94
6-
topshiriq.
Matndan foydalanib, nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
1. O‘zbek xalqida qadimdan ..., ..., ... kabi insoniy fazilatlar bor.
2. O‘zbek xalqi orasida ... va ... oilalarga yordam berish odat
tusiga kirgan.
3. Ota-bobolarimiz udumiga ... ...
bir-birimizdan yordamimizni
ayamaylik.
7-
topshiriq.
Matnni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering. Lug‘at
tuzing.
Bolalar! Ota-onani hurmat qilish, ular oldida odob saqlash,
xizmatlarini bajarish hammamizning vazifamizdir.
Ota-onangizni
ranjitadigan so‘zlar aytishdan, ko‘ngillarini qoldiradigan ishlardan
doimo saqlaning.
Aqlli bolalar
ota-onalarini hurmat qilib, kuchlari yet
guncha ular
xizmatida bo‘ladilar. Ularga yomon so‘z aytishdan, achchiqlanib
qarashdan o‘zlarini saqlaydilar.
Ota-onangizni
izzat-hurmat qilishga, ularning olqish
larini olishga
g‘ayrat qiling. Har bir bola ota-onasining nasihatlarini diliga joylab,
ularga har vaqt amal qilishi kerak.
Ota-onasiga ozor berib, ularning
dillarini og‘ri
tadigan bola hech qachon baxtli bo‘lmaydi.
8-
topshiriq.
Berilgan maqol va hikmatlarni o‘qing, ularning mazmu-
nini o‘z ona tilingizga tarjima qiling.
1. Har yerning urf-odatini hurmat qil.
2. Qush uyasida ko‘rganini qiladi.
3. O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir.
4. Eshik ochiq bo‘lsa ham, so‘rab kir.
5. Kishining go‘zalligi uning tilidan bilinadi.
6. Oilada hamjihatlik bo‘lmasa, uni baxt tark etadi.
Mustaqil ish
Do'stlaringiz bilan baham: