Test savollari: 1
Download 20.92 Kb.
|
gapning uyushiq bo`laklari test
Test savollari: 1.Yuklama yordamida birikkan uyushiq bo‘lakli gapni toping. a)Bulbul goh sayraydi, goh tinadi. b)U she’rlarni, maqollarni chaqqonlik bilan o‘qigan hamda yod olgan. c)Vatan va xalq - egizak. d)U davra o‘rtasiga o‘tirdi-da, sekin so‘zlay boshladi. 2.Quyidagi gaplarning qaysi biri uyushiq bo‘lakli gap emas? a)Berilgan gaplarning hammasi uyushiq bo‘lakli gaplardir. b)Safsatabozlik va vaysaqilikdan hazar qil. c)Tilning go‘zalligi uning aniqligi va mazmundorligidadir. d)U kunlarni tiklar xayolim, yodga kelar barcha, barchasi. 3.Onam, opam va singlim bilan mehmonga bordim. Gapda qaysi gap bo‘lagi uyushgan? a)to‘ldiruvchi b)ega c)aniqlovchi d)ot 4.Shu yerda, jiydazor yonidagt xilvat joyda, u menga o‘z o‘tmishini, to‘g‘rirog‘i, shu yozda boshidan kechirgan va qalbida chuqur iz qoldirgan bir voqeani hikoya qilib berdi. Ushbu gapda qaysi gap bo‘laklari uyushgan? a)hol va aniqlovchi b)faqat to‘ldiruvchi c)faqat aniqlovchi d)hol va to‘ldiruvchi 5.Qaysi gapdagi aniqlovchi narsa-buyumning qarashliligini ifodalagan? a)Uzoq-yaqin yerlardan odamlar yig‘ila boshladi. b)Bu kitoblar kimniki? c)Yangi binolar qishloqning husniga husn qo‘shmoqda. d)Shu payt ichkaridan ship-ship qadam tovushi eshitildi. 6.Qaysi qatordagi gapda uyushiq hol ot va fe’l so‘z turkumlari bilan ifodalangan? a)Podsho goh kulib, goh jiddiy o‘y bilan quloq soldi. b)U hayajon bilan, tez-tez va bo‘g‘ilib so‘zlar edi. c) Ufqga tutashib ketgan polizlar va tokzorlar qizg‘ish, qahrabo tusda tovlanadi. d)Saida goh afsuslanib, goh kuyib, goh kulib gapirib berdi. 7.O‘xshatishga asoslangan she’riy san’atlar qaysi javobda berilgan? a)komediya, nota, eskiz b)portret, mubolag‘a, peyzaj c)tashbeh, mubolag‘a, talmeh d)tashbeh, peyzaj, muqaddima 8.Uyushmagan sifatlovchi- aniqlovchilar ishtirok etgan gapni toping. a)Yosh terak va tollarning yashil bargi shamolda tebranmoqda. b)Bayram oldidan maktabning ichki va tashqi tomonlarini bezatdik. c)G‘o‘za shoxlari oqish, pushti rang gullar bilan bezangan. d)Ko‘l bilan qishloq o‘rtasida bepoyon yashil maydon cho‘zilib ketgan. 9.Uyushmagan aniqlovchi ishtirok etgan gapni toping. a)Tog‘ etaklaridan nafis gullarning, hushbo‘y giyohlarning hidlari anqiydi. b)Bulbullarning va sa’valarning sayrashi bizga zavq beradi. c)Shu payt yonimizdan ikki nuroniy chol o‘tib qoldi. d)Suvonqul yonidan sadaf dastali pichog‘ini chiqarib, pomidor to‘g‘radi. 10.Yo‘lakda har xil odamlar: portfel ko‘targan amaldorlar, bola yetaklagan qariyalar, meva to‘la savat ko‘targan xotinlar…- hammasi qayoqqadir shoshadi. Mazkur gapda qaysi gap bo‘lagi uyushib kelgan? a)kesim b)ega c)to‘ldiruvchi d)hol Download 20.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling