Namangan davlat universiteti
Mamlakatning Silla boshchiligida birlashgandan keyingi ijtimoiy-
Download 297.84 Kb. Pdf ko'rish
|
ilk orta asrlarda koreya
3. Mamlakatning Silla boshchiligida birlashgandan keyingi ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyoti. Chyet elliklar hukmronligi tyez orada xalq qo‘zg‘olonlarini keltirib chiqargan. Tanlar Koguryo va Pekcheda mustahkam o‘rnasha olmaganlar. Bu yerdagi qo‘zg‘olonlar Silla davlati tomonidan qo‘llab quvvatlangan. Bu narsa o‘z navbatida Tan Silla nizosiga olib kelgan va natijada 670–676 yillardagi janglardan so‘ng Tedangan daryosining janubidagi Koreya yarim orolining barcha hududi Silla tarkibiga kiritilgan. Tan sulolasi uni tan olishga majbur bo‘lganlar. Silla boshchiligida mamlakatning birlashuvi Koreyada feodal munosabatlar qaror topishida muhim bosqich bo‘lgan. O‘zaro urushlarning to‘xtashi qo‘shnilar bilan
tinch munosabatlar o‘rnatilishi mamlakat ishlab chiqarish kuchlari rivojiga ijobiy ta'sir qilgan. 681 yil Silla vani Munmu o‘z vasiyatnomasida shunday yozgan: «oddiy xalqqa tinchlik berdim, askar nayzalari dehqonchilik quroliga aylantirdim, soliq va majburiyatlarni qisqartirdim, yengillashtirdim, mamlakatda tartib o‘rnatdim, tog‘ kabi g‘alla zaxiralari yaratdim». Bu yerda o‘zini maqtash elementlari bilan birga mavjud dalillar ham tilga olingan. Davlat tomonidan sug‘orish tizimi qurilishi natijasida hosildorlik ortib, xazina boyigan. Feodal munosabatlar rivoji yerga davlat mulkchiligi asosida yuz bergan. yer fondining asosiy qismi dehqonlar qo‘lidagi kichik chyek yerlar bo‘lgan (ba'zan ular «askar dalalari» deb ham atalgan). 722 yil rasmiy ravishda barcha yer davlatniki deb e'lon qilingan. Chek yer tizimi dehqonni yerga bog‘lab qo‘ygan va u markazlashgan davlat dehqoni bo‘lgan. Buddaviylik mavjud davrda dehqon yerining feodallar tomonidan tortib olish imkoniyatini yo‘qotgan. Feodal amaldorlarning yerga egaligi kuchaytirilgan. Asosiy yer Silla zodagonlari va budda ruhoniylari qo‘liga o‘tgan. Bir necha marta taqiqlanishiga qaramay, bu
jarayon tyezlashib, markaziy hokimiyatni zaiflashtirgan. Xizmat uchun berilgan yerlar amalda xususiy mulkka aylantirilgan. VIII asrda davlat mulkchiligi kuchli bo‘lgan. Asr o‘rtalariga kelib hudud ma'muriy jihatdan to‘qqiz viloyatga bo‘lingan (Sillada, Koguryo va Pekche hududlarida uchtadan). U o‘z navbatida yana hududiy birliklarga bo‘lingan. Amaldorlar tayyorlash maqsadida oliy davlat maktabi tashkil etilgan. Davlat imtihonidan o‘tganlar mansablarni egallagan. Davlat poytaxtida 170 ming hovli mavjud bo‘lgan. Boylarning cherepisali uylari tomi ham oltin bilan bezatilgan. Hunarmandchilikning davlat shakli kuchaygan. Silla hunarmandlari tomonidan tayyorlangan mahsulotlar Xitoy va Yaponiyaga eksport qilingan.
Download 297.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling