9
ILM – TARAQQIYOT NEGIZI
(Shaxsi topilmas gaplar)
1 - d a r s
1- topshiriq.
Rasmlar asosida berilgan tayanch so‘zlar
ishtirokida
gaplar tuzing.
Foydalanish uchun so‘z va so‘z birikmalari: bolalar, kutubxona,
maktab, ilm, litsey, bilim, bino, taraqqiyot, insoniyat, bilmoq, intilmoq,
makon, mustaqillik, o‘
quvchilar, tufayli.
2- topshiriq.
Savollar asosida bahs-munozara o‘tkazing.
– Ilm deganda nimani tushunasiz?
– ...
– Nima uchun bilimni xazina deb bilamiz?
– ...
– Ilmning taraqqiyotga qanday aloqasi bor?
– ...
– Insoniyat erishgan yutuqlar va hozirgi taraqqiyot nimaning
natijasidir?
– ...
– Ilmli bo‘lish uchun qanday
ishlarni amalga oshirish ke
rak,
deb o‘ylaysiz?
– ...
http://eduportal.uz
10
Bilib oling!
Shaxsi topilmas gaplar egasini
topib ham, gap tarkibiga
kiritib ham bo‘lmaydigan gaplardir. Masalan:
U yerda intizom
haqida so‘zlashga to‘g‘ri keldi.
Shaxsi topilmas gaplarning kesimi III shaxs majhul nisbatdagi
fe’llar,
bo‘ladi, bo‘lmaydi so‘zlari,
-mas qo‘shimchali so‘z,
harakat
nomidan keyin kerak, zarur, lozim, mumkin so‘zlarini
keltirish orqali ifodalanadi. Masalan:
Muammoni shu yo‘l bilan
hal qilsa bo‘ladi. Bu topshiriqni puxta bajarish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: