Bilib oling!
Gapda biror so‘roqqa javob bo‘lgan, o‘zaro tobe bog‘langan
so‘z yoki so‘z birikmasi gap bo‘lagi
deyiladi. Gap bo‘laklari
ikkiga ajratiladi:
1. Bosh bo‘laklar: kesim, ega.
2. Ikkinchi darajali bo‘laklar: aniqlovchi, to‘l
diruvchi, hol.
Bosh bo‘laklar gapning asosiy grammatik asosini tashkil qiladi.
Gapda kesim bilan bog‘lanib, shu kesimdagi qo‘shimchalar
ifodalagan shaxs-sonni bil
diruvchi va kim?, nima?, qayer?
so‘roqlariga javob bo‘ladigan bo‘lak ega deyiladi. Ega quyidagi
so‘zlar bilan ifodalanadi:
1. Ot bilan: Shamol gul hidlarini atrofga taratdi.
2. Sifat bilan: Yaxshilar ko‘paysin, yomon qolmasin.
3. Olmosh bilan: Ular to‘garak mashg‘ulotlariga muntazam
qatnashar edilar.
4. Son bilan: Ikkovimiz biroz aylandik.
5. Harakat nomi bilan: O‘qish boshlandi.
6. Ravish bilan: Ko‘plar qatnashdi.
7. Modal so‘zlar bilan: Bor – boricha, yo‘q – holicha.
8. Sifatdosh bilan: Uqqan o‘zar, uqmagan to‘zar.
9. Ibora bilan: Uning yuziga oyoq qo‘yish ax lo qimizga zid.
1-
mashq.
Gaplarni ko‘chiring. Bosh bo‘laklarni aniq lang va eganing
ifodalanishini tushuntiring.
Namuna: 1. Otini ayagan (kim? – sifatdosh) yo‘lda qolmaydi, elini
siylagan (kim? – sifatdosh) cho‘lda qolmaydi.
1. Otini ayagan yo‘lda qolmaydi, elini siylagan cho‘lda qolmaydi.
2. Inson nonni hamma taomlardan ustun qo‘ygan. 3. Uchovi ko‘chaga
chiqib ketishdi. 4. Xalqimiz mehnatsevar kishilarni hurmat qiladi.
5. Kamtar kishi hech qachon qo‘pollik qilmaydi. 6. Ko‘rganni eshitgan
yengibdi. 7. Yaxshilik ekkan esonlik ko‘radi, yomonlik ekkan – jabr-u
zahmat.
http://eduportal.uz
29
Do'stlaringiz bilan baham: |