A rafiyev, G. Muxamedjanova ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/94
Sana06.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1170397
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   94
Bog'liq
96369 88fa6cab4b00ce50c22a21de984fc32b

5-
 
mashq.
Nuqtalar o‘rniga berilgan fe’llarni zarur shaklda qo‘yib, 
gaplarni ko‘chiring.
1. Hurmat ... (qilmoq), hurmat ... (ko‘rmoq). 2. Sabr ... (qilmoq), 
murodga ... (yetmoq). 3. O‘z haddingdan ... (oshmoq), jazosini ... 
(tortmoq). 4. Sayoq ... (yurmoq), tayoq ... (yemoq). 5. Oltin ... 
(olmoq), duo ... (olmoq). 6. Nima ... (ekmoq), shuni ... (o‘rmoq). 
7. Salobatli ... (bo‘lmoq), ... sabotli (bo‘lmoq).
4- topshiriq.
 
Matnni o‘qing va matn asosida berilgan savol va top-
shiriqlarni bajaring.
Kasbning yaxshi-yomoni bo‘lmas
Men 9-sinfda o‘qiyman. Barcha tengdoshlarimning kasbga bo‘lgan 
qiziqishlari turlicha. Kimdir tadbirkor, kimdir shifokor, yana birov 
bank xodimi, kimdir esa uchuvchi bo‘lishni orzu qiladi. Xullas, 
orzularimiz bir dunyo.
Men yoshligimdan samolyotlarga juda qiziqaman.
O‘zbek tili darsida o‘qituvchimiz „Kim bo‘lsam ekan?“ mavzusida 
ijodiy ish yozib kelishimizni uyga vazifa qilib berdilar. Menga navbat 
kelganda ustozimiz yozganlarimga ko‘z yugurtirib chiqdilar-da:
– Qani, Bahodir, hammaga o‘qib ber, – dedilar. Men ham baland 
ovozda o‘qiy boshladim: „Men kelajakda mashina ta’mirlovchi usta 
bo‘lmoqchiman...“ Sinfda baravariga kulgi ko‘tarildi. O‘qishdan to‘xtab 
qoldim.
– Nega kulyapsiz? – hayron bo‘ldilar ustozimiz. – Agar bilsangiz, 
Bahodir samimiy va chin dildan yoz 
gan, – deya meni maqtadilar.
– Kasbning yaxshi-yomoni bo‘lmaydi, orzuga ayb yo‘q, ammo 
http://eduportal.uz


19
Lug‘at
istak, xohishning o‘zi kifoya qilmaydi. Har bir kasb egasi bo‘lish 
uchun qanchadan qancha mehnat, izlanish, sabr-toqat va mahorat talab 
etiladi. „Intilganga tole yor“, deyishadi. O‘z maqsadingiz yo‘lida hech 
vaqt adashmang, – deya so‘zlarini tugatdilar.
Men chin ko‘nglimdan o‘zim yoqtirgan kasb haqida yozganimdan 
xursand edim.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling