A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


 Smola shimdirilgan qog’oz asosli pardozlash materialari


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

20.2. Smola shimdirilgan qog’oz asosli pardozlash materialari. 
Qisman polikondensasiyalangan smola shimdirilgan qog’oz asosli 
plyonkalar
Mebel ishlab chiqarishda smola shimdirilgan qog’oz asosli 
qoplama materiallar plyonka va qattiq taxta ko’rinishida ishlatiladi. 
Plyonkali materiallar ikki xil ko’rinishda bo’ladi; birinchisi - smola 
yetarli darjada to’liq qotadi, ikkinchisi - smola to’liq qotmaydi. 
Shimilgan smola to’liq qotmagan plyonkalar yog’och material 
yuzasiga yelimsiz qoplanadi. Bunday plyonkalarni tayyorlashda 
qog’ozga shimilgan smola qotmagan bo’ladi, u shunchaki qurigan 
bo’ladi. Shuning uchun plyonkalar press yordamida yog’och yuzasiga 
qoplanganda undagi smola issiqlikda suyulib, plastik holatga o’tadi va 
u yelim sifatida pyonkani qoplaydigan plastik yuzasiga yopishtiriladi. 
Pressning bosimi ta’sirida smola plyonkaning ustki tomoniga suzib 
chiqadi va qotgandan so’ng himoya-dekorativ parda hosil qiladi. 
Uning sirti yaltiroq yoki biror bir naqsh tushirilgan bo’ladi. Mebel 
sanoati smolasi qotmagan plonkalar bilan qoplanga mebel yaxlit 
detallarini oladi, ular laminirlangan taxtalar deb ataladi. 
 Qisman polikansdetsiyalangan smola shimdirilgan qog’oz 
asosli plyonkalar: bunday pyonkalar yalit detallarni qoplashda 


182 
ishlatladi va ularga orqa pardoz berish ishlarini talab qilinmaydi. 
Qisman polikondensatsiyalangan smola asosli plyonkalar mebel 
saoatida ishlatilmaydi. Mebel ishlab chiqarishda bunday plyonkalar 
bilan qoplangan yog’och-qirindili taxtalar asosida olingan tayyor 
mebel detallari- laminrangan taxtalar ko’p ishlatiladi. Yog’och 
qirindili taxtalar bunday plyonkalar bilan faqat qizdirilgan presslar 
yordamida va yuqori bosim ta’sirida qoplanadi. Plyonkadagi smola 
yuqori harorat ta’sirida yumshab, oqib, sizib chiqadi, bunda uning bir 
qismi taxtaga shimiladi va yelim va vazifasini o’taydi, qolgan qismi 
plyonka sirtida qolib pardoz qatlam vaziasini bajaradi. Pressdagi 
yuqori bosim taxta bilan plyonka orasida yaxshi kontakt bo’lishni 
taminladi. Qizdirilgan press taxtalari ta’siri ostida shimilgan smola 
polikondensatlanish reaksiyasi kechadi hamda smolaning to’liq 
qotishi nihoyasiga yetadi. Natijada, plyonka ustida yuqori fizik-
mexanik va ekspluatatsion xossaga ega bo’lgan qattiq parda qatlam 
hosil boladi. Hozirgi vaqtda plyonka oilsh uchun olimlar tomonidan 
formaldegidli smolalarning bir necha markasi yaratilgan, masalan, 
СПМФ-1, СПМФ-1A, СПМФ-4, СПМФ-7 va boshqalar. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling