Xazratqulova Umida Ro’zimurodova Zarina Aslonov Shahram


Download 230.24 Kb.
bet1/11
Sana03.11.2023
Hajmi230.24 Kb.
#1741912
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xazratqulova Umida Ro’zimurodova Zarina Aslonov Shahram-fayllar.org


Xazratqulova Umida Ro’zimurodova Zarina Aslonov Shahram

Xazratqulova Umida

Ro’zimurodova Zarina

Aslonov Shahram

SIRLAR VA TASAVVURLAR HAQIDA HIKOYALAR

Muallif :

Edgar Allan Poe

Tarjimonlar:

Xazratqulova Umida Shodmon qizi

Ro’zimurodova Zarina Dusmurod qizi

Aslonov Shahram Sherzodovich
MUNDARIJA

1.Muqaddima …………………………………………………..………………4


2.Uilyam Uilson …………………………………………………..……………7
3.Tilla qo’ng’iz………………………………………………....………………15
4.Usher uyining kuzi …………………………………………………………..28
5.Qizil o'lim ……………………………………………………………………36
6.Amontilladoning barreli…………………………………………………...…40
7. Girdob ……………………………………………………………………….45
10.Shaxta va mayatnik………………………………………..…………….…54
11.Metzengershteyn………………………………………..………………….74
12.Rue Morgidagi qotillikla……………………………………………………79


Muqaddima

"Sen yutding va men yutqazdim. Ammo, bundan buyon sen ham o'lgansan ... Sen menda yashading - va bu tana senga tegishli. Mening o'limim tufayli o'zingning qanchalik mukammal qotilinga aylanganingga qara."
Edgar Allan Poening kichik hikoyalari ko'pincha g'alati, vahshiy va juda xayoliy. Ularning ko'pchiligi insoniyatning yomon tarafini nihoyatda batafsil tasvirlaydi. Uning davrida, Poe asl yozuvchi bo'lgan. Uning hikoyalari, o'zining bezovta hayollari tubidan to'g'ridan to'g'ri paydo bo'ladigan terror dunyosi haqida so'zlaydi.
Poe Angliyada, maktabda o'qib yurgan paytida "Uilyam Uilson" (1839) yozgan. Bu bir yigit xarakterining yaxshi va yomon tomonlari o'rtasidagi kurashi haqidagi tashvishli hikoya.
"Tilla qo'ng'iz" (1843) - yaratilishining dastlabki yillarida 300.000 dan ortiq nusxasi sotilgan, Poening eng mashhur hikoyalaridan biri hisoblanadi. Bu hikoya qanchalar aniq fikrlash, biz adarhol tushuna olmagan narsalarimizni ahamiyatli qila olishini ko'rsatadi. Bunday holda, aniq fikrlash behisob xazina kashf qilishga undaydi.
Yana bir g'alati va juda qo'rqinchli hikoya – “Usher uyining kuzi” (1839). Hikoya qahramoni Roderik Usher ko'pincha Poening o'zi bilan solishtiriladi; ikkalasi ham o'limdan doimiy qo'rquvda yashar edi va odamlar bilan muloqot qilmas edi.
O'lim g'alaba qozonishini da'vo qiladigan yana ikkita hayratlanarli voqea "Qizil o'lim" (1842) va "Amontilladoning barreli" (1846).
"Girdob" (1841) - sarguzasht hikoya bo'lib, Norvegiya sohillarida yozilgan. Hikoya bosh qahramoni dahshatli qo'rquvni boshidan o'tkazadi va turli ertaklar aytib kun kechiradi.
"Shaxta va mayatnik" (1843) hikoyasida odamlarning bir-biriga nisbatan shafqatsizligi dahshatli tarzda tasvirlanadi va o'lim bo'sag'asida umidsizlik va qo'rquv sinaladi.
"Metzengershtein" - Poning dastlabki ertaklaridan biri bo'lib, ushbu yovuzlik kuchi haqidagi hikoya Vengriyada yaratilgan.
"O'g'irlangan xat" va "Rue morgidagi qotilliklar" (1841) - bu sirli hikoyalar S. August Dyupinga bag'ishlanadi (u - keyinchalik Konan Dyupinning Sherlok Xolmas kabi ajoyib fantastik personajlari yaratilgan shaxs).

Amerikalik shoir va kichik hikoyalar yozuvchisi Edgar Allan Poe 1809 - yilda Bostonda tug'ilgan. U aktyor ota-onasini zo'rg'a eslay olar edi; otasi Edgar go'dakligida oilasini tashlab ketgan, onasi Edgar uch yoshga to'lmasdan oldin vafot etgan. Jon Allan va uning rafiqasi Frensis yosh bolani uyiga olib kelib, uni o'z bolasidek tarbiyalagan


1815-1820 - yillarda u Shotlandiya va Angliyada yashadi, u yerda, London yaqinidagi xususiy maktabda yaxshi ta'lim oldi. Amerikaga qaytib, 1826 - yilda Viginia Universititida til o'rganishni boshladi. U juda qobiliyatli talaba edi, ammo John Allan unga yashash uchun hech qachon yetarlicha pul bermas edi. Poe o'ziga kerakli kitoblar va kiyimlar sotib olish maqsadida pul uchun qarta o'ynashni boshladi, lekin u ko'p shunaqangi ko'p narsa yo'qotdiki, hatto bir necha oydan so'ng universitetni tark etishga majbur qilishdi.
Poe Jon Allanning xohishiga qarshi chiqib professional yozuvchi bo'lishga qaror qildi va ikkalasi janjallashishdi. U uyidan chiqib ketdi va Bostonga borib, harbiy xizmatga ketdi. 1829 yilda u armiyani tashlab, xolasi Mariya Klemm va uning qizi Virjiniya bilan birga ko'chib ketdi. Jon Allan 1834-yilda vafot etdi, u o'g'li kabi qabul qilgan odamga hech narsa qoldirmadi.
Hayotda o'z yo'lini topishga majbur bo'lgan Poe "Southern Literary Messanger" deb nomlangan gazeta bilan ishlashga muvaffaq bo'ldi. Bir yildan so'ng u o'n uch yoshda bo'lgan Virjiniyaga uylandi.
U qattiq ichishni boshlagan va ichkilikbozlik bilan bog'liq muammolarbutun umri davomida qolgan u bilan qolgan. U ishini tashlab, Nyu-Yorkga ketdi. U o'sha yerda va Filadafiyada turli xil gazetalarda ishladi, uni mashhur qilgan kichik hikoyalar yozdi va sotdi.
Muvaffaqiyatiga qaramay, u har doim ham yozgan asarlari uchun ko'p pul olmadi va uning oilasi ko'pincha och qolar edi.
Virjiniya besh yil davom etganidan jiddiy kasallik kun sayin rivojlanib, 1847-yilda vafot etgan.
1849-yilda Poe Shelton xonimni uchratdi va ular turmush qurishga ahd qilishdi.
U ichishni kamaytirdi va bir muncha vaqt ichida uning muammolari o'z nihoyasiga yetayotgandek tuyuldi. Ammo to'y bo'lmadi, u yana ichishni boshladi va uning puli yo'q edi. O'sha yilning oktyabr oyida olamdan ko'z yumdi.
Poening dastlabki ikki she'riy kitoblari 1827- va 1829- yillarda chop etildi. Bular unchalik muvaffaqiyatli bo'lmadi va u jurnallar uchun kichik hikoyalar yozishni boshladi. Ulardan birinchisi 1840 - yilda "Grotesk va Arabesk ertaklari" nomi bilan chop etildi. Yillar o'tib, Poe hikoya yozuvchisi sifatida tanildi, va 1843 - 1845 yillar oralig'ida ko'plab hikoyalari dunyo yuzini ko'rdi. Shuningdek, u she'r yozishni davom ettirdi va 1845 - yilda "Qarg'a va boshqa she'rlar" nomi bilan chiqdi. O'sha davrda Amerika adabiyotidagi eng mashhur she'rlardan biri bo'lib ulgurgan "Qarg'a" yoxud yo'qolgan muhabbat faryodi Poeni dunyoga tanitdi.
Poe asari badiiy, sir va jinoyatchilik haqidagi hikoyalari o'z ichiga oladi. Hikoyalarning ko'pchiligi o'zining baxtsiz hayotidagi qo'rquv va qayg'u hissiyotlariga asoslanadi. Ushbu to'plamdagi hikoyalar uning asarlari orasidagi eng yaxshi namunalardan hisoblanadi.



Download 230.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling