Namangan davlat universiteti


Download 297.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana26.11.2021
Hajmi297.84 Kb.
#177678
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ilk orta asrlarda koreya



O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI 

 

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 



 

IJTIMOIY-IQTISODIY FAKUL’TETI 

 

ARXIVSHUNOSLIK YO’NALISHI 



 

II kurs 205- guruh talabasi 

 

Vahobjonov Barkamolning 



 

JAHONTARIXI 

 

fanidan  



 

“ILK O’RTA ASRLARDA KOREYA”  

mavzusida tayyorlagan  

 

 

 



 

 

 

 

Namangan – 2015 yil

 


 

 

REJA



 

1. Ilk koreys davlatlarining vujudga kelishi 

2.  Koreys  davlatlari  o‘rtasidagi  kurash,  ularning  Xitoy  va 

Yaponiya bilan munosabatlari, urushlari 

3.  Mamlakatning  Silla  boshchiligida  birlashgandan  keyingi 

ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti 

4. Ilk o’rta asrlarda Koreya madaniyati 


1. Ilk Koreys davlatlarining vujudga kelishi.  

Tarixiy  yozma  manbalarda  yarim  orolda  yashagan  turli  qabilalar  haqida 

malumotlar  mavjud.  Shimolda  koguryo,  yemek,  okcho  qabilalari,  Xangan 

daryosidan  janubroqda  xan  qabilasi  yashagan.  U  uchta  shoxchaga  bo‘lingan: 

maxan  (xan),  chinxan,  pyonxan.  Aholi  chorvachilik,  baliqchilik,  ovchilik  bilan 

mashg‘ul  bo‘lgan.  Lekin,  asosiy  mashg‘ulotlari  dehqonchilik  edi.  Asosan  «besh 

non» deb atalgan ekinlar ekilgan. Kiyim bo‘z va shoyidan tayyorlangan. Tabaqaviy 

munosabatlar shimolda Amnokan daryosi havzasida yashovchi koguryo qabilasida 

avvalroq  boshlangan.  Dastlab  harbiy  demokratiya  bo‘lgan.  Okcho  va  yemek 

qabilalari  Koguryoga  bo‘ysundirilgan.  Don,  mato,  baliq,  kanizaklar  bilan  o‘lpon 

to‘langan.  Janubda  tabaqalar  tashkil  topish  jarayoni  kechroq  boshlangan.  Xan 

qabilasi 78 urug‘ga bo‘lingan. Mazkur urug‘lar Xitoy manbalarida «davlat» nomi 

bilan  tilga  olingan.  Koguryolarda  harbiy  sardor  Van  (qirol)  unvonini  olgan. 

Zodagonlar harbiy amaldorlarga aylangan. Amaldorlar o‘n ikki darajaga bo‘lingan. 

Koreya  yilnomalarida  xususiy  mulkni  himoya  qilish  maqsadida  qonunlar 

yaratilganligi  haqida  yozilgan:  o‘g‘ri  o‘g‘irlangan  molni  o‘n  ikki  baravari 

darajasida  to‘lagan,  birovning  hayvoniga  zarar  yetkazgan  kishi  hatto  qulga 

aylantirilgan. 

Koguryo  davlati  qachon  paydo  bo‘lganligi  xususida  tarixchilarda  yagona 

fikr yo‘q, lekin, u IV asr oxiri – V asr boshlarida yarim orol shimoli hamda qo‘shni 

Lyaodun  yarim  oroli  hududini  egallagan  kuchli  davlat  bo‘lgan.  Yarim  orol 

janubida  davlat  paydo  bo‘lish  jarayoni  pekche,  saro,  kaya  qabilalari  tomonidan 

zaifroq  qo‘shinlarni  bo‘ysundirish  orqali  yuz  bergan.  Bo‘ysundirilgan  yerlar 

zodagonlari  tabiiy  ravishda  bosqinchi  zodagonlar  bilan  qo‘shilib  ketgan.  Pekche 

jamoasi III–IV asrlarda qo‘shni jamoa va qabilalrni bo‘ysundirgan. Koreya janubiy 

g‘arbida  Xangan  va  Kimgan  dayorlari  havzalarida  ancha  kuchli  Pekche  davlati 

paydo bo‘lgan. V–VI asrlarda yarim orolning janubiy sharqiy qismida Silla davlati 

vujudga  kelgan.  Uning  yadrosining  saro  (sobol)  qabilasi  tashkil  etgan.  Yangi 

davlatda  ma'muriy  bo‘linishning  hududiy  qoidasiga  asoslangan.  Turli  darajadagi 

maxsus amaldorlar boshqarmasi vujudga kelgan. Silla davlati eng janubidagi kaya 




qabilalar  ittifoqi  va  uzoq  Usam  orolini  o‘ziga  qo‘shib  olgan.  Shunday  qilib,  VI 

asrga kelib Koreya yarim oroli hukmronlik uchun o‘zaro kurashayotgan Koguryo, 

Pekche  va  Silla  davlatlari  bo‘lgan.  Bu  davlatlardagi  ijtimoiy-iqtisodiy 

munosabatlar masalasi  koreys tarixshunosligida uzoq vaqt munozara va bahslarga 

sabab  bo‘lib  kelgan.  Ayrim  tarixchilar  bu  quldorlik  davlatlari  edi,  deb 

hisoblasalarda,  ular  feodal  xususiyatga  ega  bo‘lgan.  Dehqon  jamoalari  davlat 

fuqarolari  sifatida  soliq  to‘laganlar,  saroy,  yo‘l,  qal'alar  qurilishi  kabi  turli 

majburiyatlarni  o‘taganlar.  Yerning  oliy  egasi  davlat  bo‘lgan.  Feodallar  ham 

davlatdan  yer  olganlar.  Koguryo  va  Silla  davlatlarida  ilk  feodalizm  uchun 

xususiyatli  tizim  keng  tarqalgan.  Qullar  ishlab  chiqarishda  katta  rol  o‘ynamagan 

bo‘lsalar  kerak.  Bu  davrda  ularning  huquqiy  ahvoli  o‘zgargan.  Masalan:  VI  asr 

boshida  Silla  davlatida  van  o‘lganda  an'anaviy  ravishda  o‘nta  qulni  o‘ldirib, 

qo‘shib ko‘mish odati taqiqlangan. 

558  yili  lashkarboshi  Sadaxam  tomonidan  kay  qabilasi  bo‘ysundirilgandan 

keyin  mukofotga  olgan  200  asirni  qul  qilmay,  erkin  dehqonlarga  aylantirilishi 

uning aholi o‘rtasidagi obro‘sini oshirgan. Xitoydan davlat boshqaruvi tizimi bilan 

birga mafkura ham o‘zlashtirib olingan. Koreys davlati hukmdorlariga konfusiylik 

ko‘proq  yoqqan.  Davlat  xizmati  uchun  amaldorlar  maxsus  konfusiylik 

maktablarida tayyorlangan. 

Feodal tuzum shaklanuvida muhim rol o‘ynagan buddaviylik ham Xitoydan 

kirib  kelgan.  Koguryoda  dastlabki  budda  rohiblari  372  yili  paydo  bo‘lganlar. 

Pxenyan  yaqinida  ikkita  budda  monastri  qurilgan.  384  yili  Pekje  vani  iltimosiga 

binoan janubiy Xitoydan rohiblar kelishgan. Ularga katta yerlar in'om etilgan. Silla 

davlatiga  Koguryodan  kirib  kelgan  buddaviylik  VI  asr  birinchi  yarmida  keng 

tarqalgan.  Sillada  ham  ma'muriy  bo‘linish  Xitoydagi  kabi  bo‘lgan.  Boshliqlar 

poytaxtdan  tayinlangan.  Davlat  poytaxti  Kimson  yirik  shaharga  aylangan.  Katta 

yo‘llar va suv orqali doimiy pochta xizmati mavjud bo‘lgan. 


Download 297.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling