A rafiyev, G. Muxamedjanova ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/94
Sana06.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1170397
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   94
Bog'liq
96369 88fa6cab4b00ce50c22a21de984fc32b

Abdurauf Fitrat 
(1886 – 1938)
Abdurauf Fitrat – XX asr o‘zbek adabiyoti, fani va madaniyatining 
yirik vakili, qomusiy olim, o‘tkir tilshunos, betakror dramaturg va 
shoir, jurnalist, davlat va jamoat arbobi.
Abdurauf Fitrat 1886-yilda Buxoroda tug‘ilgan. Aytish 
laricha, uning 
otasi Abdurahimboy o‘z davri ning ziyoli kishilaridan bo‘lgan. U savdo 
bilan shug‘ul lan 
ganligi bois chet ellarga ko‘p chiqar, dunyo ahvolidan 
boxabar, o‘qimishli va taniqli odam edi. Onasi Mustafbibi ham badiiy 
zavqi baland, zukko, o‘qimishli ayol bo‘lgan.
Abdurauf ilk tahsilni Buxoro maktablarida olganidan so‘ng, mashhur 
Mir Arab madrasasida o‘qigan. Talabalik yillarida, taxminan 18–19 
yoshlarida otasi bilan haj ziyoratiga borgan, qariyb bir yilga yaqin 
davom etgan bu ziyorat safarida Eron, Turkiya, Suriya va Saudiya 
Arabistonida bo‘lgan. Avvalo, safar chog‘ida ular shu davlatlarda 
istiqomat qiluvchi xalqlarning turmush tarzi va madaniyati bilan 
tanishganlar.
Demak, Fitrat fors va o‘zbek tillarini mukammal bilib olgan edi. 
Ayniqsa, u arab tilini qunt bilan chuqur o‘rgandi. 
Mustaqillik yillarida Fitratga Alisher Navoiy nomidagi Davlat 
mukofoti va „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni berilgan.
Uyga vazifa: Shahidlar xiyoboni haqida kichik matn tuzing.
http://eduportal.uz


99
3 - d a r s
Adabiy o‘qish
4-
topshiriq.
Matnni o‘qing. O‘z ona tilingizga tarjima qiling. Maz- 
munini gapirib bering. 
Is’hoqxon To‘ra Ibrat 
(1862 – 1937)
Ma’rifatparvar shoir, olim, sayyoh, matbaachi va muallim Is’hoqxon 
To‘ra Ibrat 1862- yili Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on qishlog‘ida 
ziyoli oilada tavallud topgan.
Ibrat 1886- 
yilda Qo‘qon madrasasini tugatgach, ona qishlog‘i 
To‘raqo‘rg‘onga qaytadi. O‘z faoliyatini ma’rifat tarqatishga qaratadi. 
„Usuli qadim“ qabilidagi maktablarni isloh etib, jadid maktablarini 
ochishga kirishadi. 1887- yilda u Sharq va G‘arb mamlakatlariga
safar qilib, Istanbul, Sofiya, Afina, Rim, shuningdek, Qobul, Makka, 
Kalkutta, Bombey kabi shaharlarda bo‘ladi. Safar davomida arab, fors, 
hind, urdu, ingliz tillarini mukammal o‘rganadi. Sharq xalqlari tillari 
qatorida G‘arb xalqlari tillarini ham o‘rganish ishtiyoqida bo‘ladi. Eng
muhimi, yozilajak ilmiy asarlari uchun boy material to‘playdi.
Ibratning milliy kutubxona, kitobxonlik ishlarining ilk tashkilotchisi 
va targ‘ibotchisi sifatida ham xizmatlari beqiyosdir. U asos solgan 
„Kutubxonai Is’hoqiya“ fondi bu jihatdan ancha boy bo‘lib, unda 
kitob berish va olish ma’lum tartib-qoidaga moslashgan edi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling