A rafiyev, G. Muxamedjanova ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/94
Sana06.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1170397
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   94
Bog'liq
96369 88fa6cab4b00ce50c22a21de984fc32b

MILLIY AN’ANALARIMIZ
(Gapning ajratilgan bo‘laklari, ularda tinish belgilarining 
ishlatilishi)
1 - d a r s
1-
topshiriq.
Berilgan savollarga javob bering va suhbatlashing.
1. Komil inson, ma’naviy barkamollikni qanday tushunasiz?
2. Kimlarni go‘zal fazilatli inson deyish mumkin?
3. Siz o‘zingizda qanday yaxshi va yomon xislatlar bor deb 
o‘ylaysiz?
4. Xalqimizga xos qanday fazilatlarni bilasiz?
2-
topshiriq.
Matnni o‘qing va matn yuzasidan berilgan topshiriqlar-
ni bajaring.
Odob ziynati
Odob – inson ziynati. Bu ziynat insonning axloqiy xislatlarida 
namoyon bo‘ladi.
Kamtarlik – insonning o‘z atrofidagilarga va o‘z-o‘ziga nisbatan 
munosabatda ortiqcha izzat-ikrom, alohida ehtirom talab qilmaydigan 
axloqiy xislat. Kamtar inson boshqalarni hurmat qiladi, izzattalab 
bo‘lmaydi, muvaffaqiyatlaridan kibr-u havoga berilmaydi, maqtan-
choqlik qilmaydi.
Xalqimiz hamisha kamtarlikni ulug‘lab kelishgan, „Kamtarga ka-
mol – manmanga zavol“ maqoli bekorga aytilmagan. Kibr-u havo – 
http://eduportal.uz


90
Bilib oling! 
Lug‘at
kamtarlikning aksi bo‘lib, insonning o‘ziga, o‘z qobiliyatiga ortiqcha 
baho berishi natijasida namoyon bo‘ladi. Ushbu o‘rinda Kaykovusning 
„Qobusnoma“ asarida o‘g‘li Gilonshohga aytgan pand-na sihatlari be-
qiyos ahamiyatga egadir: „Men dunyoda nima hosil qilgan bo‘lsam, 
sening oldingga qo‘ydim, toki o‘zingga bino qo‘ymagaysan, kattalarga 
hurmat, kichiklarga izzat-ikrom ko‘rgizgaysan va insonga nomu 
nosib 
hayvoniy-hirsiy ishlarni qilmagaysan, padaringga la’nat keltirmagaysan“.
inson ziynati 
украшение человека
namoyon bo‘ladi
– проявляется

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling