Mavzu: Tasavvuf silsilalari
Download 14.6 Kb.
|
1 2
Bog'liqTASAVVUF
Mavzu: Tasavvuf silsilalariTayyorladi: Sevinch QosimovaOsuda IslomovaBismillahir Rohmanir Rohiym. Maqsadimiz : Allohning roziligiga erishmoq uchun nafsni poklab, go'zal axloq egasi bo'lishga intilmoq, Rosululloh sollallohu alayhi vasallam faxrlanadigan ummat bo'lishdir. Kun oyati : Batahqiq, sizlar uchun Rosulullohda go'zal o'rnak bor edi. Ahzob surasi, 21-oyat. Kun hadisi : Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar : "Albatta, men karamli axloqlarni mukammal qilish uchun yuborildim". Bayhaqiy rivoyat qilgan. Kun bayti : Iching toshing bila ermas muvofiq, Tasavvufdin dam urma, ey munofiq. Sayyid Qosimiy Usmon Turarning "Tasavvuf tarixi" asarida tasavvuf bir qancha turlarga bo'linadi. Jumladan, silsilaga ko'ra 1. Bakriyya yoki siddiqiya; 2. Umariya yoki Foruqiya; 3. Usmoniya; 4. Alaviya. Silsilaga umumiy ta'rif Silsila. Zanjir ma'nosini bildiradigan Silsila tasavvufda Zanjir halqasi shaklida bo'lib, uzilmasdan Muhammad alayhissalomning silsilasidan kelgan shayxlar demakdir. Muhammad alayhissalomning Hazrati Ali, Hazrati Abu Bakr va as'hobidan xos kishilarga (roziyallohu anhunna) ta'lim bergan ilohiy haqiqatlar va ma'naviy bilimlar bu Silsila vositasida intiqol etib, hayotdagi shayxga qadar yetib kelgan. Shu sabab shayx, Muhammad alayhissalomning ma'naviy vorisidir. Silsila tariqatlarning shariatga muvofiqligini va ishonarli ekanini ko'rsatuvchi hujjat-dalildir. Shunga ko'ra tariqatlarda shayxlik maqomiga yangi o'tirgan shayxga (taomilga binoan) ijozatnoma berilishiga va silsila zanjirining uzilmay davom etishiga maxsus ahamiyat beriladi. Tariqat silsilalari, umuman olganda, Hazrati Ali yoki Hazrati Abu Bakr (roziyallohu anhuma) vositasida Muhammad alayhissalomga borib taqalishini aytib o'tdik. Ali roziyallohu anhu haqida "Men ilmning shahri an, Ali uning eshigidir“, Abu Bakr roziyallohu anhu haqida esa "Men ilmning shahri an, Abu Bakr uning asosidir“ hadisi shariflari mavjud. Tasavvuf haqida tasavvur Naqshbandiylik tariqat silsilasi 1.Hazrati Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam Odatda Tasavvuf kitoblarida Silsila haqida gap ketganda Birinchi bo'lib ularning ismlari, shamoyillari, axloqi oliyalari zikr qilinadi. 2. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning moli Nabiy sollallohu alayhi vasallamga eng foyda bergan mol edi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan: "Rosululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: "Bizning oldimizda kimning biror xizmati bo’lsa, barchasiga munosib mukofotini berdik. Faqat Abu Bakrgina bundan mustasnodir.Bizning huzurimizda uning shunday yaxshi xizmati borki, Alloh Qiyomat kunida unga munosib mukofotini berur. Agar o’zimga do’st tanlash ixtiyori berilsa, albatta, Abu Bakrni tanlagan bo’lardim. Ogoh bo'ling, sohibingiz Allohning do’stidir". (Termiziy rivoyati) 3. Salmon Forsiy roziyollohu anhu Bir kuni yo'lda Shomdan kelayotgan, anjir va xurmo ko'targan bir kishiga yo'liqib qoldi. Yuk shomlikni qiynab, holdan toydirgan edi. Ko'z oldida avom va kambag'al kishidek ko'ringan odam paydo bo'lganida, ko'zlagan manziliga olib borib qo'ysa, hammolligi evaziga haq berarman, deb o'ylab, yukni uning yelkasiga qo'ymoqchi bo'ldi. Bu odamga ishora qiluvdi, u yetib keldi. Shomlik unga: "Yukimni ko'tar", dedi. U ko'tardi va birga yurib ketishdi. Ular yo'lda borisharkan, bir to'p odam uchrab qoldi. Boyagi kishi salom bergan edi, ular ham: "Amirga salom bo'lsin", deya alik olishdi. "Amirga salom bo'lsin? Qaysi amirni nazarda tutishyapti?!" Shomlik ichida shunday o'ylardi. Bu odamning hayrati yo'lovchilarning ba'zilari Salmon tomon chopib: "Bizga bering, ey amir!" deyishganida yanada kuchayib ketdi. Shomlik kishi bu odam Madoin amiri Salmon Forsiy ekanini bilgach, qo'lidan majol ketdi, lablaridan uzr va afsus kalimalari ucha boshladi. Unga yaqinlashib, yukini olmoqchi bo'luvdi, Salmon rad etib, bosh silkidi va: "Manzilingga olib borib qo'ymaguncha bermayman", dedi. Birodari bir kun uning xamir qorayotganini ko'rdi va: "Xizmatkor qaerda?" deya so'radi. U javob qildi: "Bir ish bilan jo'natuvdik. Unga boshqa ishni yuklashni ma'qul ko'rmadik". 4.Qosim ibn Muhammad roziyallohu anhu, 5.Ja'far Sodiq roziyallohu anhu, 6.Boyazid Bistomiy quddisa sirruhu, 7.Haraqoniy quddisa sirruhu, 8.Farmadiy quddisa sirruhu, 9.Yusuf Hamadoniy quddisu sirruhu 10.G'ijduvoniy quddisa sirruhu, 11. Revgariy quddisa sirruhu, 12. Fag'naviy quddisa sirruhu, 13. Romitaniy, 14.Bobo Sammosiy, 15.Sayyid Amir Kulol, 16.Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband. 17. Attor, 18.Charxiy, 19. Xoja Ubaydulloh Ahror, 20. Xoja Muhammad Zohid, 21. Darvesh Muhammad, 22. Imkanagiy, 23. Muhammad Boqiy, 24. Imomi Robboniydan Ahmad Foruq, 25. Muhammad Mas'um, 26. Shayx Sayfuddin, 27. Badavuniy, 28. Joni Jonon Shamsuddin, 29. Dehlaviy, 30. Mavlono Xolid Ziyouddin Bag'dodiy. SILSILAGA XULOSA Tariqat silsilalarini anglashimiz uchun keltirgan Naqshbandiya tariqati silsilasini shu yerda to‘xtatishimiz va aqlimiz yetganicha ba'zi bir xulosalar chiqarishimiz lozim bo‘ladi. Chunki silsilaning shu qismigacha keltirilgan hamma shayxlarni barcha e'tirof qiladi. Ularning hammalari bu tariqatning buyuk vakillari sifatida e'zozlanadi. Shuningdek, mazkur azizlarimizni boshqalarga o‘rnak sifatida taqdim qilishga ham arziydi. Albatta, silsilaning boshida turgan Rosululloh sollallohu alayhi vasallam, u zotning ikki buyuk sahobalari Abu Bakr Siddiq va Salmon Forsiy roziyallohu anhuma va xayr-u barakasiga Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari guvohlik bergan asrning vakillari bo‘lmish Qosim ibn Muhammad va Ja'far Sodiq roziyallohu anhuma haqida gapirib o‘tirishning xojati ham yo‘q. Ular har qanday mulohazadan yuqori turadilar. Qolgan yigirma besh shayxning tarjimayi hollaridan ba'zi bir xulosalar chiqarsak, tasavvuf haqidagi tasavvurimizning shayxlar haqidagi bobiga ko‘pgina foydalar kelsa, ajab emas, degan umiddamiz. 1. Silsilaning mazkur shayxlari turli nasabga oid zotlardir. Bundan tariqatga shayx bo‘lish uchun ma'lum bir nasabga mansub bo‘lish shart emasligi kelib chiqadi. Chunki shayxlar ichida sayyid bo‘lib, nasabi Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga yetib boradiganlari ham, shuningdek, hazrati Umar yoki hazrati Usmon va hazrati Ali roziyallohu anhumga yetib boradiganlari ham, nasabi oddiy bo‘lganlari ham bor. 2. Silsilaning mazkur shayxlari turli irq va millatlarga mansubdirlar. Bundan tariqat shayxi bo‘lish uchun ma'lum bir irqqa yoki millatga mansub bo‘lish shart emasligi ayon bo‘ladi. 3. Silsilaning mazkur shayxlari, avvalo, shariat ilmlarini yaxshi o‘zlashtirib olib, keyin tariqatga yuzlanganlari ko‘rinadi. Bundan ilmsiz kishi, xususan, shariatni puxta o‘rganib, olim bo‘lmagan kishilar tariqat shayxi bo‘lishi mumkin emasligi ma'lum bo‘ladi. 4. Silsilaning mazkur shayxlari turli ijtimoiy tabaqalarga mansub bo‘lganlar : ba'zilari o‘ta kambag‘al bo‘lsalar, boshqalari Xoja Ahror Valiyga o‘xshab o‘ta boy bo‘lganlar. Ba'zilari aslzoda oilalarga mansub bo‘lsalar, boshqalari yetim holda qiynalib o‘sganlar. Bundan tariqat shayxi bo‘ladigan zotlar ma'lum bir ijtimoiy tabaqaga xos bo‘lishlari shart emasligi anglanadi. 5. Silsilaning mazkur shayxlaridan ba'zilari o‘ta xokisor holda, qattiq nonni suvga ivitib yeb yurgan bo‘lsalar, boshqalari o‘zlari qolib, muridlariga ham lazzatli taomlar tarqatishni odat qilganlar. 6. Silsilaning mazkur shayxlari o‘z mehnatlari va riyozatlari bilan shayxlik darajasiga yetganlar. Ba'zi hollarda otadan keyin bola tariqat shayxi darajasiga ko‘tarilganda ham, bu narsa faqatgina o‘zining mehnati evaziga bo‘lgan. Hech qachon shayxning o‘g‘li bo‘lgani uchun shayx bo‘lish yo‘lga qo‘yilmagan. Bu holni Imomi Robboniyning o‘g‘illari Muhammad Ma'sum rohmatullohi alayhi va u kishining o‘g‘illari misolida ko‘ramiz. Silsilaning mazkur shayxlari silsila omonatini bevosita o‘z pirlaridan olganlar. Faqat Boyazid Bistomiy rohmatullohi alayhi silsila omonatini Ja'far Sodiq roziyallohu anhudan ma'nan olganlar. Hazrati Bahouddin Naqshband rohmatullohi alayhi esa silsila omonatini zohiran sayyid Amir Kulol rohmatullohi alayhidan, botinan xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy rohmatullohi alayhidan olganlar. Bundan silsilani bevosita ruxsat olish bilan ham, bilvosita – ma'naviy bog‘lanish bilan ham davom ettirish mumkinligi kelib chiqadi. Asl tasavvuf kitoblarida Naqshbandiya tariqati silsilasi mashoyixlarining tarjimayi hollarini zikr qilish mavlono Xolid Bag‘dodiyning zikrlari bilan to‘xtaydi. Buning bir necha sabablari bor. Ammo eng bosh sabab shuki, boshqa tariqatlar kabi Naqshbandiya tariqatida ham mavlono Xolid Ziyouddin Bag‘dodiy rohmatullohi alayhigacha dunyo bo‘yicha bir dona tan olingan shayx bo‘lib kelgan. Yuqoridagi satrlarda qisqacha tarjimayi hollari keltirilgan buyuk zotlar xuddi o‘sha mazkur sharafga muyassar bo‘lgan zotlardir. Faqat bir shayxni tutish o‘sha paytlarda oson bo‘lgan. Islom olami bir butun bo‘lgan. Orada chegaralar bo‘lmagan, tariqat ishlari avjida bo‘lgan. Ammo mavlono Xolid Ziyouddin Bag‘dodiy rohmatullohi alayhining vaqtlaridan keyin sharoit tamoman o‘zgardi. Islom olami parchalanib ketdi. Islomning amaliy qismi susaydi. Odamlarning e'tiqodi ham susaydi. Binobarin, tasavvuf masalasida ham ko‘plab muammolar paydo bo‘ldi. Endi bitta shayx dunyoning hamma taraflaridagi o‘z tariqati muxlislarini idora qilishi qiyin bo‘lib qoldi. Ehtimol, mazkur omillar tufaylidir yoki boshqa sabablarga ko‘radir, har holda ba'zi muhaqqiqlarning ta'kidlashlaricha, mavlono Xolid Ziyouddin Bag‘dodiy rohmatullohi alayhi o‘zlarining bir yuz o‘n yettita xalifalariga irshodga, odamlarning bay'atini qabul qilishga ruxsat berganlar. Ba'zi bir kishilar: «Mavlono Xolid Ziyouddin Bag‘dodiy rohmatullohi alayhi uch yuz kishiga irshodga, odamlarning bay'atini qabul qilishga ruxsat berganlar», deydilar. Ana shu tarzda boshqa tariqatlar kabi Naqshbandiya tariqatida ham ko‘pshayxlik vujudga keldi. Kezi kelganda bir shahar yoki qishloqda bir necha naqshbandiy shayxlar odamlardan qo‘l oladigan bo‘ldilar. Bu ishning salbiy taraflari ham ko‘zga ko‘rina boshladi. Ba'zi bir noloyiq kishilar tariqat shayxi sifatida ish yurita boshladilar. Oqibatda hammamizga ma'lum va mashhur sunniy tasavvufdan og‘ish va turli bid'atlarga berilish kabi noxush holatlar ko‘paydi. Bu holatning achchig‘ini hozirgacha tatib kelyapmiz. Doktor Saljuq Eroydinning «Tasavvuf va tariqatlar» nomli kitobida aytilishicha, Naqshbandiya tariqatining Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga yetib boradigan yana ikkita silsilasi bor. Download 14.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling