A qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya fakulteti
Tarbiya jarayonining xususiyatlari
Download 297.49 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5422690609733316932
1.2 Tarbiya jarayonining xususiyatlari.
Tarbiya jarayonida kishining turli qlllĺobiliyatlari rivojlanadi, g'oyaviy, axloqĺiy, irodaviyestatik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustaxkamlanadi. Tarbiya qoidasi-pedpgog ta'lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish masalasida foydalanadigan boshlang'ich xolat, raxbarlik asosidir. Tarbiya qoidalari o'qituvchi, tarbiyailarga yo'-yo'riq ko'rsatuvchi qoidalar xisoblanadi, yangi kishini shakllantirish vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya qoidalari mustaqil xarakterga ega bulib, tarbiyaning uziga xos xususiyatlarini va qonuniyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaning moxiyati, mazmuni qoidalari mamlakatimizda yangicha iq⁰tisodiy munosabat sharoitlarining uzgarganligi sababli kengayib bormoqda.Tarbiya qoidalariga quydagilarni kiritish mumkin: tarbiyaning malum maqsadga qaratilganligi, tarbiyaning insonparvarlik va demokratik qoidasi, tarbiyani xayot bilan, mexnat bilan bog'likligi qoidasi, tarbiyada milliy-madaniy va umuminsoniy kadriyatlarning ustivorligi qoidasi, tarbiyada o'quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini xisobga olish qoidasi, izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy tasirlarning birligi va uzluksizligi qoidasi va boshqalar. 16 Tarbiyadan ko'zlangan asosiy maqsad, xar tomonlama manaviy rivojlangan, aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Shunga ko'ra tarbiyaviy faoliyatning mazmuni, tashkiliy shakllari va usullari shu maqsadga erishini ko'zda tutadi. Umumiy ta'lim maktabning asosiy vazifasi-shaxsning aqliy, xis-tuyg'uli va jismoniy rivojlanishi, qobiliyatlarini xar tomonlama kamol toptirish, imkonicha boricha qulay sharoitlar yaratishdan iborat.Shuningdek o'quvchilarda milliy g'urur va milliy axloq odobni shakllantirishni ko'zda tutadi. Tarbiyaning maolum maqsadga qaratilganlik qoidasi yoshlar jamoasining rivojlanish istiqbollarini ko'ra bilishga yordam beradi. Xar bir tarbiyaviy tadbir oldindan puxta uylangan, muayyan maqsadni amalga oshirishga bo'ysundirilgan bo'lsa, uning g'oyaviy-siyosiy darajasini oshiradi, tanlangan usul va vositalar maqsadga muvofiq keladi, ularning tarbiyaviy ta'siri yuqori bo'ladi. Yoshlarni insoniy fazilatlar ruxida tarbiyalashda muqaddas kitob Qurxoni Karim, Xadisi sharifdan foydalanash juda muxim. Maxmud Koshgariyning «Devoni lugatit turk»,Yusuf Xos Xojibning «Qutadgu bilik», Axmad Yugnakiyning «Xibatul xakoyik», Kaykovusning «Qobusnoma», Axmad Yassaviyning «Xikmatlari», Alisher Navoiyning shox asarlari, xikmatlari muxim tarbiyaviy axamiyatga ega. Tarbiyani demokratiyalash-bu tarbiyani mamuriy extiyoj va qiziqishlardan yuqori quyish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o'rtasidagi o'zaro ishonach, xamkorlik asosida pedagogik munosabatlar moxiyatini o'zgartirish demakdir. Bu tarbiyaga ishiga jamoatchilikni jalb qilish, uning rivojlanishiga jamoat omilini kiritish demakdir. Tarbiyaviy faoliyatni demokratiyalash va insonparvarlashtirish uning moxiyati va mazmunini qayta tafakkur etishni ko'zda tutadi, shaxsning rivojlanish va o'zligini anglash xuquqini taminlaydi. Talabalarni Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan tanishtirish, madaniy va diniy bilimlarni egallashga bo'lgan talablarini shakllantirish, 16 malakalarini oshirib, tobora boyitish, estetik tushunchalarni shakllantirish juda muximdir. Manaviy qadriyatlar va g'oyalar xar xil millat talabalarini birlashtiradi, o'quv va mexnat faoliyatlarini uyushtirishda yordam beradi. Xalqimizning ko'p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o'zlikni anglash, milliy g'urur tuyg'usini qaror toptirish mumkin emas. O'zbek xalqi kup asrlik tarixiy tarakkiyotida katta madaniyatni yaratdi. U yaratgan boyliklar yoshlar tarbiyasida muxim vosita bulib xizmat qiladi. Ismoil Al-Buxoriy, al-Xorazmiy, Beruniy, Forobiy, Abu Ali Ibn Sino Fariddin Attor, Margiloniy Alisher Navoiy, Nizomiy Ganjaviy va boshqa buyuk mutufakkirlarning asarlari orqali o'quvchilar go'zal axloq,, baxt, insof, poklik, iffat, sabr-matonat, mexr-shafqat, ota-onani xurmat kilish qoidalari xaqida keng tasavvurga ega buladilar. Insoniylik uz tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy xususiyatlarini, ya'ni odamlar o'rtasida o'zaro yaxshi munosabatda bo'lish, do'stlik, ota-onaga sadoqatlik, mexnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Ota-bobolarimiz bolalarda yoshlikdan ana shunday go'zal fazilatlarni qaror toptirishga katta axamiyat berganlar. Tarbiyaga yaxlit tizimli yondashish tarbiyaning pedagogik xarakatning pirovard natijasiga yunaltirilganlik darajasini belgilab beradi. Bunda pedagogik maqsad va vazifalar, uning mazmuni tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashchilari tomonidan tan olinishi shart. Shunga axamiyat berish lozimki, amalda tarbiyaviy jarayon unumning ishi va uzluksiz bulsin, barcha yoshdagilar shaxslarni qamrab olsin, tarbiyaning barcha tomonlari xamoxang bulsin, turli ijtimoiy, jamoat va davlat institutlari va muassasalarni shaxs kamolotini shakllantirish borasidagi xarakatlari mujassamlashsin. 16 Tarbiya ishida izchillik juda muximdir. Tarbiyachi avvaliga talabalardan biror narsani talab qilib, so'ngra o'zining bu talabini unitib qo'ysa yoki o'zi bu talabga xilof ish tutsa, bu xol tarbiyaga juda yomon ta'sir qiladi. O'kituvchi subutli; o'z lafziga sobit bo'lmogi kerak. Masalan: «Ertaga maruza daftarlaringizni tekshiraman», «Xar biringizdan darsni aloxida so'rayman» deb va'da berdingizmi, ijrosini unutmang. Pedagog biror tarbiyaviy tadbir uyushtirishni talabalarga va'da qilib, sal orada va'dasini esdan chiqarib qo'ysa, talabalar bunday o'qutuvchiga ishonmay qo'yadilar. Xar bir pedagogning ishi bilan so'zi bir bulishi qo'lozim. Yoshlarga tarbiya va ta'lim berishda uzliksizlik va tizimlilikka rioya qilish kerak. Xamma tarbiyachilar talabalarga bo'lgan munosabatlarida bir-birlariga zid xarakatda bo'lmasliklari, bir xil talab qo'yish muvaffakiyat qozonishning eng muxim shartlaridan biridir. Afsuski, amalda ba'zan oila maktabning talablarini qo'llab-quvvatlamaydigina emas, balki talabaga teskari ta'sir ko'rsatadi. O'qituvchilar orasida xam talabalarning obir xilligi xamisha taxminlanavermaydi. Tarbiya uzoq muddatli, murakkab jarayon bulib, unda ota-ona, o'qituvchi, jamoatchilik va boshqalar qatnashadilar. Shu sababli ularning ishida izchillik va davomiylik blishiga rioya etish, talabalarning tarbiyalanganlik darajasini, tarbiya usullari va shakllarini o'z vaqtida aniqlab olish juda muximdir. Bu qoida tarbiya ishida tarbiyani oshiradigan barcha bo'g'inlarning (oila va maktab,o'uvchilar va tashkilotlari, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari va ishlab chiqarish korxonalarining, keng jamoatchilikning) xamjixat va bamaslaxat ish ko'rishni ko'zda tutadi. Chunki tarbiyaviy ta'sirdagi tizimlilik faqat yoshlarni emas, balki xolining barcha qatlamini tarbiya tizimiga jalb qilishdagi rang-barang shakl va usullari ijtmioiy-iktisodiy xam pedagogik jixatdan, nafaqat tub axoli, balki respublikadagi istiqomat kilayotgan boshqa millatlar va elatlarning etnopedogogikasi pozitsiyasi jixatidan xam taxminlanishi kerak. 16 Boshqarishning mohiyati, maktabdagi o'quv jarayoni bir kishi tomonidan emas, balki o'qituvchilar, o'quvchilar, maktab rahbarlari, o'quvchilarning ota-onalarini o'z ichiga olgan muhim bir guruh tomonidan amalga oshiriladi. Ularning harakatlarining izchilligi, maqbul yo'llar bilan ta'lim maqsadlariga erishishning muvaffaqiyati uchun ta'lim jarayonini boshqarish masalasini ko'tarish qonuniydir. Avvalo, ta'lim jarayoni sathlarini ajratib ko'rsatish, so'ngra ularning har birida boshqaruv xususiyatlarini aniqlash kerak. Pedagogikada ta'lim jarayonini o'rganishning to'rtta darajasi mavjud. Ta'lim muassasasining o'quv rejasi majburiy (federal va mintaqaviy) o'quv fanlari va ta'lim muassasasining o'zi belgilaydigan maktab komponentini o'z ichiga oladi. Maktab ta'limi mazmuni o'quv dasturi orqali boshqariladi. Ta'lim muassasasi ixtisoslashtirilgan ta'limni joriy etish, alohida fanlarni chuqur o'rganish orqali talabalarning ta'lim ehtiyojlarini qondirish to'g'risida jamoaviy qaror qabul qilishga haqlidir. Bu qo'shimcha kiritishni boshlaydi mashg'ulot kurslari, mavzularni o'rganish uchun vaqtni taqsimlash. Bunday qarorni qabul qilishda ta'lim muassasasi rahbarlari talabalar, ularning ota-onalari, jamiyatning iltimoslarini, shuningdek, ta'lim muassasasining kadrlar salohiyatini va o'quv-moddiy ta'minotini oldindan o'rganishadi. Ta'lim muassasasining o'quv rejasi o'quv fanlar bilan to'ldirilgan bo'lib, ular uchun dasturlar hozirda bilimlarning asosiy mazmuni va talabalarning bilim darajasiga qo'yiladigan talablar shaklida taqdim etiladi. Shuning uchun, bu darajada, birinchisini konkretlashtirish (nazariy) daraja, chunki u dasturlar, o'quv qo'llanmalaridagi o'quv kursining o'ziga xos mazmuni bilan to'ldiriladi. Ikkinchi darajada etakchi rolni maktab rahbarlari o'ynaydi, chunki ular o'zlarining ta'lim muassasalarining o'quv dasturlarini yaratishga majburdirlar. Ammo aholining va, avvalambor, bolalarning o'zlarining ta'lim ehtiyojlarini tahlil qilmasdan, ular vakolatli boshqaruv qarorini qabul qila olmaydilar. Faqat shu asosda har kimni: o'quvchilarni, ota-onalarni, o'qituvchilarni qoniqtiradigan o'quv dasturini yaratish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling