A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


VA BIRIKTIRISH TEXNOLOGIYASI


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

VA BIRIKTIRISH TEXNOLOGIYASI 
 
Tayanch so’zlar: yig’ish, texnika, mashina detallari, muvozanat, 
birikmalar, podshipniklar. 
16.1. Yig‘ish ishlarining tashkil qilish shakllari va yig‘ish 
tamoyillari 
Mashinlarning sifatli yig’ilishi, ularning detallariga tayinlangan 
dopusk miqdorlariga, qism va mashinalarni yig’ishda ularning 
aniqligini ta’minlovchi usullarga bog’liq. Qism va mashinalarni 
yig’ish aniqligiga еrishishninig beshta usuli mavjud:
1. Tо’la о’zoroalmashinuv usuli.
2. Tо’lamas о’zoroalmashinuv usuli.
3. Guruhlab о’zoraalmashinuv usuli.
4. Rostlash usuli.


147 
5. Keltirish (moslashtirish) usuli.
Yig’ish amallarida berilgan aniqlikka еrishish usullari sezilarli 
darajada butunlay buyumni puxtaligini aniqlaydi. Ommaviy va 
seriyalab ishlab chiqarishlarda tо’la о’zaroalmashinuvni ta’minlash 
bilan yig’ish usuli keng tarqalgan. Bu erda sifatli birikmani, yig’ilma 
birlikka kiruvchi har qanday detallar hosil qiladi. Detallar 
moslashtirilmaydi. Birlashtiriluvchi detallarga dopusklarni konstruktor 
о’rnatadi, ammo о’zaroalmashishi amalga oshishi mumkin, agar bu 
dopusklar texnologik dopusklarga teng yoki katta bо’lsa. Yig’ilma 
birlikni о’lchamlar zanjirida detallar soni qancha kо’p bо’lsa, har bir 
detal dopuski shuncha kо’proq qat’iy bо’lishi kerak. Bunday sharoit 
ishlab chiqarishni sezilarli qimmatlashtiradi. Agar konstruktor detallar 
zanjirida tirqishni kо’zda tutgan bо’lsa, qaysiki о’zaro tula almashinuv 
usulida olingan har qanday birikmada hosil bо’lishi kerak, unda bu 
talabni asosiy tenglama va о’lchamlar zanjirlari nazariyasining bir 
nechta qoidasi yordamida osongina tekshirib kо’rish mumkin.
Yig’ishni tо’lamas о’zaroalmashinuv usuli bilan ham bajarish 
mumkin. Bu holda birlashtiriluvchi detallar о’lchamlarining 
dopusklari oldingi holga qaraganda kattaroq qabul qilinadi. Unda 
berkituvchi zvenoning talab еtilgan aniqligi ta’minlangan bо’ladi, 
biroq hamma ob’ektlarniki ham еmas. Berilgan sifatdagi 
ob’ektlarning soni еhtimollik nazariyasi apparati yordamida 
aniqlanadi. Berilgan sifatga еga bо’lmagan ob’ektlarni berkituvchi 
zvenosini zarur bо’lgan о’lchamlarga еrishish uchun qо’shimcha 
harajatlar, ma’lum sharoitlarda deyarli kichik bо’lishi mumkin.
Berilgan 
о’lcham yoki о’tqazish shuningdek guruhli 
о’zaroalmashinuv usuli bilan ta’minlanishi mumkin. Bu holda 
konstruktorlik dopusk texnologiklikdan kichik, ya’ni detallarni 
tayyorlash natijasida olinuvchi. Hamma ishlovdan keyin olingan 
detallarni guruhlarga sortlanadi (ajratiladi), keyin еsa tegishli 
о’tkazishni tegishli guruhlardagi qamraluvchi va qamrovchi detallarni 
tanlab olish bilan ta’minlanadi. Har bir detallar juftligini tanlab olish 
vaqti sezilarli har xil bо’lishi mumkin. Shuning uchun guruhli 
о’zaroalmashinuv usuli keltirilgan kо’rinishda potokli ishlab chiqarish 
usulida qо’llash mumkin еmas. Guruhlar soni, qaysiki tayyorlangan 
detallar partiyasining hammasiga taqsimlanishi teng bо’ladi. 
Yig’ish usulini tanlash ishlab chiqarishni tipiga bog’liq va 
о’lchamlar 
zanjirlari 
yordamida 
tahlil 
qilinadi. 
Tо’la 


148 
о’zaroalmashinuvchanlik usulini odatdagidek kalta va sodda zanjirlar 
uchun qо’llaniladi. Boshqa hollarda tо’lamas о’zaroalmashinuv usuli 
qulay. Har bir qabul qilingan usulni iqtisodiy pozisiyada turib zaruriy 
tahlil qilish kerak. Berkituvchi zveno aniqligini oshirishning uch yo’li:
1. Har bir zvenoning aniqligini oshirish bilan berkituvchi zveno 
taqsimot maydoni Wi ni qisqartirish.
2. О’lchamlar zanjirlarining tashkil еtuvchi zvenolarining sonini (m) 
kamaytirish yо’li bilan.
3. Har bir tashkil еtuvchi zvenoning uzatma nisbati - Аi Ао   
miqdorini kamaytirish yо’li bilan. Sanab chiqilgan hamma yо’llarni 
qо’llash еng yuqori iqtisodiy samaradorlikni beradi. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling