A rafiyev, G. Muxamedjanova ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
96369 88fa6cab4b00ce50c22a21de984fc32b
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uyga vazifa.
samimiy boqadigan sho‘x qizni – yoqtirib qolishdi.
3- mashq. Quyidagi gaplarni ko‘chiring. Ajratilgan to‘ldiruvchi, ajra- tilgan hollarni aniqlang. 1. Bahor kelib, Sirdaryoning adirlariga, qirlariga lola gilamlar to‘shaldi. 2. Ana shu joyda, taxta ko‘prikning tagida, kichik bir buloq bor. 3. Hamma narsa yarashadi unga – Shiringa. 4. Otam bilan shu atrofdan, qishloqning chiqaverishidan do‘kon qurdik. 5. U tomonga, qiyalik, archazor yoqqa chiqamiz. 6. Bir darsda o‘qituvchimiz, Dildora Abrorovna, faqat yaxshi o‘qish kerak, deb gapirgan edilar. 4- topshiriq. Quyidagi hikmatlarning mazmunini tu shuntirib bering. 1. Yoshlik bahori tez o‘tar bilgin, Keksalar so‘zlarin quloqqa ilgin. 2. Aql – yoshdan, odob boshdan. 3. Odamni ochlik emas, or o‘ldirar. 4. Donishmandlar yaxshi nom qoldirishni alohida bir umr deganlar. 4- mashq. Berilgan gaplardan ajratilgan bo‘laklarni topib, tagiga chizing. 1. Yoshlar, ayniqsa, faollar qattiq ishladilar. 2. O‘qi tuvchimizning nutqi, sodda va tushunarli, bizlarni hamisha o‘ziga rom qila oladi. 3. Biz, yozuvchilar, xalq qa xizmat qilamiz. 4. Ertasi, yakshanba http://eduportal.uz 93 Lug‘at kuni, tong cho g‘ida shoir hayot bilan vidolashdi. 5. Ko‘kda, daraxtlar ustida, bir qancha yulduzlar yonadi. 6. Men Dildoraga, dugonamga, gapirayotgan edim. Uyga vazifa. Quyidagi so‘z birikmalaridan foydalanib, gaplar tuzing: milliy an’ana va udumlar, milliy qadriyatlar, to‘y marosimlari, muqaddas qadamjolar, qo‘ni-qo‘shnichilik. 3 - d a r s Adabiy o‘qish 5- topshiriq. Matnni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering. Ona tili- ngizga tarjima qiling. O‘zbek xalqida qadimdan mehr-oqibat, saxiylik, ota-ona va kattalarga hurmat, yetim-yesirlarga muruvvat, Vatanga muhabbat, mehnatsevarlik, halollik kabi insoniy fazilatlar bor. Shuning uchun ham o‘zbek xalqi orasida bir-birini yo‘qlash, nochor va nogiron oilalarga yordam berish odat tusiga kirgan. O‘zbekistonliklarning ma’naviy qiyofasini belgilaydigan meh- mondo‘stlik, kattalarga hurmat, to‘y va marosimlarda o‘zaro yor- damlashish, hashar, oilada bir-biriga ko‘ mak lashish, oila buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi udumlar ko‘p yillardan beri mavjud. Shunday ekan, ota-bobo larimiz udumiga sodiq qolaylik. Bir-birimizdan yordamimizni ayamaylik. Axir, moddiy yordam bera olmasak ham, yaxshi so‘z, shirin muomala, do‘stona munosabat bilan yordam berish mumkin-ku! Aziz bolalar, bir-biringizdan yordamingizni ayamang! Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling