Kunlardan bir kuni qirol: Mamlakatdagi eng vijdonli bolani topib, uni
Download 13.83 Kb.
|
Документ (6)
Qadim zamonlarda mamlakatga donishmand va baxtli bir qirol hukmronlik'qifgan ekan. Uning kayfini faqat qarilig-u befarzandlik buzar ekan, xolos. Kunlardan bir kuni qirol: "Mamlakatdagi eng vijdonli bolani topib, uni o'zimga o'g'il qilib olsam", — deb o'ylabdi va hamma bolalarga gul urug'i ulashishni buyuribdi-da: — Kimki shu urug'dan eng chiroyli gul undirsa, shu mening o'g'lim yoki qizim bo'ladi, — deb eio n qilibdi. Hamma bolalar urug'ni ekib, rosa parvarish qila boshlashibdi. Ular orasida Sol Ir degan bola ham bor ekan. U ham urug'ni gultuvakka ekibdi. Rosa parvarish qilibdi. Lekin o'n kun, o'n besh kun, bir oy vaqt o'tsa hamki, gultuvakka ekilgan urug1 qilt etmasmish. — Bu qanaqasi bo'ldi? — debdi Sol Ir va oxiri onasidan so'rabdi: — Nega men ekkan urug' unib chiqmayapti? Onasi ham shundan tashvishlanib yurgan ekan: — Tuprog'ini yangilab ko'r-chi, — debdi. Sol Ir gultuvakdagi tuproqni almashtiribdi. Bu safar ham urug' ko'karmabdi. Qirol gullarni ko'radigan kun yetib kelibdi. Ko'pgina bolalar yasani- > shib-tusanishib, tuvakda o'zlari o'stirgan gullarni ko'tarib yo'lga chiqishibdi. Ularning hammasi valiahd bo'lish orzusida ekan. Xo'sh, keyin nima boiibdi, deng? Negadir qirol gullarga qarab hamma bolalarning oldidan o'tib ketaveribdi. Uning chehrasida shodlikning uchquni ham ko'rinmabdi. Ittifoqo, u bir uyning oldida bo'sh gultuvak ko'tarib, yig'lab turgan Sol Irni ko'rib qolibdi. Qirol o'sha bolani chaqirib kelishni buyuribdi. — Nima uchun sen bo'sh gultuvak ushlab turibsan? — deb so'rabdi u. Sol Ir piq-piq yig'lab, kunlardan bir kuni birovning bog'idan egasiga bildirmasdan olma uzganini, shuning uchun bo'lsa kerak, qancha urinsa ham, urug'ni undira olmaganini gapirib beribdi. Bu gapni eshitib, qirol Sol Irni ko'tarib olibdi-da: — Mana mening pok vijdonli o'g'lim, — debdi. Odamlar orasida g'ovur-g'ovur boshlanibdi. — Qirol nima uchun gultuvagi bo'sh bolani o'g'il qilib oldi? Shunda qirol tushuntirib beribdi. — Ey, xaloyiq, men bolalarga ulashgan gul urug'i qaynatilgan edi. Shundan keyingina odamlar qirolning fikrini ma'qullashibdi. Rang-barang gullar ko'tarib turgan bolalarning yuzlari uyalganlaridan qip-qizarib ketib Download 13.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling