A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


 Yog’och materiallarini randalashda mehnat xavfsizligi


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

26.2. Yog’och materiallarini randalashda mehnat xavfsizligi 
qoidalari 
1. 
Randalashdan oldin randalarning sozligini tekshirish


209 
2. 
Randalashdan oldin zagotovkani dastgohga mustahkam 
o’rnatish; 
3. 
Randani ishlatishda o’ng qo’lda uning ponasi bilan temirini 
qo’shib ushlash kerak. 
4. 
Ishlov berilgan sirtlarning sifatini va tig’ning o’tkirligini qo’l 
bilan siypalab tekshirmaslik lozim. 
5. 
Ishlash vaqtida qirindilarni asbobning ost tomonidan tozalash 
kerak. 
6. 
Jarohatlanishshshg oldini olish uchun tanaffus paytida 
randalarni yonboshlatib, tig’ini narigi tomonga qilib qo’yish lozim. 
26.3. Yog’ochga ishlov beradigan tokarlik stanoklarida ishlash 
vaqtida quyidagi xavfsizlik qoidalariga amal qilish kerak 
1. 
Shpindelning barcha vaqt to’g’ri (ishlayotgan odamga qarab) 
aylanishiga e’tibor berish kerak. 
2. 
Ishlanadigan yog’ochlarni markaz va vilka orasiga, 
patronlarga, planshaybaga mahkam o’rnatish lozim. 
3. 
Shpindel aylanib turganda vilka va markaz orasiga yog’och 
o’rnatmaslik kerak. 
4. 
Ish vaqtida tirgakni barcha vaqt markazga moslab, yog’ochga 
yaqin o’rnatib borish zarur. Buning uchun yo’nish davomida vaqti-
vaqti bilan tirgakni yog’ochga yaqinlashtirib surib boriladi. 
5. 
Ish 
vaqtida 
ketingi 
babka 
va 
tirgakni 
stanina 
yo’naltiruvchilariga mahkam qotirib o’rnatish kerak. 
6. 
Stanokni to’xtatmasdan turib ishlangan sirtning silliqligini qo’l 
bilan tekshirmaslik kerak. 
7. 
Ish vaqtida himoya ko’zoynagini taqib ishlash zarur. STD-120 
tipidagi o’yuvchi moslamasi. 
26.4. Metallga ishlov berishda xavfsizlik texnikasi qoidalari 
1. Maxsus kiyimdagi barcha tugmalar qadalishi, ro’mol va 
bog’ichlarning osilib turuvchi qismi yig’ishtirilgan bo’lishi, kiyim 
yengidagi manjet qo’l uchini siqib turishi kerak.
2. O’quvchilarlarning sochlari uni qoplab turuvchi bosh kiyim 
tagida bo’lishi kerak.


210 
3. Faqatgina o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni, zarur 
tartibga rioya qilgan holda bajaring. Vazifalarni bajarishda tana 
holatini to’g’ri saqlashga e’tibor bering.
4. O’qituvchi ruxsatisiz stanokda ishlamang, ularning siz uchun 
notanish bo’lgan qurilmalariga tegmang. Faqat o’qituvchi tomonidan 
ish bajarish tartibi tushuntirilgan asbob-uskunalardan foydalaning.
5. Faqat soz holatdagi asbob-uskunalardan foydalaning, ularni 
belgilangan vazifasiga ko’ra ishlating. Asbob-uskunalarni o’z 
ishingizni tashkil qilish qulayligini ta’minlagan holda joylashtiring.
6. Ish joyidagi qirindi, chang va chiqitlarni faqat ilgak, shetka va 
boshqa yordamchi vositalar bilan tozalang.
7. Ish vaqtida chalg’imang, o’rtoqlaringizning vazifani bajarishiga 
xalaqit bermang.
8. Mehnat xavfsizligi qoidalari buzilganligi yoki shikastlanish 
holatlarida tezlik bilan o’qituvchiga xabar qiling. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling