Bozanda va Navozanda
Download 20.74 Kb.
|
Bozanda va Navozanda
Bozanda va Navozanda Ilgari ayyomda ikkita kabutar bo’lgan ekan. Birini Bozanda, birini Navozanda der edilar. Ular hamroh edilar. Bir kuni Navozanda Bozandaning yuziga boqdi va uning avzoyi buzuq ekanligini ko’rib, shunday dedi: (N)- Ey ko’zimning nuri, nega xafa o’tiribsan? Ne bo’ldi? (B)- Qadimgilar aytadilarki, azon kirsa shahardin ovvora qilur. Hech qanday zod menday emas. Safar qilish dag’dag’asi boshimga tushib, jon to’tisi tan qafasidan parvoz qilur. (N)- Ey do’stim, bu xayollarni itqit. Safar qilish ikki holatda bo’ladi. Biri, yemish izlab, ikkinchisi, xiyonatdan qochib safar qilishdir. (B)- Qadimgi yaxshilardan shunday so’z qolgan: Har kimki safar qilsa pisandida bo’lur, Xurshed kabi ziyoyi hardida bo’lur. Olamda nimarsa yo’q suvdin totlig’, Bir yerda maqom etsa agar, ganda bo’lur. Osmon hamisha safarda. Oy, quyosh, Yer ham har doim aylanib safar qilur. Yer-u ko’kka boq , fikr et! Bu ikkisi orasida qancha voqealar bo’ladi. Agar daraxt bir yerda muqim turmasa edi, arra-yu bolta zarbini ko’rmas edi. (N)- Daraxtni o’zga joyga o’rnatsalar, ko’karmas. (B)- Badaxshonda la’l va yamanda aqiq koni bor. Har ikkisi safar qilmasa, bir-birisi jilosidan mosuvo bo’lur. (N)- Safarda yo’lg’iz bo’lma. Safarda hamroh kerak. Yaxshi hamroh bilan safar qilsang, saodat topasan. Yomon hamroh bilan safar qilsang, falokatga uchraysan. Xuddi toshbaqa va chayon hikoyasiday. (B)- U qanday hikoya? So’zlagin. (N)- Shunday eshitgandim: toshbaqa Iroqdan Hijoz sari borar edi. Yo’l davomida nochor bir chayon unga hamroh bo’ldi. Har ikkisi zaruratdan hamroh bo’ldilar. Toshbaqa nihoyatda farosatli edi. Ammo chayonga inon-ixtiyorini berib, har manzilni birga bosar edilar. Shu asnoda nogoh bir azim daryoga duch keldilar. Undan o’tish ilojini topmadilar. Toshbaqa qarasa, chayon nayzasini tik ushlab yuqori-quyiga silkityapdi. (T)- Do’stim, bunday bejo bo’lishingga sabab nima? (Ch)- Ko’z yoshicha suv bo’lmasa. Bizni ma’zur tuting. (T)- Ey birodar, yo’ldosh bo’lmoq sharti bunday emas. Oz vaqt davomida hamroh bo’lmadik. Men seni yelkamda olib o’taman. Yaxshilar shunday deyishgan: Yaxshilik qil, suvga sol. Suv bilmasa baliq bilur, baliq bilmasa xoliq bilur. Toshbaqa egilib turdi, chayon oz harakat bilan uning ustiga chiqdi. (T)- Birodarim seni daryodan o’tkazib qo’yaman. Bejo harakat qilma, o’zingga jabr qilasan. (Ch)- Har kim o’z maslahatini o’zi bilur. Daryoga tushib oqdilar. Oz vaqtdan so’ng chayon tebranaverdi. (T)- Bu bejo harakatdan muddaong nima? (Ch)- Yaxshilar “Eshak o’yini qirq yilda” daganlar. Bugun po’lat nayzamni qalqoningga sanchmoq xohlayman. (T)- Shunday deganlar: O’z do’sti dilin resh aylagay jahldin, Har kim o’z mushtin urar devorga. Ne sababdan nayzangni menga sanchmoqchisan? (Ch)- Bilmaysanmi, chayonning muddaosi nish utmoq, xoh do’st ko’ksiga, xoh dushman orqasiga. Qit’a:
Beirodat zuhur etar andin. Toshdin nesh ayori yo’q aqrab, Garchi mundoq demak ajab sendin. (T)- Yaxshilardan bir masal qolgan: “Ishonmagin do’stingga, somon tiqar po’stingga”, “Oshnangdan top”. Do’stim, to kay suv uzra xasdek suzamiz? Bu daryo javohirlarini tomosho qilish kerak. Toshbaqa g’avvosday o’zini suv ostiga urdiki, toshbaqa javohir terish, chayon jon berish bilan mashg’ul bo’ldi. Bu masalni shuning uchun keltirdimki, “Aslning xatosi bo’lmas, nojinsning oshnosi bo’lmas”, “Bo’ynida illati borning oyog’i qaltiraydi”. Download 20.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling