A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev
Tabiiy smolalar va ular asosida olingan pardozlash
Download 4.62 Mb. Pdf ko'rish
|
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
19.3. Tabiiy smolalar va ular asosida olingan pardozlash
materiallari Yog’ochni va yog’och materiallarini pardozlash deganda, ular yuzasida suyuq lok-bo’yoq plyonka va list materiallar yordamida himoya-dekorativ qoplamalar hosil qilish ishlari tushuniladi. Gruntovka, shpatlyovka, g’ovak to’ldirgichlar asosan oqsil moddalar (kazein) va tabiiy smola (kanifol)dan tayyorlanadi. 1950- yillarning oxiri va 1960-yillarning boshlariga kelib, sifat jihatdan anchagina yaxshilangan NS-218, NS-222 loklari, kislotali muhitda qotadigan karbamid-alkidli loklar (MCH-52, MCH-26 va b.) hamda paraffin tarkibli va parafinsiz poliefir loklar (PE-232, PE-246, PE-247, PE-250 va b.) ishlab chiqildi. 1960-yillarning ikkinchi yarmi va 1970-yillarning boshlariga kelib lok-bo’yoq materiallar ishlash texnologiyasi yanada takomillashdi va ularning yangi turlari vujudga keldi. Masalan, ultrabinafsha nur ta’sirida parda qatlami ez qotadigan poliefir loklari uchun fotokimyoviy initsiatorlar (sensibilizaorlar-materialning yorug’likka sezgirligini oshiradigan moddalar) ishlab chiqildi va amalda tadbiq etildi. Qisqa muddat ichiqa tez qotadigan poliefir 179 loklarining yangi turi (PE-265), yuqori kuchlanishli elekr maydonida purkab sepiladigan poliefir loki (PE-251B), aerosol va shunga o’xshash moddalar qo’shib yaltiroqligi kamaytirilgan nitrotselyuloza loklari (NS-243 va b.), duradgorlik-qurilish buyumlarini (eshik, deraza romlari va b.) padozlash uchun pentaftal, karbamid-alkidli emallar (PF-115, MCH-118 va b.) yaratildi. Shu davrdan boshlab mebellarning yaxlit detallari yuzasiga qoplash uchun chiroyli yog’och teksturaga ega bo’lgan qog’oz-smola plyonkalardan foydalana boshlandi. Ular ishlab chiqarishda “sintetik shpon” deb ataladi, bunday plyonkalar bilan qoplanan yuzalar suyuq lok-bo’yoqlar bilan pardozlanadi. Buguni kunda pardoz materiallari ustida keng ish olib borilmoqda. Pardoz materiallari ichida plyonkali qoplama materiallar ulushi anchagina o’sdi. Yopishtirgandan keyin pardozlashni talab qilmaydigan dekorativ plyonkalarni qo’llash keng tarqala boshladi. Masalan, alkorsell, alkor (Germaniyada ishlab chiqarilgan), PDO-20, PDSO-12 (GOST 5.1984-73), PVX-ABS va boshqa plyonka materiallari. Tabiiy smolalar (kanifol, shellak, bitum va boshqalar) asosida olinadigan plastmassa qadimdan ma’lum. Sun’iy polimer - nitrosellyuloza (sellyuloza nitrati)dan tayyorlangan eng dastlabki plastmassa selluloid bo’lib, u 1872-yilda AQSH da ishlab chiqarila boshlagan. 1906-1910-yillarda Rossiya va Germaniyada tajriba sanoatida 1-reaktoplastlar - fenol-formaldegid smolalar asosida olinadigan materiallar ishlab chiqarishda yo’lga qo’yildi. 30-yillarda sobiq SSSR, AQSH, Germaniya va boshqa sanoati rivojlangan mamlakatlarda termoplastlar, polivinilxlorid, polimetilmetakrilat, poliamid, polistirollar ishlab chiqarishni tashkil etildi. Lekin plastmassa sanoati 2-jahon urushidan keyingina rivojlandi, 20- asrning 50-yillarida ko’pchilik mamlakatlarda polietilen plastmassa ko’plab ishlab chiqarila boshladi. O’zbekistonda 10 ga yaqin korxona plastmassani qayta ishlaydi. Shulardan Toshkent plastmassa zavodi, Ohangaron qurilish buyumlari zavodi, Jizzax plastmassa ishlab chiqarish zavodi ixtisoslashgan korxonalardir. Qurilishda plastmassa pollarga qoplashda va boshqa pardoz ishlarida, binolarni germetiklash, gidro va termoizolyasiyalash, quvurlar, sanitariya-texnika uskunalari ishlab chiqarishda, yopmalar, deraza, eshik, sayyohlar uychasi, yozlik pavilonlar tayyorlashda kullaniladi. Mashinasozlik materiallari ichida 180 plastmassalar yetakchi o’rinni egallaydi. Plastmassalar mahsulotlar tannarxini arzonlashtiradi, mashinalarning muhim texnik iqtisodiy parametrlari, massasi kamayadi, puxtaligi, ishonchliligi va ho.kazolar oshadi. Plastmassalardan tishli g’ildiraklar, podshipniklar, roliklar, stanok yo’naltirgichlari, quvurlar, boltlar, gaykalar va boshqalar ishlab chiqariladi. Plastmassaning aviatsiyasozlikda keng qo’llanilishiga sabab ularning yengilligi va texnik xossalarini o’zgartirish imkoniyatiga egaligidir. Raketa va kosmik kemalar ishlab chiqarishda ham Plastmassa muhim ahamiyat kasb etdi. Reaktoplastlardan foydalanib reaktiv dvigatellar, samolyotlarning kuch agregatlari, raketa korpuslari, g’ildiraklar, shassi ustunlari, vertolyotlarning parraklari, issiqlik saqlash elementlari, osma yonilg’i baklari tayyorlanadi. Termoplastlar oyna elementlari, antenna suyurmalari va ha kazolar ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Download 4.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling