Insonning fe’l atvori haqida hatto


Download 1.05 Mb.
Sana08.01.2022
Hajmi1.05 Mb.
#236781
Bog'liq
Psixologik test


Psixologik test. Inson ruhiy holatini surat orqali tekshirish usuli

Inson kundalik hayoti mobaynida nimalar tanlagani orqali u haqda juda ko’p narsa bilib olish mumkin. Insonning fe’l atvori haqida hatto u ichadigan qahva orqali ham ma’lumotga ega bo'la olasiz.

Pisixologik testlar esa ko’proq ma’lumot olishning yaxshi usulidir.  Ulardan birini sizning e’tiboringizga havola etamiz.  Quyidagi suratda keltirilgan shakllardan birini tanlang.



Ayni damda qaror qabul qilishga qiynalayotgan insonlar ushbu shaklni tanlashadi. Bu barcha xavflarni hisoblash qobiliyatiga ega bo'lgan juda rivojlangan shaxslar toifasidir. Shu bois ham  ular har bir variantning xavfini tushunadilar, u qanchalik jiddiyligini va ulardan nima olib ketishi mumkinligini yaxshi biladilar.



Spiral, o'zlari bilan kelishishi  qiyin bo'lgan odamlar tomonidan tanlanadi. Ehtimol o'tmishdagi biron bir narsa ularni o'zlarini "noto'g'ri odam" deb o'ylashlariga undashi mumkin. Shunga qaramay, ular juda kuchli shaxslar, ular o'zlarining baxtlari uchun qanday kurashishni va ularning qadr-qimmatini bilishadi.



Panjara hozirgi paytda qiyin kunlarni boshdan kechirayotgan odamlar  tomonidan tanlanadi. Uyqusizlik va tungi bezovtalik ularni qiynayotgan bo’lishi ehtimoli ham mavjud. Bundan tashqari panjara muammoga yechim qidirib, biroq uni imkonidan chiqa olmayotgan shaxslarning ham tanlovi bo'lishi mumkin.



Ushbu shaklni  har narsaga ijodiy yondashuvchi insonlar tanlashadi. Ular aslida noyob shaxsdirlar. Ko'pincha o’zlarida o'zgacha biron bir narsani payqamaydilar. Bekor qiladilar ham. Ular o’z iqtidorlarini payqashlari va uni shakllantirishlari lozim.



Ushbu rasmni tanlash hozirgi paytda chuqur inqirozni boshdan kechirayotganingizni anglatadi. Yaqinda yuz bergan baxtsizliklar sizni yolg'iz va horgin his qilishingizga sababchi bo’lgan. Umidsizlikka tushmaslik uchun siz muloqotda bo’lishingiz kerak. Sizni tushunadigan yoki hech bo'lmaganda sizni tinglaydigan odamni topib u bilan suhbat quring.



Ushbu shaklni  butun hayoti mayda bo’laklarga parchalanib ketganday his qiladigan odamlar tanlaydi. Siz birdaniga barcha narsaga qo’lurishga urinyabsiz: ish, oila, do’stlar va munosabatlar…  Chuqur nafas oling va ketishi kerak bo’lgan narsaning ketishiga yo’l qo’yib bering. Hayotingizda eng yaxshi va kerakli tanlovni tanlashga harakat qiling. 


Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling