95
Bilib oling!
2.
Mehmon kutish, mehmonga borishga oid o‘zbek milliy urf-
odatlarini ketma-ketlikda yozing.
3. Gapning ajratilgan bo‘laklariga ta’rif bering.
Uyga vazifa. Ajratilgan bo‘laklarda tinish belgilarining
ishlatilishini
tushuntiring. Misollar keltiring.
MA’RIFAT FIDOYILARI
(Kirish bo‘laklar)
1 - d a r s
1-
topshiriq.
Suhbatni davom ettiring.
– Malika, ertaga sinfimiz bilan ziyoratga ketyapmiz,
sen ham
borasanmi?
– Albatta, boraman. Ayt-chi, qayerga boramiz?
– Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi Shahidlar xiyoboniga
boramiz.
– ...
So‘zlovchining o‘zi bayon qilgan fikriga
mu nosabatini bildirgan
bo‘lak kirish bo‘lak deyiladi. Kirish bo‘laklar gap bo‘laklariga
bog‘lanmaydi. Kirish bo‘laklar quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
1. Kirish so‘zlar.
2. Kirish birikmalar.
3. Kiritma gaplar.
Kirish bo‘laklar ishonch, gumon, afsus, tasdiq, inkor,
mansubligi, aloqadorligi, ahamiyatliligi darajasi, qo‘
shimcha
axborot yoki izoh kabi ma’nolarni ifo
dalaydi. Kirish bo‘laklar
gapning boshida, o‘rtasida yoki oxirida kelishi mumkin. U
gapning boshida kel
sa, kirish bo‘lakdan keyin, gapning o‘rtasida
kelsa, kirish bo‘lakning har ikki tomoniga, gapning oxirida
kelsa, undan oldin vergul qo‘yiladi. Masalan:
Shubhasiz, Abdulla
http://eduportal.uz