A qodiriy nomidagi pedagogika va psixologiya fakulteti
Maktabgacha tarbiyachilarning ijtimoiy rivojlanishining asosiy vazifalari quyidagi mazmunga ega
Download 87.86 Kb.
|
BSF refarat
Maktabgacha tarbiyachilarning ijtimoiy rivojlanishining asosiy vazifalari quyidagi mazmunga ega:
boshqalar bilan bilim, ko'nikma va o'zaro ta'sirni shakllantirish mustaqillik, faoliyat, ijtimoiy ishonch kabi fazilatlarni olish uchun sharoit yaratish. Bolaning ijtimoiy xususiyatlariMaktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy rivojlanishi bolaning jamiyat qadriyatlari, urf-odatlari va madaniyatini, shuningdek, jamiyatda qulay hayot kechirishiga yordam beradigan shaxsning ijtimoiy xususiyatlarini o'zlashtiradi. Ijtimoiy moslashuv jarayonida bolalar muayyan qoidalar asosida yashashni o'rganadilar va xatti-harakatlar normalarini hisobga olishadi. Aloqa jarayonida bola ijtimoiy muhitga ega bo'lib, uning yaqin atrofi: ota-onalar, bog 'o'qituvchilari va tengdoshlari tomonidan ta'minlanadi. Ijtimoiy salohiyat bolaning faol ravishda muloqot qilish va axborot almashinuvi tufayli amalga oshiriladi. Ijtimoiy mas'uliyatsiz bo'lgan bolalar ko'pincha boshqalarning tajribalarini rad etadi va kattalar va tengdoshlar bilan muloqot qilmaydi. Bu madaniy ko'nikmalarni egallamasligi va zarur ijtimoiy fazilatlarni yo'qotishi tufayli kelajakda antisional harakatlarga olib kelishi mumkin. Xotira — idrok etilgan narsa va hodisalarni yoki oʻtmish tajribalarni esda qoldirish va zarur boʻlganda tiklashdan iborat psixik jarayon. Xotira eng yaxshi damlarni esda qoldiradi. U nerv sistemasi xususiyatlaridan biri boʻlib, tashqi olam voqealari va organizm reaksiyalari haqidagi axborotni uzoq saqlash hamda uni ong faoliyatida va xulq, xatti harakat doirasida takroriy qobiliyatida namoyon boʻladi. Xotira individning oʻz tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi. Xotira haqidagi dastlabki ilmiy qarashlar Sharq mutafakkirlari va yunon faylasuflari (Aristotel va boshqalar) da uchraydi. Xususan, Farobiy Xotiraga bilishdagi aqliy jarayonning tarkibiy qismi sifatida qarab, xotirani faqat insonga emas, hayvonga ham xos xususiyat ekanini alohida taʼkidlagan. Xotiraning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining muvaqqat bogʻlanishi (qarang Assotsiatsiya) va ularning keyingi faoliyatidan iborat. Xotira koʻlami, axborotlarning uzoq vaqt va mustahkam saqlanishi, shuningdek, muhitdagi murakkab signallarni idrok etish va adekvat reaksiyalarda ishlab chiqish bosh miya nerv hujayralari (neyronlar) sonining koʻpayib borishi hamda uning strukturasi murakkablashuvi jarayonida oʻsib boradi. Fiziologik tadqiqotlarda qisqa va uzoq muddatli xotiralar qayd etilgan. Qisqa muddatli xotirada axborotlar bir necha daqiqadan bir necha oʻn minutgacha saqlanadi, neyronlar ishiga xalal berilganda (masalan, elektr shok, narkoz taʼsirida) u buziladi. Uzoq muddatli xotirada axborotlar odam umri boʻyi saqlanib turli taʼsirlarga chidamli boʻladi. Qisqa muddatli xotira asta sekin uzoq muddatli xotiraga aylanadi. Xotira ruhiyatning oʻtmish holati bilan hozirgi holati va kelgusidagi holatlarga tayyorlash jarayonlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorlikni koʻrsatadi. Boshqa psixik hodisalar kabi xotira ham shaxsning xususiyatlari, uning ehtiyoji, qiziqishlari, odati, feʼl-atvori va shu kabilar bilan uzviy bogʻliq. Xotira namoyon boʻlishdagi shakliga koʻra, shartli ravishda emotsional xotira (his-tuygʻuni esda tutish), obraz xotirasi (narsalarning tasviri va xususiyatlarini esda tutish), soʻz-mantiq xotirasi (narsalarning mohiyati, mazmunini soʻz bilan ifodalangan holda esda tutish) kabi turlarga boʻlinadi. Bulardan insonda soʻz-mantiq xotirasi yetakchi oʻrin tutadi. Xotiraning barcha turi bir-birlari bilan chambarchas bogʻliq holda kechadi. Psixologiyada, shuningdek, ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotiralar farq qilinadi. Ixtiyoriy xotirada muayyan materialni esda olib qolish oldindan maqsad qilib qoʻyiladi; ixtiyorsiz xotirada bunday maqsad boʻlmaydi — biror faoliyatda (mas, mehnat jarayonida yoki kim bilandir suhbatlashib turilganda) oʻz-oʻzidan esda saqlab qolinadi. Barqarorligi jihatdan ixtiyoriy xotira ixtiyorsiz xotiradan samaraliroq. Fanda xotira bilan bogʻliq ravishda unutish masalasini oʻrganishga ahamiyat berilmoqda. „Normal“ unutishni psixik kasalliklardagi xotira buzilishidan farq qilmoq kerak. Bu kasalliklarda xotira susayishi (gipomneziya), yoʻqolishi (amneziya) yoki bir tomonlama kuchayishi (gipermneziya) kuzatiladi. Baʼzi kasalliklarda u sifat jihatdan buziladi: bemorga boʻlmagan voqealarni goʻyoki oʻz boshidan kechirgandek tuyuladi, yoki qachonlardir boʻlib oʻtgan voqealarni kecha yoki bugun roʻy bergan deb oʻylaydi (konfabulyatsiya, psevdoreminssensiya), Bunday soxta xotiralar kishida jiddiy ruhiy xastaliklar oqibatida kelib chiqadi. Bunday kasalliklarga bosh miya qon tomirlari aterosklerozi, shikastlanish, miyaga qon quyilishi holatlari, ogʻir zaharlanishlar oqibati (mas, alkogolizmda uchraydigan psixoz) va shu kabilar kiradi. Xotira buzilganda uni keltirib chiqaruvchi asosiy kasallikni davolashga eʼtiborni qaratish kerak. Esda olib qolishning muvaffaqiyati ko'p darajada esda olib qolinayotgan materialga yoki shu material bilan aloqasi bo'lgan faoliyatga shaxsning ijobiy munosabati bilan bog'liq bo'ladi. Bu munosabat qiziqish, diqqat-e'tibor tarzida namoyon bo'ladi. Qiziqish muvaffaqiyatli esda qoldirishning eng birinchi shartlaridandir. Bizda qiziqish tug'dirgan narsa tezroq va mustahkamroq esda qoladi. Biz, odatda, bizni qiziqtirmaydigan narsalarga e'tibor bermaymiz va ularni hatto payqamaymiz. O'quvchilar qiziqqan, o'zlari «sevgan» fanlarining mazmunini puxta o'qib olishlarini har bir pedagog yaxshi biladi. Bu aytilganlardan ta'lim-tarbiya ishida mana bunday xulosa chiqadi: o'quv materialini o'quvchilarning xotirasida mahkam o'rnatish uchun maktabda ta'lim ishini shunday olib boorish kerakki, har bir fan o'quvchilarda qiziqish, havas tug'diradigan bo'lsin. Esda qoldiriladigan materialga qiziqish, diqqatimizni shu materialga qaratadi, his-tuyg'umizga ta'sir qiladi, zavqlantiradi va beixtiyor esda qoldirish jarayonlarini kuchaytiradi. Qiziqish esda qoldiriladigan materialni, shaxsning o'zi va jamiyatuchun ahamiyatini tushunish bilan bog'liq bo'lsa, esda qoldirish samaraliroq bo'ladi. Diqqat esda mustahkam saqlab qolishning zaruriy shartidir. Diqqat esga olish lozim bo'lgan materialga nechog'li kuchli sur'atda qaratilgan bo'lsa, u shunchalik tez va puxta esda qoladi, chunki diqqatning nerv-fiziologik asosi miya po'stining bir qismida kuchli qo'zg'alish (optimal qo'zg'alish) o'chog'ining paydo bo'lishidir. Ana shunday qo'zg'alish paydo bo'lishi bilan yangi nerv bog'lanishlar tezroq hosil bo'lib, mahkam saqlanib qoladi. Ko'pincha, ayrim kishilarning o'z xotirasining zaifligi, tez va puxta esda saqlab qololmasligi to'g'risidagi shikoyatlari analiz qilib ko'rilganda, esda yaxshi saqlab qololmasliklarining sababi ular diqqatining bo'shligida, tarqoqligida, miya po'stidagi tegishli qo'zg'alish o'choqlarining zaifligida ekanligi ma'lum bo'ladi. Bunday kishilar diqqatlarini bir nuqtaga jamlab qunt bilan ishlashga harakat qilishlari bilan ulardagi xotira ham kuchaya boradi. Esda qoldirish usuli hayot va faoliyatning turli hollarida biror muddatgacha nimanidir qisqa yoki uzoq vaqtgacha esda qoldirishga to'g'ri keladi. Biz shunga asoslanib esda olib qolish qisqa, uzoq muddatli va operativ xotira deb ajratamiz. Shunday qilib, esda qoldirish usuliga yoki maqsadiga ko'ra xotira qisqa muddatli va uzoq muddatliga bo'linadi. Xotirada esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish kabi asosiy jarayonlar mavjud boladi. Shu jarayonlarning har biri alohida mustaqil psixik xususiyat hisoblanmaydi. Ular faoliyat davomida shakllanadi va o`sha faoliyat bilan belgilanadi. Muayyan bir materialni esda olib qolish hayot faoliyati jarayonida indiviualtajriba orttirishga bog`liqdir. Esda olib qolingan narsani keyinchalik faoliyat daqollanish uchun uni esga tushirish taqozo etiladi. Muayyan bir materialning faoliyat doirasidan chiqib qolishi esa uning unutilishiga olib keladi.materialni esda saqlash uning shaxs faoliyatidagi ishtirokig abog`liq boladi.chunki har bir muayyan paytda kishining xulq – atvori uning butun hayotiy tajribasi bilan belgilanadi. Xotira psixologiyaning eng ko`porganilgan bolimlaridan biribolib hisoblanadi. Lekin hozirgi paytda xotiraning qonuniyatlari yanada organilishi uni fanning tag`in hammukimroq muammosiga aylantirib qoydi. Hozirgi kunda xotiraning mexanizmlari vaqonuniyatlarini organish boyicha uchta nazariya mavjuddir. Bo`lar psixologik, neyrofiziologik hamda bioximik nazariyalardir. Psixologik nazariya. Bu nazariya tarixiy jikatdan eng eski nazariya bolib, u fanda ko`p va turli – tuman nazariyalarning olg`a surilganligi bilan mashqurdir. Bu nazariyalarni xotira jarayonlarining shakllanganida insonning faolligi qanday rol` oynashligi va bunda faollikning moqiyatiga qanday yondoshuv zarurligi bilan baqolash mumkin. Nazariyaning birinchi guruhi assotsiativ nazariya deb yuritiladi. Bu nazariyaga kora, muayyan psixik hosilalar ongda bir vaqtning ozida yoki bevosita birin-ketin paydo bolsa, u holdahosilalar ortasida assotsiativ boglanishlar tarkib topadi va bu boglanishlarni biron bir qismi takroran paydo bolishi ongda uning barcha elementlari muqarrar ravishda gavdalanishiga olib keladi. Assotsiatsiyalar uch turli boladi:oxshashlik, yondoshlik vaqarama – qarshilik assotsiatsiyalari. Download 87.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling