Lug‘at
2-mashq.
Quyidagi so‘zlardan kim?, nima?, qayer? so‘roqlariga ja-
vob bo‘ladiganlarini alohida ustunga ajratib yozing.
Namuna: Kim? Nima? Qayer?
amaki
ariq Andijon
Andijon, amaki, ariq, bino, bola, buva, Bo‘stonliq, daryo, do-
nishmand, inson, jamiyat, Jizzax, keksa, mehnat, muhandis, non,
odam, Olmaliq, paxtakor, qishloq, Toshkent, umr, varrak, vijdon, tog‘,
tog‘a, yaxshilik.
2-
topshiriq.
Matnni o‘qing. Matn yuzasidan berilgan topshiriqlarni
bajaring.
Inson yaxshilik uchun yaratilgan
Yaxshilik bu jamiyat uchun tinmay mehnat qilish, xalq sha’niga
dog‘ tushirmaslik, ko‘pchilik manfaatiga qarshi ish tutmaslik, o‘z
xalqiga xiyonat qilmaslik, ziyon yetkazmaslikdir.
Yaxshilik vijdonli, muomalali, madaniyatli, kamtar, oliyjanob,
haqgo‘y bo‘lish, inson taqdiri haqida chinakam g‘amxo‘rlik qilish,
bir-biri bilan hamkor bo‘lish demakdir.
Halol mehnat qilish yaxshilikdir. Yaxshilik qonuni asosida yasha-
moq barhayotlikdir.
Donolar deydiki: „Birovga yaxshilik qilsang, o‘ziga bildirmay qil“,
„Birovga yaxshilik qilsang, yaxshilik qaytadi“.
yaxshilik
– доброта
dog‘ tushirmaslik
– не запятнать
jamiyat
– общество
muomalali
– общительный
sha’n
– честь
hamkorlik
– сотрудничество
ziyon
– вред
xiyonat
– предательство
haqgo‘y
– честный
manfaat
– интерес
kamtar
– скромный
g‘amxo‘rlik
– заботливость
vijdon
– совесть
oliyjanob
– благородный
taqdir
– судьба
http://eduportal.uz
30
Do'stlaringiz bilan baham: |