A qodiriy nomli jdpu aniq va tabiiy fanlar o‘qitish metodikasi (biologiya ) magistratura bosqichi 2- kurs magistranti mustafaqulova o‘G‘iloy ismatullo qizining 2022-2023 yili (noyabr) oyida bajargan ishlar. Hisobot I


Download 6.3 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi6.3 Kb.
#1608123
Bog'liq
Mustafaqulova O\'g\'iloy noyabr oyi hisobot


A.QODIRIY NOMLI JDPU ANIQ VA TABIIY FANLAR O‘QITISH METODIKASI (BIOLOGIYA ) MAGISTRATURA BOSQICHI 2- KURS MAGISTRANTI MUSTAFAQULOVA O‘G‘ILOY ISMATULLO QIZINING
2022-2023 YILI (NOYABR) OYIDA BAJARGAN ISHLAR .

H I S O B O T I.
Magistrlik dissertatsiyam mavzusining o‘rganilganlik darajasi va kimlar ish olib borganligi bo‘yicha ma’lumot to‘plashda davom etdim. Ilmiy rahbarim dotsent D.Azimova bilan maslahatlashgan holda magistrlik ishimning kirish qismini va 1-2-3 boblarini ko‘rib chiqdik rejalarini o‘zgartirdik va to‘ldirdik. Magistrlik dissertatsiyamga tegishli maqolalar uchun mavzular tanladik. Noyabr oyida kafedramiz mudiri dots. D.Azimova hamda kafedraning ilmiy darajali o‘qituvchilariga magistrlik dissertatsiya ishimizning 3 ta bobini hamda chiqargan maqolalarimizni va shaxsiy rejalarimizning bajarilganligini slayd asosida taqdim qildik. Ushbu jarayonda biz dissertatsiyamizning yoritilganlik darajasini qo‘llagan metodimizni ko‘rsatib berdik . Biz uchun bu uchrashuv foydali ham qiziqarli o‘tdi , chunki ilmiy rahbarlar va ustozlar ishtirokida biz dissertatsiyamizning har bir bobini kurib chiqdik , kamchilik va xatolarini mulohazalar orqali to‘ldirdik .

2. Magistrlik dissertatsiyam Jizzax viloyatida tarqalgan Bromus L. turkim turlari biologiyasi va botanika fanida bir urug‘pallalilar sinifini o‘qitish metodikasi haqida bo‘lganligi uchun ilmiy rahbarim dots.D.Azimova boshchiligida Jizzax viloyatining Zomin tumanida joylashgan Zomin milliy bog‘iga bordik. U yerda Bromus L turkumiga mansub Yaltirbosh o‘simligining bioekalogiyasi va foydali xususiyatlarini o‘rgandik va statistik jadval qilib chiqdik unga ko‘ra Bromus L turkumiga mansub Yaltirbosh o‘simligining bioekalogiyasi, sanoatda va tabobatda muhim ahamiyatga ega ekanligi uchun qizil kitobga kiritilgan ekan. Qizil kitobni 1983- yilgi nashridan boshlab 2019 - yilgi nashrigacha o‘rgandik va Zomin milliy bog‘ida uchraydigan Bromus L turkumiga mansub Yaltirbosh o‘simligining vakillarining qizil kitobga kiritilgan va muhofaza etilishini o‘rgandim.




Ilmiy rahbar : dots. D. Azimova
Magistr: O‘.Mustafaqulova
Download 6.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling