Ma’ruza. Elektr maydonida o’tkazgichlar. O’tkazgichlar elektr maydonida
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
6-maruza
Yerning magnit maydoni Yerning magnit maydoni 20-5 rasmda ko’rsatilgan va Yerning erigan po’latdan iborat tashqi yadrosidagi elektr toklari tufayli hosil bo’ladi deb hisoblanadi. Maydon chiziqlari modeli deyarli Yer ichida hayoliy magnit bo’lagi bordek nazarda tutiladi. Kompasning shimoliy qutb (N) ignasi shimolga qaragani bilan, geografik shimolda joylashgan Yerning magnit qutbi magnit nuqtai nazaridan janubiy qutbdir, qaysiki 20- 5 rasmda S orqali Yer ichidagi maydon sxematik ravishda magnit bo’lagida ko’rsatilgan. Esingizda bo’lsin, magnitlangan shimoliy qutb boshqa magnitlangan janubiy qutbni jalb etadi. SHunday bo’lsada, shimolda Yer qutbi hali ham “shimol magnit qutbi” deb ataladi, yoki" shunchaki shimolda joylashganligi uchun geomagnetik shimol" deb ham ataladi. Xuddi shunday, geografik Janubiy qutbga yaqin Yer janubiy magnit qutbi, magnit nuqtai nazardan shimoliy qutbi (N) dir. Yer magnit qutblari Yerning aylanish o’qida joylashgan geografik qutblar bilan mos kelmaydi. SHimoliy magnit qutbi, masalan, Kanada Arktikasida joylashgan bo’lib, geografik shimoliy qutbidan 1000 km masofada joylashgan, yoki boshqacha qilib aytilganda aniq shimol deyiladi. Kompasdan aniq foydalanish uchun bu farq hisobga olinishi kerak (20-6 rasm). Istalgan joylashuvdagi kompas ignasi (magnit maydon chiziqlari bo’ylab ishora) yo’nalishi bilan aniq (geografik) shimol orasidagi burchak farqi magnit og’ish deyiladi. AQSH da joylashishiga qarab, taxminan 0 ° dan 20 ° orasida bo’ladi. 20-5 rasm. Yer, bu misoli katta magnitdir. Lekin uning magnit qutblari geografik qutblar emas (Er aylanish o’qida). 20-5 rasmga e’tibor bersangiz, Yer magnit maydoni ko’p joylarda Yer yuzasiga urinma emas. Yer magnit maydoni gorizont bilan hosil qiladigan burchagi har qanday nuqtada magnit og’ish burchagi deyiladi yoki oddiy qilib og’ish deyiladi. Bu, masalan, Nyu-York da 67°, Mayamida 55°. Mashq A: Yer magnit maydoni qutblar yaqinida katta qiymatga egami yoki ekvator yaqinida? (Qanday qilib maydon chiziqlarini ishlatgan holda 20-5 rasmdan foydalanib aytish mumkin? ) 20-6 rasm. Yevvoyi tabiatda harita va kompasni ishlatish. Birinchi kompasni tekislang, igna aniq shimol (N) dan farqli bo’lsin, haritada ko’rsatilgan og’ish soni bilan ustma ust tushsin (topografik haritada, 17 ° deb yozilgan, kompasning chap tomonida). So’ngra, kompas ignasi bilan emas, balki aniq shimol bilan haritani ko’rsatilganidek to’g’irlang. [Bu eski harita (1953-yil), Kaliforniya; yangi haritalarda ( 2012) og’ish 13 ° bo’ladi va unda shimoliy magnit qutbining kuchganini ko’rish mumkin] Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling