib borilgan tadqiqotlar va fanning muhim bo‘lagan muammolari; - ona tili o‘qitish metodikasining tarixi va hozirgi vaqtdagi holati haqida bilimga; - savod o‘rgatish va husnixatga o‘rgatish metodikasini; - fonetika, so‘z tarkibi va so‘z yasalishini o‘rgatish metodikasini; -so‘z turkumlari, sintaksis hamda punktuatsiya elementlarini o‘rgatish metodikasini; - boshlang‘ich sinflarda ona tilidarslarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning eng qulay va foydali shakllari, usullari va vositalarini bilish ko‘nikma; -dars jarayoniga ilg‘or va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni olib kirish, kompyuter va o‘qitish texnika vositalaridan, turli ko‘rgazma hamda tarqatma materiallardan samarali foydalana olish; - o‘quvchilar bilimini tekshirish va baholash shakllarini aniqlay olish; - xatolarni kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda xatolarning oldini olish va bartaraf qilish ustida ishlash malakasiga ega bo‘lishi kerak. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling