A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev
Download 4.62 Mb. Pdf ko'rish
|
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
Bo’yoq sarflanishi. Bu ko’rsatgich 100 dan 3000 g/m2. Ko’p
narsa bo’yalayotgan yuzaga bog’liq. 150 Bo’yoq turlari Har bir bo’yoqning fasad uchun ishlatishga mos keladigan taraflari bor. Vinil bo’yoq asta-sekinlik bilan o’z o’rnini akril bo’yoqlariga bo’shatib berdi. Vinil bo’yoqlar suvda eritiladi. Biroq bunday bo’yoq bilan bo’yalgan yuzada mog’or paydo bo’lishining xavfi bor hamda kimyoviy moddalar zarar yetkazishi mumkin. Akril bo’yoqlarining asosini organik smola tashkil etadi. Bo’yalgandan keyin rangi ham, yorqinligi ham uzoq turadi. Akril- silikonli bo’yoqlar bu ikki tur bo’yoqlaning xususiyatlarini o’zida mujassamlashtiradi. Bunday bo’yoqlar tashqi ta’sirlarga va ishqalanishga chidamlidir. 1-rasm. Bo’yoqlar. Silikonli bo’yoqlarning asosiy fazilati - gidrofob xususiyatga ega ekanligi, ya’ni yomg’ir suvini o’zidan itarib, devorga singib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Bu narsa fasadlarni yemirilish va ifloslanishdan himoya qiladi. Silikatli bo’yoqlar ob-havo sharoitiga bardoshli, ularga zamburug’ va mog’or xavf sololmaydi. Biroq bu bo’yoqni keyingi bo’yash jarayonida ketkazish qiyindir. Polikremniyli bo’yoq - silikatli bo’yoqning mukammallashgan turidir. U yuqori darajadagi havo o’tkazish xususiyati hamda namlikka chidamliligi bilan ajralib turadi. Sementli bo’yoq suv bilan eritiladi. U yaxshi sifatga ega, biroq asosan pastel, ya’ni och aralash tusdagi ranglari taqdim qilingan. 151 Duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar va bo’yoqlar turlari, xususiyatlari hamda ishlatilish sohalari duradgorlikda yasaladigan buyumlarning barcha tirnoqli birikmalari yelim bilan birlashtiriladi. yelim yog’och to’qimalari orasidagi bo’shliqlarga kirib qotadi va shu tariqa yelimlanayotgan sirtlar son-sanoqsiz iplar bilan tikilgandek bo’ladi. Bunda o’zaro biriktirilayotgan sirtlar orasida yupqa yelim plyonkasi vujudga keladi. Duradgorlik buyumining mustahkamligi ana shu plyonkaning qattiqligiga bog’liqdir. Shuningdek, yelimlashning mustahkamligi yopishtirilgan sirtlarga yelim eritmasining bir xil singishi, ana shu sirtlarning zichlashib turishiga ham bog’liq bo’ladi. taxta yelimi va kazein yelimi duradgorlikda eng ko’p ishlatiladi. Download 4.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling