Diniy matnlarda qo‘llaniladigan undalmalar hayitova Nazokat Jumayevna
Download 220.79 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqHayitova Nazokat Jumayevna
DINIY MATNLARDA QO‘LLANILADIGAN UNDALMALAR Hayitova Nazokat Jumayevna TerDu, II kurs magistranti Undalma – soʻzlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmet deb tasavvur qilingan hodisani bildiradigan soʻz yoki soʻz birikmasi. Undalma, kirishlar yoki kiritmalar kabi, gapni kengaytiradi, ammo uni ng boʻlaklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi, yozuvda vergul yoki undov belgisi bilan ajratiladi. Undalma Gap boshida ham, oʻrtasida ham va oxirida ham kelishi mumkin. Qiyoslang: Uka, bu ishlaring menga yoqmayapti; Bu ishlaring , uka, menga yoqmayapti ; Bu ishlaring menga yoqmayapti, uka. Bolalar! Koʻchada ehtiyot boʻlinglar. Gap boshida undalma maxsus intonatsiya bilan aytiladi va baʼzan vokativ gap vazifasini bajaradi. Undalma, kirish, kiritma kabi, fikr bayonida muhim oʻrin tutadi. Shuning uchun ularni gapning uchinchi darajali boʻlaklari sifatida qarash ham mavjud. Diniy matnlar ta’sirchanligi nuqtai nazaridan ham boshqa nutq usulblaridan farq qiladi. Diniy matnlar yuqori saviya va bilimga ega vazxonlar va imomlar tomonidan yaratiladi. Diy matnlarnin g ko‘chasi uchun asos muqaddas kitobimiz “Quronu Karim” hisoblanadi. Barchamiz ma’lumki islom dini halimlik ya’ni muloyimlikni da’vat etadi. Diniy matnlar ta’sir kuchini oshirishda leksik birliklar qanchalik ahamiyatli bo‘lsa undalmalar ham shunchalik ahamiyatli hisoblanadi. Diniy matnlar Alloh, Payg’ambarlar yoki insonlarga murojat yordamida ifodalanadi. Ey Xudo, Yo rab, Ey Allohim kabi undalmalar Allohga murojat qilinganda ishlatiladi. O‘zbek tilshunosligida undalmalar asosan badii matnlar nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Undalma – soʻzlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmet deb tasavvur qilingan hodisani bildiradigan soʻz yoki soʻz birikmasi hisoblanadi. Diniy matnlardagi qo‘llaniladigan undalmalarni quyidagi misollar yordamidan ko‘rib chiqamiz: “Un kunda zolim ikki qo‘lini tishlab “Ey Alloh Payg’ambar ila yo‘lni tutganimda edi” der” 1 . “Ey Allohim!!! Koshi falonchi (kofir, fosiq, xaromxo‘r, aroqxo‘rlar) ni do‘st tutmasam edi” 2 . Ushbu misollarimizdagi undalmalarimizda kuchli iztirob, achinish ma’nolari aks etgan. Diniy matnlarni tahlil qilish jarayonida shuni aytishimiz mumkinki ushbu matnlarda qo‘llanadigan undalmalar so‘zlashuv uslubida ham faol qo‘llaniladi. 1 «Furqon surasi” – 27- oyat 2 «Furqon surasi” – 28- oyat Diniy matnlarda undalmalar asosan duolarda, oyat sharhlarida uchratish mumkin. Duo matnlarida undalmalar Allohga murojat shaklida uchraydi. Birinchi duoda Allohga murojat tarzzda uchraydigan undalmalar quyidagilar Yo Razzoq, Yo Qoniy, Yo G’ofur, Yo Aliy tarzida ishlatilishiga guvoh bo‘ldik. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ro‘za oylarida qilgan duolarida ham undalmalarning ishlatilishiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak ushbu duoda undalmalarning takro r holatda qo‘llanilishiga guvoh bo‘lishim mumkin. Yuqorida aytib o‘tganimizdek duolarda undalmalar Allohga murojat tarzida ifodalanadi. Duoda Ey Marhamatli Robbim, Robbim Allohim singari undalmalarni bir necha o‘rinlarda takror qo‘llanilganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Yuqorilardan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, duolardagi undovlar yolg’iz yaratganga murojaat tarzida bo‘ladi. Bunday misollarni diniy matnlarda yuzlab uchratishimiz mumkin. Diniy matnlarda Allohdan keyingi murojaatlar Payg’ambarlarimizga qaratiladi. Masalan, Ey Nuh, Ey Ibrohim, Ey Muso, Ey Horun, Ey Soliy deya Payg’ambarlarimizga murojaat qilamiz. So‘ngi Payg’ambarimizga Ey Muhammad deb murojaat qilinmagan. Muhammad Payg’ambarimizga oyatlarda Ey Rasul, Ey Nabiy deb murojaat qilingan. Dinimizda yuksak ehtiromga sazovor kishiga ismi bilan emas, balki uning unvoni, darajasi, mavqeyi bilan murojaat qilinadi. Quroni Karimda buyruq maylida kelgan barcha hukm oyatlari bevosita Rosululloh Sallallohu alayhi Vasallamga murojaatdir 3 . Alloh taolo Quroni Karimda so‘ngi ummatga 90 o‘rinda “Ey Iymon keltirganlar” deb murojaat qilganlar. Oyatlarda keltirilgan undalmalarga quyidagi misollar yordamida to‘htalib o‘tamiz. Ular: «Robbimiz, albatta, biz iymon keltirdik, bizning gunohlarimizni mag‘firat qilgin va do‘zax azobidan saqlagin», deydiganlardir 4 . Ey Robbim, meni va zurriyotlarimni namozni to‘kis ado etadiganlardan qilgin. Ey Robbimiz, duoni qabul etgin. 5 “Ey Robbim, menga hikmat hadya et va meni solihlarga qo‘shgin” 6 . Ey, Odam bolalari, shayton ota-o nangizni o‘zlariga avratlarini ko‘rsatish uchun ustlaridan liboslarini yechib, jannatdan chiqarganidek, sizni ham fitnaga solmasin. Albatta, u va uning yordamchilari sizni siz ko‘rmaydigan 3 Tafsir – 6-bet 2022. 4 Oli Imron surasi – 16 -oyat 5 Ibrohim surasi 40-oyat 6 Shuaro surasi 86-oyat tomondan ko‘radir. Biz, albatta, shaytonlarni iymon keltirmaydiganlarga do‘st qilganmiz 7 . Ey Robbim, Sendan shaytonlarning vasvasasidan panoh so‘rayman 8 ! Sen bizdan faqat Robbimizning oyatlari kelganda ularga iymon keltirganimiz uchungina o‘ch olmoqdasan! Ey Robbimiz, ustimizdan sabr to‘kkin va musulmon holimizda vafot ettirgin», – dedilar 9 . Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmas. Foydasi ham o‘z kasbidan, zarari ham o‘z kasbidan. Ey Robbimiz, agar unutsak yoki xato qilsak, (iqobga) tutmagin. Ey Robbimiz, bizdan oldingilarga yuklaganga o‘xshash og‘irlikni bizga yuklamagin. Ey Robbimiz, bizga toqatimiz yetmaydigan narsani yuklamagin. Bizni afv et, mag‘firat qil va rahim et. Sen xojamizsan. Bas, kofir qavmlarga bizni g‘olib qil 10 . Qachonki yigitlar kahfdan joy olganlarida: «Ey Robbimiz, bizga O‘z huzurin gdan rahmat bergin va ishimizni o‘zing to‘g‘rilagin», dedilar 11 . Va Zakariyoni esla. O‘shanda u Robbiga nido qilib: «Ey Robbim, meni yolg‘iz tashlab qo‘yma, Sen O‘zing vorislarning eng yaxshisisan», degan edi 12 . Alloh iymon keltirganlarga Fir’avnning xotinini misol qilib ko‘rsatdi. U (xotin): «Robbim, menga O‘z huzuringda, jannatda bir uy bino qilgin. Menga Fir’avndan va uning ishidan najot bergin va zolim qavmlardan najot bergin», deb aytdi 13 . U: «Ey Robbim, ular meni chorlayotgan narsadan ko‘ra men uchun qamoq mahbubroqdir, bu(ayol)larning makrini mendan O‘zing nari qilmasang, ularga moyil bo‘lib, johillardan bo‘lib qolaman», – dedi 14 . Download 220.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling