14
7- topshiriq.
Maqollarni o‘qing, mazmunini so‘zlab bering.
Davlat tugar, bilim tugamas.
* * *
Go‘zallik – ilm-u ma’rifatda.
* * *
Ilm – aql bulog‘i,
Aql – yashash chirog‘i.
* * *
Ilm
istasang, takror qil.
* * *
Ilm ko‘p, umr oz,
Keragini o‘qi.
* * *
Ilm olishning erta-kechi yo‘q.
* * *
Ilm – tubsiz quduq.
Mustaqil ish
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Shaxsi topilmas gaplar deb qanday gaplarga aytiladi?
2. Bilimning hozirgi davrda ahamiyati qanday?
3. „Bilimsiz
bir yashar, bilimli ming yashar“ deganda nimani
tushunasiz?
Uyga vazifa. Borish kerak, bajarish lozim, o‘qish darkor fe’llari
ishtirokida gaplar tuzing.
http://eduportal.uz
15
MEN YOQTIRGAN KASB
(Shaxsi umumlashgan gaplar)
1 - d a r s
1- topshiriq.
Berilgan savollarga og‘zaki javob bering.
– Qanday kasblarni yoqtirasiz?
– Kelajakda qanday kasbni egallamoqchisiz?
– Tanlagan kasbingiz yurtimiz ravnaqi uchun qanday foyda
keltirishi mumkin?
– Kasb tanlashda nimalarga e’tibor
berish kerak, deb o‘ylaysiz?
– Farzandlarning kasb tanlashida ota-onaning o‘rni bormi?
Mazmunan har uchala shaxsga taalluqli gaplar shaxsi
umumlashgan gaplardir. Bunday gaplarning
kesimi II shaxs buyruq
maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi. Masalan:
Nima eksang, shuni
Do'stlaringiz bilan baham: