Ma’ruza. Elektr maydonida o’tkazgichlar. O’tkazgichlar elektr maydonida
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
6-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.1 Magnit va magnit maydonlari
6-Ma’ruza. Elektr maydonida o’tkazgichlar. O’tkazgichlar elektr maydonida. O’tkazgichlar elektr sig’imi. Kondensatorlarning sig’imi. Elektr maydon energiyasi va zichligi. Magnitlar magnit maydonlarini hosil qiladi, o’z navbatida elektr toklari magnit maydonlarini yaratadi. Kompas ko’rsatkichlari magnitdan iborat va ular magnit maydoni yo’alishida yotadi. Bu rasmda kompaslar zaryad tashiyotgan sim magnit maydonni hosil qilganini ko’rishimiz mumkin. Bu bobda biz magnit maydonni qanday aniqlashni va magnit maydonning zaryadga va zaryadlangan jismlarga ta’sirini o’rganamiz. Yana biz elektr zaryadi va magnit maydoni o’rtasidagi munosabatni va elektr zaryadini harakatlantiruvchi elektr dvigatellarini o’rganamiz. Magnetizm Bobni boshlovchi savol: Kuyidagilardan kaysi biri magnit maydoni ichida kuch ta’siriga uchraydi? A) Tinch turgan elektr zaryadi S) O’tkazgichdagi elektr toki B) Harakatdagi elektr zaryadi D) Boshqa magnit Magnetizm tarixi ming yillarga borib taqaladi, ulardan birinchilari Kichik Osiyoning Magneziya degan hududidan topilgan toshlar bo’lib, ular orasidagi tortishish kuchi tufayli ular bir birlarini tortib turgan. Bu toshlar, topilgan joy nomi sharafiga «MAGNIT» deb atalgan. O’n to’qqizinchi asrgacha magnetizm va elektr tokining bir biriga bog’liqligi kashf qilinmagan. Keyinchalik elektr toki oqimi magnit maydoni hosil kilishi aniqlangan. Hamma turdagi elektr jihozlari, kompasdan tortib to elektr dvigatel, ovoz kuchaytirgich, kompyuter xotirasi va generatorlar ham magnetizmga bog’liqdir. 6.1 Magnit va magnit maydonlari Ko’rib turganimizdek, magnitlar o’zlariga temirdan yasalgan buyumlarni tortadilar. Istalgan magnit xoh u to’g’ri turtburchak yoxud taqa shaklida bo’lishidan qat’iy nazar, uning ikkita qutbi bo’ladi. Agar to’g’ri to’rtburchakli magnitni o’rtasidan o’q o’tkazsak va u o’q atrofida erkin aylansa, uning bitta uchi doim shimolni ko’rsatadi. Bu dalil - msbot qachon topilganini bilmasmiz, lekin xitoyliklar buni o’n birinchi asrda balki undan ham avvalroq buni kema qatnovlarida qo’llashgan. Albatta kompasning ishlashi ham shu printsipga asoslangan. Kompas strelkasi - bu oddiygina magnit bo’lib, uning og’irlik markaziga tayanch qo’yilgan va u erkin aylana oladi. Erkin osilib turgan magnitning shimolga qaragan qutbi magnitning shimoliy qutbi (N) deyiladi. Qarama qarshi qutb esa janubga qaragan bo’lib, u janubiy qutb (S) deyiladi. Ma’lumki, agar ikkita magnitni bir biriga yaqinlashtirsak ular orasida o’zaro ta’sir kuchi paydo bo’ladi. Magnitlar bir biri bilan yo tortishadi, yoki itarishadi; ularning ta’sirlashuvi hattoki ular bir biriga tegmasa ham kuzatiladi. Agar bir magnitning shimoliy qutbiga ikkinchi magnitning shimoliy qutbini yaqinlashtirsak, ular itarishadilar; xuddi shu hol ular janubiy qutblari yakinlashtirilsa ham kuzatiladi. Ammo, agar bir magnitning shimoliy qutbini ikkinchisining janubiy qutbiga yakinlashtirsak, magnitlar orasida tortishish paydo bo’ladi (20-2-rasm). Bu elektr zaryadlari ta’sirlashishini eslatadi: bir xil qutblar itarishadi, har xil qutblar tortishadi. Biroq magnit qutblarini elektr zaryadlari bilan adashtirmaslik lozim: bular umuman boshqa boshqa narsalar. 20-2-rasm. Magnitlarning bir xil qutblari itarishadi, har xil qutblari esa tortishadi. Kuchli magnit xossalar faqat temir va boshqa bir nechta moddalarda kuzatiladi, masalan kobalt, nikel, gadoliniy. Bu moddalar ferromagnitlar deyiladi (lotinchadan ferrum - temir), boshqa moddalar ham magnit xususiyatlariga ega, ammo ular shu darajada zaifki, ularni sezgir asboblar bilan aniqlash mumkin. Biz elektr zaryadini o’rab turgan elektr maydon tushunchasi qanchalik foydali ekanligini ko’rgan edik. Xuddi shunga o’xshash, magnit atrofida ham magnit maydon mavjudligi haqidagi tasavvur o’rinli. Bir magnitning ikkinchisiga ta’sir kuchini bir magnit bilan ikkinchi magnitning magnit maydoni o’zaro ta’siri natijasi sifatida qarasa bo’ladi. Xuddi elektr maydoni kuch chiziqlarini tasvirlaganimizdek, magnit maydoni kuch chiziqlarini ham tasvirlash mumkin. Elektr maydonidagidek, ular quyidagicha o’tkaziladi 1) Magnit maydoni har bir nuqtada kuch chizig’iga urinma bo’yicha yo’nalgan 2) Yuza birligiga to’g’ri keluvchi chiziqlar soni magnit maydon qiymatiga proportsional. Magnit maydon yo’nalishini aniqlash uchun, shu nuqtaga magnit strelkasi kiritiladi va uning shimoliy qutbi qaragan tomon magnit maydon yo’nalishiga mos keladi. 20-4-rasmda esa xuddi shu usulda chizilgan magnit maydon kuch chiziqlari ko’rsatilgan. Bizning ta’rifga mos ravishda kuch chiziqlar magnitning shimoliy qutbidan janubiy qutbiga yo’nalganligiga e’tibor bering. 20-4 –rasmda, sterjensimon magnit kuch chiziqlarining magnit strelkasi yordamida tasvirlanishi ko’rsatilgan. Ixtiyoriy nuqtada magnit maydonni yo’nalishi yuqorida aytilganidek aniqlanadigan vektor sifatida aniqlash mumkin. B kattalikni magnit strelkasi magnit kuch chiziqlari bo’yicha joylashmaganda unga ta’sir qiluvchi aylanma momenti orqali aniqlasa bo’ladi. Moment qanchalik katta bo’lsa magnit maydoni shunchalik kuchli bo’ladi. Hozircha biz faqat shu (unchalik to’g’ri bo’lmagan) ta’rifdan foydalanamiz; aniqroq ta’rif keyingi bo’limlarda beriladi. vektorni oddiygina “magnit maydon” deb emas, “magnit oqim zichligi” yoki magnit induktsiyasi deb atash afzalroq. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling