A rafiyev, G. Muxamedjanova ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning


Matn yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/94
Sana06.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1170397
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   94
Bog'liq
96369 88fa6cab4b00ce50c22a21de984fc32b

Matn yuzasidan savol va topshiriqlar
1. „Ular taraqqiyotning negizi hisoblanadi“ jumlasini qanday 
tushunasiz? Izoh bering.
2. Qanday inson sharafli hisoblanadi?
3. Bilim egalari qanday fazilatlarga ega bo‘lishi lo 
zim? 
4. Matn mazmunini qayta hikoya qiling.
3-
 
mashq.
Yuqoridagi matndan foydalanib, nuqtalar o‘rnini to‘ldiring. 
Shaxsi topilmas gaplarni toping.
Insoniyat yaratilibdiki, ... , o‘rganishga intiladi. Chunki qiziqish 
insonlarga xos, aql-idrok va bilim egasi bo‘lgan har ... ... sharaflidir. 
Bilim egasi o‘z tilaklariga yetadi, ... ... . Bilim egalari elda aziz ... . 
Barcha murakkab ... ... bilan hal eta oladi. Shunday ekan, ilm olish 
uchun hamisha izlanish, o‘qish, ... ... . Ilm cho‘qqilarini zabt etish 
yo‘lida ... ... . Ko‘p bilish uchun ko‘p ... ... .
http://eduportal.uz


12
4-
 
mashq.
Quyida berilgan gaplardan shaxsi ma’lum va shaxsi topil-
mas gaplarni topib, ikki ustunga ajratib yozing.
1. Topshiriqni o‘z vaqtida bajaring.
2. Vazifani bajarish kerak.
3. Yetti o‘lchab, bir kes.
4. To‘garakka borish kerak.
5. Xonaga kirgan avval salom beradi.
6. So‘zimning ustidan chiqaman.
7. Majlisda tartib-intizom haqida so‘zlashga to‘g‘ri keldi.
8. Ertaga yakuniy test sinovidan o‘tamiz.
Uyga vazifa. Ilm-fanga oid qaysi sohalarni bilasiz? Ularning nomini
lug‘at tartibida yozib, izohlang.
3-dars
Adabiy o‘qish
5- topshiriq.
 
Matnni ifodali o‘qing. Mazmunini „zanjir“ usulida so‘z-
lab bering.
„…… Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas fazilatdir. 
Zeroki, ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko‘rsatur, 
zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o‘tkir qilur. Savobni gunohdan, 
halolni haromdan ayirib berur. Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidir...“
Abdulla Avloniy

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling