A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev
Ishlab chiqarishni konstruktorlik va texnologik tayyorlash
Download 4.62 Mb. Pdf ko'rish
|
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
30.3. Ishlab chiqarishni konstruktorlik va texnologik tayyorlash
Konstruktorlik tayyorgarlik biron bir yangi mahsulot yoki texnologiyani loyihalashtirish bilan bog’liq bo’lgan ishlardan tashkil 230 topadi. Konstruktorlik tayyorgarlikni amalga oshirishda iqtisodiy hisob-kitoblar katta ahamiyatga ega bo’ladi, chunki ular yangi mahsulot ishlab chiqarishni yoki modernizasiya qilishning maqsadga muvofiqligini aniqlab bo’ladi, sarflanadigan xarajatlar «min» bo’lgan shaoritlarni yaratishlari lozimdir. Mashina va priborlarning yangi turlarini ishlab chiqarish jarayonida ularning texnik afzalligini xarakterlovchi quyidagi ko’rsatkichlar hisobga olinadi: - yangi mashina va proiborlarni (mahsulotlarni) yaratishga sarflangan mehnat sig’imi; - mahsulot o’lchovi; - metaldan foydalanish koeffisiyenti; Mahsulot tannarxi va boshqalar yangi mahsulot yaratish quyidagi etaplardan tarkib topadi: 1. texnik vazifalarni ishlab chiqarish; 2. texnik taklifni tuzish; 3. eskiz loyihasini yaratish; 4. texnik loyihalashtirish; 5. ishchi hujjatlarni ishlab chiqarish. Texnik vazifada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning barcha texnik iqtisodiy xarakteristikalari, ularga quyidagi talabalar, ekspluatasiya qilish shartlari aniq belgilab beriladi. Texnik vazifaga asoslanib texnik taklif ishlab chiqariladi. Unda mahsulotni ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq ekanligi asoslab beriladi, mumkin bo’lgan bir necha variantlar solishtiriladi, mexnatni loyihalashtirish va ishlab chiqarishga sarflangan harakatlarning hisob-kitobi, undan olinadigan iqtisodiy samara hisob-kitob beriladi. Eskiz loyihasi tanlangan texnik parametrlarni va iqtisodiy ko’rsatkichlarni tekshirish imkoniyatini beruvchi hujjatdir. Eskiz loyihasi ishlab chiqarilayotgan mahsulotni umumiy ko’rinishi chizmasidan, mahsulotning tuzilishi va ishlash prinsipi, asosiy o’lchovlari, tannarxi to’g’risida tushuncha beruvchi, konstruktiv yechimlardan tashkil topadi. Texnik loyiha eskiz loyihaning to’ldirish natijasida tuzilib, mahsulotning barcha asosiy bo’g’inlarini yaratish, barcha ko’rsatkichlarni aniqlashtirishdan iborat. Ishchi loyihani tuzishda, barcha hujjatlar ishlab chiqish yakunlanadi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning barcha ko’rsatkichlarini ko’rsatuvchi ishchi chizma, 231 tushuntirish xati, ekspluatasiya qilish instruksiyasi, tajriba protokollari beriladi. Konstruktorning asosiy vazifasi tuzilishi jihatdan sodda va ixcham, lekin texnik jihatdan takomillashgan chidamli mahsulot yaratishdan iboratdir. Download 4.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling