Xazratqulova Umida Ro’zimurodova Zarina Aslonov Shahram


Download 230.24 Kb.
bet2/11
Sana03.11.2023
Hajmi230.24 Kb.
#1741912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xazratqulova Umida Ro’zimurodova Zarina Aslonov Shahram-fayllar.org

Uilyam Uilson
Hozir isimni aytishga ijozat bering, Uilyam Uilson. Butun dunyoda tanilgan va nafratlanadigan haqiqiy ismimni sizga aytishdan uyalaman. Baxtsiz hayotim tufayli men endi sevgi va boshqalarning hurmatidan zavqlanmayman; menda oddiy insoniy umid va farazlar yo'q.
Men hayotimning keyingi baxtsizlik va kechirilmaydigan jinoyatga to'la yillarini to'laligicha tasvirlamayman. Men bir vaqtlar yomon niyatga tasodifiy moyillikdan azob chekardim, yaxshilikka bo'lgan xohish kutilmaganda meni tark etayotgandek tuyulardi. Odatda erkaklar yomonlik bilan o'sadilar, ammo men to'g'ridan-to'g'ri oddiy insofsizlikdan eng qora jinoyatga o'tdim.
Men, bu daxshatli holatni keltirib chiqargan, bitta tasodifiy voqeani tasvirlab bermoqchiman. O'lim soyasi hozir mening tepamda va bu mening ruhimni yumshatdi. Menga hamdardlik, balki boshqa odamlarning achinishiga muhtojman. Ular mening hikoyamda aybimni kamaytiradigan boror narsa izlashlarini istayman. Umid qilamanki, ular ilgari hech kim hech qachon men kabi vasvasaga tushmaganiga guvoh. Shu narsa ham aniqki, hech kim hech qachon men kabi aldanmagan. Ayni paytda men yovvoyi va dahshatli tajriba ta'siridan kun sayin quriyapman.
Mening oilam har doim kuchli tasavvur tuyg'ularini nazorat qila olmaydigan, ko'pincha zo'ravon xarakter egalarini tarbiyalagan, men ham bundan mustasno emasman. Ulag'ayishim bilan gunohlarim ortib bordi, va bu do'stlarim uchun jiddiy tashvish va o'zimga katta zarar yetkazdi. Ota-onam hayot yo'limni ozgina bo'lsada o'zgartirishlari mumkin edi, chunki ular ham kamchiligi shunda edi va mening ovozim, aytgan so'zim uyda qonunga aylandi. Yosh bola bo'lishimga qaramay, ko'nglim tusagan ishni qilishga qodir edim.
Maktab hayotidagi eng dastlabki xotiralarim ingliz qishlog'idagi katta eski uy bilan bog'liq. Men o'n yoshga to'lganimdan boshlab ushbu maktabda besh yildan beri o'quvchi edim. Bu o'sha paytda va o'sha joyda dahshatli kelajagimning ilk noaniq ogohlantirishini boshdan kechirdim. Bolaning to'laqonli va faol ongini qiziqtirish uchun tashqi manfaatlarga ehtiyoj yo'q; menga maktab davrim zavq yoki jinoyatdan ko'ra ko'proq haqiqiy hayajon bera olgan.
Tez orada xarakterimning g'ayrioddiy jihatlari maktabdoshlarim orasidan menga yetakchilik pozitsiyasini berdi. Mening yoshimdagi barcha o'g'il bollarga- bittasidan tashqari- o'z ta'sirimni o'tkaza oldim. O'sha bola bilan meni bog'lab turuvchi hech qanday qarindoshlik rishtasi yo'q, ammo ismimiz va hatto familiyamiz ham bir xil edi. Bu unchalik g'alati emas, chunki mening ismim ko'p uchraydigan xilidan. Bu hikoyada o'zimni Uilyam Uilson deb atadim, haqiqiy ismimdan unchalik ham farq qilmaydi.
Adashim maydonda sport va janjal bo'yicha menga qarshi chiqa oladigan sinfda yagona bola edi. Yolg'iz u mening fikrlarimni qabul qilishdan va buyruqlarimga itoat etishdan bosh tortardi; va u har qanday fursatda mening rejalarimning yo'lini bilardi.
Uilsonning qarshiligi meni juda bezovta qildi. Garchi buni hammaga ko'rsatmaslikka o'rinsamda, men undan qo'rqqanimni yashirincha his qilardim. U meni yengishidan qutulish uchun qilgan tinimsiz kurashim u mendan yaxshiroq ekanligini isbotladi deb o'ylamaslikka urinardim. Ammo sheriklarimizning hech qaysisi buni bilmadi, hech kim hatto Uilson bilan men bir birimizga raqib ekanligimizni taxmin ham qilmagan. Bilaman, u kurashimizni faqat ikkalamiz o'rtamizda qolishini istagan. U menga yetib olishga yo'naltirilgan rejalari yoki iroda kuchini bo'lishmas edi; unga o'zi uchun hech qanaqa kuch kerak emas edi. Uning yagona maqsadi go'yo meni g'azablantiradigan va muvaffaqiyatimni buzadiganga o'xshardi. Shunaqa kunlar ham bo'ldiki, u menga hamdardlik bildirganini payqamagandek tutardim o'zimni, chunki u menga achinayotganini anglatardi.
Uilson bilan men bir vaqtda maktabni boshlaganimiz shunchaki tasodif edi, va aytganimdek, u mening oilam bilan hech qanday bog'liq emas. Ammo tasodifan eshitganimda hayron bo'ldim, maktabni tugatgandan so'ng, u 1813 yil 19 yanvarda tug'ilgan - aynan mening tug'ilgan kunim bilan bir kunda.
Garchi men Uilson haqida doimo tashvishlanayotgan bo'lsam ham, aslida undan nafratlanmas edim. Shunisi haqiqatki, deyarli har kuni biz ommaviy janjal chiqardik, va uni mag'lub qilishimga imkon bergan bir vaqtda menga u g'alabaga loyiq ekanligini his qilishga undar edi. Ammo biz hech qachon haqiqiy do'st bo'lmaganimizga qaramay, biz hech qachon ashaddiy dushmanlar emas edik. O'zimni u haqida qanday his qilganimni tasvirlash men uchun oson emas: u menga yoqmas edi, undan qo'rqardim, uni hurmat qilardim. Ammo, u meni ko'proq qiziqtirardi.
Tez orada men Uilsonga hujum qilishning eng yaxshi usuli-uni masxara qilish ekanligini angladim. Ammo uni masxara qilish oson emas edi. Aslida, men undan oldinda turish uchun uning bir kamchiligidan foydalanishga majbur bo'ldim. Bu zaiflik uning ovozi edi. Ba'zi sabablarga ko'ra -balki tomoq og'rig'i - u ovozini ko'tarolmasdi, har qanday vaqtda juda past pichirlashdan yuqori tonda gapirar edi. Men rahm qilmadim, bu baxtsiz holatidan kulishdan qo'rqaman.
Uilson qasosni turli yo'l bilan oldi; va u meni aytishim mumkin bo'lganidan ham ko'p xafa qildi. Uning odatlaridan biri meni har bir tafsilotga nusxalash edi, va u buni a'lo darajada bajardi. Unga kiyinish uslubimdek kiyinish oson edi. U tez orada mening harakatlarim va fe'l atvorimni nusxalashga muvaffaq bo'ldi. Nutqidagi zaiflikka qaramay, u hatto ovozimni o'xshata olardi. U mening balandroq tovushlarimni chiqara olmadi albatta, lekin eng asosiysi- bu meniki edi. Bir muncha vaqt o'tgach, uning g'alati pichirlash o'z ovozimning mukammal modeliga aylandi. Bularning barchasini yutug'i shundaki, ikki aka - uka kabi tashqi ko'rinishimiz va o'lchamimiz ham bir xil edi.
Men uchun bu holatdagi yagona tasalli - hech kim buni sezmagandek tuyulardi. Yolg'iz Uilson meni ustimdan kulardi. Men javob berolmagan savol - Nega butun maktab uning rejasini sezmadi, uning amalga oshirilayotganiga e'tibor bermadi va kulgiga qo'shildi. Ehtimol omad, uning o'zlashtitib olish qobiliyatining mukammalligi tan olishni qiyinlashtirdi.
Uilsonning yana bir odati meni g'azablantirdi. U menga maslahat berishni sevardi. Men uning maslahatiga go'yo judayam muhtojdek ko'rinadigan tarzda berardi. Menga bu umuman yoqmadi va men tinglashni rad etdim. Ammo shuni tan olishim kerakki, uning hech bir taklifi yanglishmagan yoki aqlsiz edi. Uning axloqiy tuyg'usi menikidan ancha kuchli edi. Agar men uni yo'l boshchim sifatida qabul qilganimda, yaxshiroq va baxtliroq inson bo'lardim.
Shunday qilib, men uning yoqimsiz aralashishlarini kundan kun yomon ko'rib borardim. Men undan shunaqangi nafratlana boshladim, ammo bu maktab oxirigacha bo'lmagan. Taxminan shu vaqtda, men u bilan g'alati tajribani boshdan kechirdim. Bizda yana ko'p narsa bor edi; odatdagidek shafqatsiz janjal va u meni ko'rishni kutmagan paytda u juda ochiq tarzda gapirar va harakatatlarimni takrorlar edi. Boshida uning ovozi, fe'l-atvori va tashqi qiyofasidagi bir narsa meni hayratda qoldirdi, keyin meni qiziqtirib qo'ydi. Menga uni - yaqin o'tmishda, ehtimol oldingi hayotimda juda ham yaxshi taniydigandek tuyulardi. Tuyg'u (bu, hayolga qaraganda hissiyot ko'proq edi) u paydo bo'lgan zahoti g'oyib bo'ldi; va men hozir buni aytib o'taman, chunki bu maktabda u bilan oxirgi marta gaplashishim edi.
Bir kuni kechqurun, maktabni tark etishimdan oldin, men unga yana bir marta hazil qilishga qaror qildim. Hamma uxlab yotganda, men o'rnimdan turdib, chiroq ko'tarib, Uilsonning xonasiga bordim. Krovati atrofidagi pardani ochib uning uxlayotganini ko'rdim. Qaradim - qaragan zahotim vujudimga muzdek sovuqlik tushdi. Oyoq va qo'llarim qaltirar, boshimdan qon chiqib ketayotgandek tuyuldi va qo'rquvdan ko'nglim aynidi. Chuqur nafas olib, chiroqni uning yuziga yaqinroq olib bordim. Uilyam Uilsonning qiyofasi shunday edimi? Ha, bu uning qiyofasi, lekin ko'rgan narsamdan titrab ketdim. Uyg'oq bo'lganida bunday ko'rinmas edi. Xuddi shu ism! Xuddi shu tashqi ko'rinishi! Xuddi shu kuni maktabga kelishi! Mening yurishim, ovozim, uslubim va odatlarimni aniq va ma'nosiz nusxalashini o'yladim. Bu men ko'rganimdek Uilsonning yuzi bo'lishi mumkinmi? Ehtimol, mening harakatlarimni o'zlashtirib olishda uning ehtiyotkorlik bilan ish tutishining natijasidir? Titrab aniq bir fikrga kela olmay, chiroqni qo'yib xonadan chiqib ketdim. Tong otguncha maktabni tark etdim va boshqa u yerga qaytib bormadim.
Bir necha oydan so'ng, men Eton (mashhur ingliz xususiy maktabi) ga bordim. Voqeaning bu o'zgarishi men boshqa maktabni unutishimga sabab bo'ldi va adashim haqida umuman o'ylamadim. Men juda dangasa va maqsadsiz hayot kechirdim, deyarli o'qimadim ham. Men yovuzlikning ildizlari mustahkam bo'lib borgan, o'sha behuda o'tgan uch yilni tasvirlamoqchi emasman. Mening hikoyam shu davr so'ngigacha davom etadi. Bir kuni kechqurun, bir hafta ichkilikbozlikdan so'ng men o'zimning shunchaki tanish bo'lgan kichik bir guruh do'stlarimni uyimdagi kichik ziyofatga taklif qildim. Sharob bemalol oqar edi, ammo bundan ham yoqimli va xavfli, diqqatga sazovor joylar bor edi. Sharqdan allaqachon kunning yorug' nurlari ko'ringan bir paytda xona tashqarisidan xizmatkorning ovozi eshitildi. Uning aytishiga qaraganda shoshilib kelgan bir odam men bilan zalda gaplashmoqchi ekan.
Tashqariga, qorong'uga chiqishim bilan, bo'yi deyarli men tengi keladigan obrazni ko'rdim. U huddi menikidek oq palto kiyib olgan edi. U men tomon otilib kelib, qo'limdan tutdi va boshimga engashdi. "Uilyam Uilson!" deb past ovozda qulog'imga pichirlagan ovozni eshitdim. U meni o'limdan ogohlantirayotgandek barmog'ini ko'tarib, ashaddiy silkitdi. Uning bu harakati xayolimga minglab xotiralarni olib keldi - xotiralar hayolimni elektro shok bilan urushdi va bir lahzadan so'ng u g'oyib bo'ldi.
Ushbu voqeadan keyin bir necha hafta davomida, ko'p so'rovlarni boshimdan o'tkazdim. Bu kutilmagan mehmonim mening adashim ekanligini bilardim, albatta. Ammo bu Uilson kim edi? - va qayerdan keldi? - mendan nima xohlardi? Lekin u haqida ahamiyatli hech narsa bila olmadim. Men faqatgina, uning oilasidagi tasodifiy baxtsiz hodisa tufayli o'sha maktabni huddi o'sha men ketgan kunda tark etganini bildim.
Oz fursatdan so'ng Oksfordga universitetga topshirish uchun bordim. Bu yerda ota-onamning ahmoqona sahiyligi menga bekorchilik hayotini davom etishimga imkon berdi. Va men Oksfordda g'irromlikning yomon hilqatini o'rgandim; bu esa jentlmenlik holatidan qanchalik uzoqlashganimni ko'rsatardi. Aslida, bu huquqbuzarlikning jiddiyligi menda uni amalga oshirishga imkon beradi. Baxtli va sahiy Uilyam Uilson bo'lganim uchun ham do'stlarimning barchasi, meni bunday xatti-harakatlaridan gumon qilgandan ko'ra, aniq dalillariga shubha qilishlari kerak edi.
Yillar davomida men qartada g'irromlik qilish borasida omadim keldi, shu paytda universitetga Glendinning ismli boy va yosh yigit keldi. Uning zaif tomoni menga maqsadlarim uchun qo'l keladigan bo'lib tuyuldi. Men ko'pincha u bilan o'ynab, bir ikki unga ataylab yutqizib berardim. Shu yo'l bilan u mening tuzog'imga tushdi. Nihoyat, mening rejalarim tayyor. Men uni o'yinda g'irromlik qilishimdan umuman bexabar bir do'stim xonasida uchratdim. U yerda 8 yoki 10 ga yaqin yosh yigitlar bor edi. Men ehtiyotkorlik Glendinning o'zi karta o'ynashni taklif qilishi uchun suhbatni yo'naltirdim. O'yin uzoq davom etdi, va oxirida qolganlar bizga atrofdan qarab turgan paytda men va Glendinning stol atrofida yolg'iz turgandik. Ko'p ichib yuborgan Glendinning qisqa vaqt ichida, mendan ko'p pul qarz oldi. Bir soat o'tmasdan uning qarzi to'rt barobar oshdi. Glendinning hisobidan bunaqa yo'qotish, uni shunchalik oqartirib yuborganiga ishona olmadim; u huddi murda kabi oqarib ketti. Uning oilasi Angliyadagi eng boy oilalardan deb eshitgandim. Unga vino ta'sir qilgan bo'lsa kerak deb o'yladim. Do‘stlarimizning ba‘zi mulohazalari va Glendinning umidlari faryodi meni hayratga soldi, men o‘yinni to‘xtatishimiz kerakligini aytmoqchi bo‘ldim. Uning hayotdagi yomon o‘rniga achinadiganlar borligini va uning ko‘nglini butunlay vayron qilganimni o‘shanda angladim.
Xonada sukunat hukm surdi va ularning ba‘zilari menga g‘azab bilan qarab turishardi. Yuzim yonayotgandek edi, agar to‘satdan nimadir aralashmaganida nima qilgan bo‘lardim, bilmayman. Xonaning eshigi "gurs" etib ochildi va shiddatli shamol chiroqlarni o‘chirib yubordi. Ularning nurlari o‘chishi bilanoq, begona kishi kirgani va u bizning oldimizda turganini ko‘rsatdi. Shundan so‘ng biz o‘sha odamning ovozini eshitdik.
"Janoblar", - dedi past, tiniq va hech qachon unutib bo‘lmas ohangda, - "xalaqit berganim uchun uzr, lekin bu burch. Lord Glendinningdan tunda katta miqdorda pul yutib olgan odamning haqiqiy xarakterini bilmaysiz. Uning paltosini ichini tekshirib ko‘rishingizni maslahat beraman." Shundan so‘ng, u qanday tezlikda kirib kelgan bo‘lsa, xonani shunday tezlikda tark etdi. Aybdorlik "hissi" haqiqatdan ming marta yomonligini qanday tushunturay? Ammo o‘ylashga oz fursat qoldi. Ko‘p qo‘llar meni bo‘g‘di, chiroqlar o‘chdi. Qidiruv davom etdi. Biz o‘ynagan, o‘yin uchun muhim bo‘lgan barcha rasmli kartalar paltoyimning ichki, katta cho‘ntagidan topildi. Bir qancha kartalar to‘plami, menga qulaylik berishi uchun ehtiyotkorlik bilan tartiblangan, boshqa ichki cho‘ntakdan topildi.
Do‘stlarim buni jim, ishonchsizlik bilan qabul qilishdi. Ularning sukunati meni qahr - g‘azab ko‘tarilgandan ham ko‘proq bezovta qildi.
"Janob Uilson," - dedi nihoyat mezbonimiz, - "kartadagi mahoratingiz haqida yetarlicha bildik. Umid qilamanki, Oksfordni tark etasiz. Har qanday holatda, meni xonamni zudlik bilan tark eting."
Keyingi kun, tongda uyatning ayanchli og‘rig‘ini boshdan o‘tkazib, Parij safariga otlandim.
Ammo qochib keta olmadim. Parijda Uilson yana munosabatlarimga aralashdi. Yillar o‘tib, hali ham uni yo‘qotmadim. Rimda - katta muvaffaqiyatimda - u yana yordam berdi! Venada, Moskvada ham! Yana qochdim; yana ergashdi; dunyoning oxirgi nuqtasigacha bordim, ammo qochib qutula olmadim.
Har safar, Uilson mening harakatlarimni o‘zlashtirib olganida, u buni bitta niyat bilan: jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo'lgan biron bir rejani oldini olish uchun qilgan. Buni bilish menga tasalli bermadi. Mening tabiiy harakatlar erkinligim yo'qolganidan faqat g'azabni his qildim. U ko'p yillar davomida mening libosimni nusxalashda davom etgan. Ammo men maktabda bo'lganimizdan beri uning yuzini ko'rmaganman. U kim bo'lishi, nima bo'lishidan qat'iy nazar, uning yuzini yashirish menga eng katta ahmoqlikdek tuyuldi. U men uchun har doim maktab davrimdan beri nafratlangan adash, sherik va raqib Uilyam Uilson bo‘lib kelganini tushuna olmadi. Ammo hikoyamning oxiriga shoshilay.
Bu paytda men ichkilikka berilib ketdim; vijdonimga sharobning ta'siri, mening adashim bilan bog'liq barcha sabrimni yo'qotdi. Men 18.. - yilda Rimda bo‘ldim va ko‘p azob chekmaslikka qaror qildim. Bir kuni kechasi, yaxshi bir oilaning boy odami uyida bo‘lgan raqs kechasiga qatnashdim. U yosh, baxtiyor va maftunkor ayolga uylangan o‘z yoshining oliyjanobi edi. Men xonim bilan bog‘da ko‘rishishga kelishib oldim; rejamning uyatli maqsadini sizga ayta olmayman. U yerga shoshayotganimda og‘ir qo‘llar yelkamdam tutganini sezdim va mashinamdan past, o‘sha, bir umr esda qolarli pichirlashni eshitdim.
U tomonga g‘azab bilan o‘girilib, yoqasidan tutdim. U, huddi men kutgandek - men kiyingandek kiyinib olgan, va ikkalamizda ham qilich bor edi. Uning yuzi qora matoli maska bilan butunlay qoplangan.
"Shayton!" - deb baqirdim, - "menga ortiq azob yetkaza olmaysan! Qilichingni ko‘rsat!"
U bir daqiqa jim turib, sekin - asta o‘zini himoya qilishga tayyorlandi.
Bu tezda tugadi. Men har qanday hayajondan yiroq edim. Men o‘zimni huddi harbiy xizmatda kurashayotgandik his qildim. Bir necha soniya ichida u mening shafqatimda bo‘ldi, va men uning ko‘kragiga qilichni qayta va qayta so‘qdim.
Shu onda orqadan qadam tovushi eshitilgandek tuyuldi. Atrofga qaradim, ammo u yerda hech kim yo‘q edi. So‘ng o‘layotgan dushmanimga o‘girildim. Men unga qaraganimda, meni to‘ldirib turgan qo‘rquvni oddiy tilda tasvirlay olmayman. U juda oqarib ketgan, kiyimlari qonga belangandi. Bu narsalarga qaramay, uning yuzidagi har bir belgi va chiziq, kiyimining har bir ipi huddi o'zimdagi eng kichik detalgacha unda ko'ra oldim.
U Uilson edi, ammo u pichirlash ohangida uzoq gapirmadi. U: - "Sen yutding va men yutqazdim. Ammo, bundan buyon sen ham o'lgansan ...Sen menda yashading - va bu tana senga tegishli. Mening o'limim tufayli o'zingning qanchalik mukammal qotilinga aylanganingga qara." - deganida, men o‘zimga o‘zim gapirayotganimni tasavvur qilishim mumkin edi.


Download 230.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling