A rafiyev, G. Muxamedjanova ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/94
Sana06.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1170397
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Bog'liq
96369 88fa6cab4b00ce50c22a21de984fc32b

2 - d a r s
3- topshiriq.
Matnni o‘qing va berilgan topshiriqlarni bajaring.
Bu yurt – barchamizniki
O‘zbekiston tuprog‘ida qadimdan turli elat va qabilalar, millatlar 
yashagan. Bular sak, massaget, eroniy (forslar), turk, qipchoq, qarluq, 
qo‘ng‘irot, mang‘it, uyg‘ur, tatar kabi yuzga yaqin nomlar bilan 
yuritilgan. Ular birgalikda mehnat qilishgan, yurt ozodligi uchun 
kurashganlar. Ta 
rixdan bunga ko‘plab misollar keltirishimiz mumkin.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda yashovchi millatlar o‘r 
tasida 
do‘stlik yanada mustahkamlandi. Yurtimizda turli millat vakillari ahil 
va inoq yashashmoqda. O‘zbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik, 
http://eduportal.uz


6
Lug‘at
turkman, tatar, koreys kabi turli millat vakillari bir jamoada ish 
lashsa, 
bir-birlariga mehribon bo‘lishsa, qanday yaxshi! Millatlar, xalqlar 
do‘stligi yengilmas kuchdir. Bu tinchlik va farovonlik ramzi hamdir.
O‘zbekistonda tug‘ilgan, unda yashayotgan har qaysi millat vakili 
shu yurtning farzandi hisoblanadi. Demak, bu yurt barchamiznikidir. 
Shuning uchun uning istiqboli, yer-u mulki, obodligi ham barchamizga 
birday daxldor.
(„Vatan tuyg‘usi“ kitobidan)
qadimdan
– c древних времён
millat vakillari
представители наций
birgalikda
– вместе, совместно
farovonlik 
– благополучиe
yengilmas
– непобедимый
ramz
символ
birday
– одинаково, равномерно
daxldor
относящийся, касающийся
Matn yuzasidan topshiriqlar
1. Millat, do‘stlik, teng, mustahkamlanmoq, barchamiz so‘zlari 
ishtirokida gaplar tuzing.
2. „Millatlar, xalqlar do‘stligi yengilmas kuchdir“ gapiga izoh 
bering.
3. Matn mazmuni yuzasidan savollar tuzing.
4. Matndan shaxsi ma’lum gaplarni topib yozing.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling