A rafiyev, G. Muxamedjanova ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/94
Sana06.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1170397
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   94
Bog'liq
96369 88fa6cab4b00ce50c22a21de984fc32b

Albatta.
2. Undov so‘z-gaplar – his-tuyg‘u va haydash-chaqirish
ma’nolarini ifodalaydigan gaplar: – Uff. Charchab ketdim.
a) Tasdiq so‘z-gaplar – ha, mayli, xo‘p kabi so‘zlar.
b) Inkor so‘z-gaplar – yo‘q, mutlaqo, aslo, sira, aksincha 
so‘zlari.
c) Taklif so‘z-gaplar – tinglovchiga qaratilib, biror ish-ha-
rakatni bajarishga undaydigan gaplar: ma, mang, qani, marhamat, 
xo‘sh kabi so‘zlar.
1-
mashq.
Gaplarni yozing va ona tiliga og‘zaki tar jima qiling.
1. – Naima, o‘zbek tilidan berilgan she’rni yod oldingmi? – Ha. 
2. – Marhamat. O‘zingizni xuddi uydagiday his qiling. 3. – Xo‘sh... 
O‘zingni qanday himoya qilmoqchisan. 4. – Yasha! Bu qaroringdan 
men xursand bo‘ldim. 5. – Voy-vuy, – dedi Jo‘ra ko‘zlarini katta ochib. 
6. – Ofarin! – dedi Normat aka. 7. – Rahmat. Ahmadjon minnatdor 
jilmaydi. 8. – Barakalla! Topshiriqni a’lo darajada bajardingiz.
2-
mashq.
Ha, xo‘sh, bajon-u dil, yo‘q, mayli, labbay so‘zlari ishti- 
rokida dialogik matn tuzing va yozing.
2-
topshiriq.
 
Matnni o‘qing. Matn yuzasidan berilgan topshiriqlarni 
bajaring.
... Dunyoda eng mash’um baxillik iste’dodlarning yo‘lini to‘suvchi 
baxillikdir. Dunyodagi eng oliy saxovat esa nodir iste’dodlarni yuzaga 
chiqaruvchi saxovatdir.
– Ayni haqiqat! – zavqlanib xitob qildi Bobur. Xondamir bu 
xitobdan ruhlanib, ovozini xiyol ko‘tarib davom etdi:
– Biz biron safardan qaytsak yoki hazrat Alisherga bir-ikki kun 
ko‘rinmay yurib, keyin huzurlariga kelsak: „Qani, xo‘sh, yana qanday 
ajoyib iste’dod uchratdingiz?“ deb so‘rar edilar. Biz uchratgan nodir 
http://eduportal.uz


23
Lug‘at
iste’dodlarning ba’zilari o‘n-o‘n besh yoshli o‘spirinlar bo‘lar edi. 
Hazrat Alisher: „Bo‘ladigan bola o‘n besh yoshida bosh bo‘lur, 
bo‘lmaydigan odam qirq yoshida ham yosh bo‘lur“, der edilar, topilgan 
iste’dod o‘spirin bo‘lsa ham huzurlariga chorlar edilar. Sohib Doro 
iste’dodli shoir Zayniddin Vosifiyni o‘n besh yoshida hazrat Mirning 
huzuriga keltirgan edi. Hazratning saxovatlaridan bahramand bo‘lgan 
bu yosh shoir juda tez ulg‘ayib, butun Hirotga mashhur bo‘ldi. 
Ulug‘ musavvir Kamoliddin Behzod ham yoshlikdan hazrat Mirning 
tarbiyalari bilan ulg‘aydilar. Shoir Hiloliy, xattot Sulton Ali Mashhadiy 
ham hazrat Alisher kashf etib, tarbiyat qilgan iste’dodlardandir...
– Rost! Ko‘z o‘ngimizda turgan barcha nodir obidalar ulug‘ 
iste’dodlar xazinasidan chiqqan gavharlardir.
(P. Qodirov „Yulduzli tunlar“)

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling