"Hayirli tong"-dedi kichkina shahzoda. "Sigaretingiz o’chdi"


Download 16.27 Kb.
Sana16.02.2023
Hajmi16.27 Kb.
#1203341
Bog'liq
kichkina shahzoda


14- BOB
To’rinchi sayyora tadbirkorga tegishli edi. Bu yerda odamlar juda ko’p edi. Kichkina shahzoda kelganida boshini ham ko’tramagandi, ish bilan band edi.

  • “Hayirli tong”-dedi kichkina shahzoda. “Sigaretingiz o’chdi”.

  • 3 va 2ni qo’shilmasi 5 bo’ladi. 7 va 5ni qo’shilmasi 12 bo’ladi. 12 va 3ni qo’shilmasi 15 bo’ladi. Hayirli tong. 15 va 7ni qo’shilmasi 22 bo’ladi. 22 va 6ni qo’shilmasi 28 bo’ladi. Uni qayta yoqishga vaqtim yo’q. 26 va 5ni qo’shilmasi 31 bo’ladi. Uhh! Keyin u yana 500 va 1 mln, 1200, 731 bo’ladi deb takrorlab aytdi.

  • “5 mln nima?” kichkina shahzoda so’radi.

  • “Eh? Haliyam shu yerdamisan? 500 va 1 mln. Men to’xta olmayman. Men juda ko’p ishlarni qilishim kerak. Men oqibatga olib keldigan masalar bilan shug’ullanaman. Safsata sotib o’tirishga vaqtim yo’q. 2 va 7ning qo’shilmasi 7 bo’lad”.

  • “500 va 1 mln nima?” kichkina shahzoda so’radi takrorlab.

Uning hayotida hali hech qaysi savoliga javob olmagan edi. Tadbirkor boshini qimirlatdi.

  • Men 54 yildan beri bu yerda istiqomat qilaman. Men faqatgina 3ta narsadan havotirda bo’lganman. Birinchi martta 22 yil oldin. Bir qancha ezgu ulashadigan g’ozlar bor edi. Ular eng daxshatli shovqinni chiqarardilar. Bu hamma joyda yangrardi va men raqamlarni qo’shayotganmda 4ta xatoga yo’l qo’ydim. Ikkinchi martta 11 yil oldin revmatizm xuruji meni bezovta qildi. Uchinchi martta men aytmoqchi edimki, 500 va 1 mln...

  • 1 mln nima?

Tadbirkor shu zahotiyoq boshini qimirlatdi va uning savollariga javob bermasa uni tinch qo’ymasligini tushunib yetdi.


  • “Millionlar kichkina narsalar”- u aytdi – “ Osmonda ko’rinib turadi”.

  • “Pashshalarmi?”

  • “Ohh, yo’q. Kichkina yaltiroq narsalar”.

  • “Arilarmi?”

  • “Ohhh yo’q. Kichkina oltin buyumlar, dangasa odamlarni orzu qiishga majbur qiladi. Menga kelsak, men shu masalarning keyinchalik bo’ladigan oqibatlari bilan shug’ullanaman. Bekorchi orzu qilishga vaqtim yo’q.

  • Oh, yulduzlarni nazarda tutyapsizmi?

  • Ha, shunday. Yulduzlar.

  • Va 500 mln yulduzlar bilan nima qilasiz?

  • 501622731. Men oqibatga olib keladigan masalardan xavotirdaman. Men aniq bilaman. Va bu yulduzlar bilan nima qilaman? Men ular bilan nima qilaman?

  • Ha...

  • Hech narsa ular meniki.

  • O’zizning yulduzlaringizmi?

  • Ha.

  • Lekin men yo’lda bir qirolni ko’rdim, u...

  • Qirollar hech kimga egalik qila olmaydi. Ular faqat hukmronlik qiladi. Bu butunlay boshqa narsa.

  • Yulduzlarga egalik qilishning senga nima keragi bor?

  • Boy bo’lish uchunda, nimaga bo’lardi.

  • Boy bo’lishning nima keragi bor?

  • Boy bo’lish, kimdir yangi yulduzlarni kashf etsa ularga ham egalik qilish uchun kerak.

“Buyam xuddi boyagi piyonistaga o’xshab fikrlayapti” deya ko’nglidan o’tkazdi kichkina shahzoda va yana so’roqni davom ettirdi:

  • Yulduzlarga qanday egalik qilish mumkin?

  • Yulduzlar kimniki? – deb so’radi tadbirkor ensasi qotib.

  • Bilmadim. Hech kiniki.

  • Demak, meniki bo’ladi. Chunki men buni birinchi bo’lib o’ylab topdim.

  • Shuni o’zi basmi?

  • Albatta-da. Aytaylik, ko’zada oltin topib olsang-u, egasi bo’lmasa, u seniki bo’ladi. Agar miyanga to’satdan biron-bir fikr kelib qolsa, darrov uni o’ziniki qilasan: u endi butkul seniki. Men yulduzlarga shuning uchun ham egalik qilamanki, mengacha hech kim ularga egalik qilish haqida o’ylab ham ko’rmagan.

  • To’g’ri, - dedi kichkina shahzoda. – Harqalay, ayt-chi, sen ularni nima qilasan?

  • Ular ustidan hukmumni yurgizaman, - dedi tadbirkor. – Tinimsiz sanab turaman. Bu judayam qiyin iish. Lekin men juda jiddiyman.

Biroq kichkina shahzodaga bu izoh kifoya qilmadi.

  • Deylik, mening shohi ro’molcham bo’lsa, uni bo’ynimga o’rab o’zim bilan olib ketishim mumkin, - dedi u. – mabodo, mening bir gulim bo’lsa, uzib olib ketishim mumkin. Lekin sen yulduzlarni o’zing bilan birga olib ketolmaysan-ku!

  • To’g’ri, ammo men ularni bankka qo’yishim mumkin.

  • Qanday qilib?

  • Mana bunday qilib: qog’ozga qancha yulduzim borligini yozib chiqaman-da, keyin shu qog’ozni tortmaga solib quluflab qo’yaman.

  • Bo’ldimi shu bilan?

  • Shuning o’zi kifoya!

“Qizig’-a! – deb o’yladi kichkina shahzoda. – Hatto shoirona ham. Ammo unchalik jiddiy ish emas”.
Nima jiddiy, nima nojiddiy – buni kichkina shahzoda kattalar singari emas, o’zicha tushunardi.

  • Mening feruza gulim bor, uni har kuni ertalab sug’oraman, - dedi u. – Uchta vulqonim bor, har haftada ularni tozalab turaman. Bittasi so’ngan, uni ham har ehtimolga qarshi tozalab turaman. Gullarimga ham vulqonlarimga hammening ularga egalik qilishimdan naf bor. Yulduzlarga egalik qilishingizdan foyda yo’q.

Tadbirkor og’zini ochdi, lekin hech bir so’z ayta olmadi. Va kichkina shahzoda u yerni tark etdi. “ Yo’q kattalar chindan nihoyatda g’aroyib xalq, - deya soddalik bilan ko’nglidan kechirdi, u yo;lida davom etar ekan.
14 – BOB
Beshinchi sayyora judayam g’aroyib edi. U hammasidan kichkina edi. U yerda lampa va chiroq uchun ko’cha ichida kichkina xona bor edi. Kichkin ashahzoda bu mitti sayyoraga chiroq bilan chirog’bonni nima keragi orligini mutlaqo tushuna olmadi. Ehtimol bu odamlar tentakdir. Ammo u qirol, shuhratparast, piyonista v atadbirkor singari tentak emas. Uning ishida har qalay ma’no bor edi. U fonusini yoqgan paytda go’yo yana bir yulduz chaqnagadek yoki yana bir gul ochilgandek bo’ladi. Chirog’ini o’chirgan paytda esa yulduz so’ngandek yoki bir gul so’lgandek bo’ladi. Judayam ajoyib mashg’ulot ekan.
Sayyoraning ro’parasiga yetib kelgach, u ehtirom bilan chirog’bonga ta’zim qildi.

  • Salom, - dedi u. – Nega hozir chirog’ni o’chirding?

  • Shart shunday, - deb javob berdi chirog’bon. – Salom.

  • Qanaqa shart?

  • Chiroqni kechqurun o’chirishim kerak oqshoming hayirli bo’lsin!

U shunday deb chiroqni yana yoqdi.

  • Unday bo’lsa, tag’in yana nega yoqding?

  • Shart shunday, - deb takrorladi chirog’bon horg;in.

  • Tushunmadim, - dedi kichkina shahzoda tan olib.

  • Tushunadigan narsani o’zi yo’q, - dedi chirog’bon. – Shart bo’lgandan keyin bajarish kerak. Salom!

Shunday deb chiroqni o’chirdida, qizil katakli ro’molcha bilan peshonasini artb:

  • Kasbim juda og’ir, - dedi. – Bir paytlar buning ma’nosi bor edi. Chiroqni kechqurun yoqardim, ertalab o’chirardim. Ixtiyorimda dam olish bir kun, uxlashga bir kecha qolardi...

  • Xo’sh keyin shart o’zgardimi?

  • Shart o’zgarmadi, - dedi chirog’bon. – Hamma balo shunda-da! Mening sayyoram kundan kunga tez aylanmoqda, shart esa hamon o’sha eskiligicha qolyapti.

  • Endi nima qilasan? – deb so’radi kichkina shahzoda.

  • Nimayam qilardim? Sayyora bir daqiqa ichida to’la aylanib chiqadi, nafas rostlashga bir soniya ham fursatim yo’q. Chiroqni har daqiqada o’chirib yoqishga majburman.

  • Ana xolos! Rosa qiziq-ku! Demak, sening sayyorangda kunning uzunligi bor yo’g’i bir daqiqa ekan-da!

  • Nimasi qiziq ekan buning, - dedi chirog’bon e’tiroz bildirib. – Mana hozir biz bir oydan buyon gaplashib turibmiz

Download 16.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling