A rafiyev, G. Muxamedjanova ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/94
Sana06.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1170397
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   94
Bog'liq
96369 88fa6cab4b00ce50c22a21de984fc32b

sayyoh
турист
matbaachi
– типограф
tahsil
– обучение
nashr etmoq 
– печатать
qadr-qimmati
ценность
jihatdan
– в отношении
moslashgan
– приспособлен
mukammal
– совершенный
ishtiyoqida
– c увлечениeм
Lug‘at
http://eduportal.uz


100
Mustaqil ish
Mavzu yuzasidan topshiriqlar
1. O‘zbek ma’rifatparvarlari haqida so‘zlab bering.
2. O‘zbek tilida kirish so‘zlar qay tarzda ishlatilishiga misol 
keltiring.
3. Menimcha, sizningcha, albatta, shubhasiz, demak, birinchidan, 
ikkinchidan, avvalo, darhaqiqat, ma’lumki, so‘zlari yordamida 
gaplar tuzing.
Uyga vazifa: Kirish so‘zlar ishtirokida „Ma’rifat fidoyilari“ mavzu- 
sida kichik matn tuzing.
O‘ZBEK MUSAVVIRLARI
(Kiritma gap)
1 - d a r s
1-
topshiriq. 
Suhbatni rollarga bo‘lib o‘qing va o‘zingiz davom etti-
ring.
– Bu rasmni qaysi musavvir chizgan?
– Bu rasmni italiyalik rassom Rafael chizgan.
– Hozir bu rasmning asl nusxasi qayerda?
– U Parijdagi LUVR muzeyida turadi.
– Taniqli o‘zbek rassomlaridan kimlarni bilasiz?
– ...
2-
topshiriq.
Matnni o‘qing. O‘z ona tilingizga tarjima qiling. 
Maftunkor bo‘yoqlar
Har bir xalq o‘zi makon tutgan yerni sevadi, ardoq 
laydi, himoya 
qiladi. Shoirlar madh etadi, musavvirlari esa bu yurtning betakror 
manzaralarini bo‘yoqlarga ko‘chiradi. Shimol musavviri uchun bepoyon 
muz kengliklari qanchalik ilhom baxsh etsa, afrikalik rassom uchun 
savannalar shunchalik qadrlidir. Dunyo rassomlik san’ati shu sababli 
ham g‘oyatda boy va rang-barangdir.
http://eduportal.uz


101
Lug‘at
Mustaqillik sharofati tufayli milliy tasviriy san’at taraqqiyotiga 
zamin yaraldi. Bu davrda tasviriy san’atning rangtasvir, haykaltaroshlik, 
grafika turlari, uning ko‘pgina janrlari rassom va haykaltaroshlarning 
erkin ijodiy fao 
liyatlari keng tus oldi.
Jahon tasviriy san’ati xazinasida o‘zbek mo‘yqalam ustalari asarlari 
ham mavjud. Tarixda Leonardo da Vinchi kabi ulug‘lar qatorini buyuk 
Kamoliddin Behzodsiz tasavvur qilib bo‘lmaganidek, bugungi ijodiy 
jarayonni ham o‘zbek rassomlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
O‘zbekiston xalq rassomlari Bahodir Jalolov, Ro‘zi Choriyev, 
O‘rol Tansiqboyev, Alisher Mirzayev, Rahim Ahmedovlarning asarlari 
dunyoga mashhur.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling