102
Bilib oling!
ardoqlamoq
–
беречь
madh
– хвала
betakror manzara
– неповтoримый пейзаж
tasviriy san’at
– изобразительное искусство
So‘zlovchining o‘zi bayon qilgan fikrga qo‘shimcha mulo-
hazasini
bildirgan gap kiritma gap deyiladi. Kiritma gap asosiy
fikrni to‘l
dirish, izohlash uchun ishlatiladi. Kiritma gap yig‘iq
gap bo‘lsa, vergul bilan ajratiladi, agar yoyiq bo‘lsa,
tire yoki
qavs bilan ajratiladi.
Masalan:
Bu, Salim aytmoqchi, ularning asosiy maqsadi
bo‘lgan.
Biz (bu safar menga Maktuba xola hamroh bo‘ldi) qishloqqa
kechqurun, qosh qorayganda kirib bordik.
1-
mashq.
O‘qing. Kiritma gaplarni aniqlab, namu
nadagidek to‘liq
tahlil qiling.
Namuna: Onasi aytmoqchi – yig‘iq kiritma gap, gap boshida kelib,
vergul bilan ajratilgan.
1. Onasi aytmoqchi, unga ko‘ngil qo‘ygani rost bo‘lsa-ya? (J.
A.)
2. „Domlajon (u meni domlajon derdi), yana institutga qaytdim“, –
deb kirib kelishini kutardim. (T. Malik) 3. Yozda qishloqqa borganlarida
kamina (u mahalda men o‘n uch-o‘n to‘rt yashar bola edim)
ularga
pochtachilik qilardim (O.
Y.) 4. O‘tirishi bilan bir necha kishi –
Otaqo‘zi buni kuzatib o‘tirardi – sekin uning qo‘lini qisib, tabriklab
qo‘yishdi.
2-
mashq.
Caplarni o‘qing. Kiritma gaplarni topib yozing.
1. U viloyatdan xat olib kelib – bu xatga viloyatning qishloq
xo‘jaligi bo‘yicha rahbari Begmurod Xolmurodov imzo chekkan edi –
tumanga tegishli qurilish materiallari hisobidan katta bir qismini
o‘marib ketgan edi. (O. Y.) 2. Uning egnida qadimona tikilgan keng,
uzun shohi ko‘ylak (qutli kunda, „burma ko‘ylak“
kiyishni onasi man
etgan), boshida baytlar yozilgan katta „sanama“ ro‘mol. (O.) 3. Kecha
http://eduportal.uz
103
Bilib oling!
kampirning qirqidan keyin – bu orada Otaqo‘zi tog‘asini shahardan
bus-butun ko‘chirib ham keldi – Normurod
Shomurodov qabristonga
yana chiqdi. (O.Y.)
Do'stlaringiz bilan baham: