A rafiyev, G. Muxamedjanova ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
96369 88fa6cab4b00ce50c22a21de984fc32b
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uyga vazifa
Abdurauf Fitrat
(1886 – 1938) Abdurauf Fitrat – XX asr o‘zbek adabiyoti, fani va madaniyatining yirik vakili, qomusiy olim, o‘tkir tilshunos, betakror dramaturg va shoir, jurnalist, davlat va jamoat arbobi. Abdurauf Fitrat 1886-yilda Buxoroda tug‘ilgan. Aytish laricha, uning otasi Abdurahimboy o‘z davri ning ziyoli kishilaridan bo‘lgan. U savdo bilan shug‘ul lan ganligi bois chet ellarga ko‘p chiqar, dunyo ahvolidan boxabar, o‘qimishli va taniqli odam edi. Onasi Mustafbibi ham badiiy zavqi baland, zukko, o‘qimishli ayol bo‘lgan. Abdurauf ilk tahsilni Buxoro maktablarida olganidan so‘ng, mashhur Mir Arab madrasasida o‘qigan. Talabalik yillarida, taxminan 18–19 yoshlarida otasi bilan haj ziyoratiga borgan, qariyb bir yilga yaqin davom etgan bu ziyorat safarida Eron, Turkiya, Suriya va Saudiya Arabistonida bo‘lgan. Avvalo, safar chog‘ida ular shu davlatlarda istiqomat qiluvchi xalqlarning turmush tarzi va madaniyati bilan tanishganlar. Demak, Fitrat fors va o‘zbek tillarini mukammal bilib olgan edi. Ayniqsa, u arab tilini qunt bilan chuqur o‘rgandi. Mustaqillik yillarida Fitratga Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti va „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni berilgan. Uyga vazifa: Shahidlar xiyoboni haqida kichik matn tuzing. http://eduportal.uz 99 3 - d a r s Adabiy o‘qish 4- topshiriq. Matnni o‘qing. O‘z ona tilingizga tarjima qiling. Maz- munini gapirib bering. Is’hoqxon To‘ra Ibrat (1862 – 1937) Ma’rifatparvar shoir, olim, sayyoh, matbaachi va muallim Is’hoqxon To‘ra Ibrat 1862- yili Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on qishlog‘ida ziyoli oilada tavallud topgan. Ibrat 1886- yilda Qo‘qon madrasasini tugatgach, ona qishlog‘i To‘raqo‘rg‘onga qaytadi. O‘z faoliyatini ma’rifat tarqatishga qaratadi. „Usuli qadim“ qabilidagi maktablarni isloh etib, jadid maktablarini ochishga kirishadi. 1887- yilda u Sharq va G‘arb mamlakatlariga safar qilib, Istanbul, Sofiya, Afina, Rim, shuningdek, Qobul, Makka, Kalkutta, Bombey kabi shaharlarda bo‘ladi. Safar davomida arab, fors, hind, urdu, ingliz tillarini mukammal o‘rganadi. Sharq xalqlari tillari qatorida G‘arb xalqlari tillarini ham o‘rganish ishtiyoqida bo‘ladi. Eng muhimi, yozilajak ilmiy asarlari uchun boy material to‘playdi. Ibratning milliy kutubxona, kitobxonlik ishlarining ilk tashkilotchisi va targ‘ibotchisi sifatida ham xizmatlari beqiyosdir. U asos solgan „Kutubxonai Is’hoqiya“ fondi bu jihatdan ancha boy bo‘lib, unda kitob berish va olish ma’lum tartib-qoidaga moslashgan edi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling