Namangan davlat universiteti
Ilk o’rta asrlarda Koreya madaniyati
Download 297.84 Kb. Pdf ko'rish
|
ilk orta asrlarda koreya
4. Ilk o’rta asrlarda Koreya madaniyati. Uchchala davlat davrida o‘rta asr umumkoreys madaniyatiga asos solingan. Bu davr mafkurasida ibtidoiy e'tiqod va tasavvurlar saqlanib qolgan. Konfusiylik va buddaviylikning rasmiy din va mafkura sifatida kirib kelgan. Madaniyatga xitoy adabiyoti va yozuvi ta'sir qilgan. Dastlabki tarixiy asarlar xitoy tilida yozilgan. Shimoliy Koreyada saqlanib qolgan maqbaralar me'morchilik va tasviriy san'at rivojidan dalolat beradi. Tasviriy san'atning freska turi bilan (bo‘rtma surat) maqbara devori va shiftlarini bezaganlar (ruhlar, xayoliy hayvon va qushlar tasvirlangan). Kyondju tumanidagi arxyeologik yodgorliklar Silla davlati hunarmandchiligi yuksak bo‘lganligidan dalolat beradi. «Oltin toj qo‘rg‘oni»dan (V asr) sof oltindan ishlangan toj, uzuk, bilaguzuk, sirg‘a va turli qurollar topilgan. VII asr o‘rtalarida Kyondjuda rasadxona qurilgan. Umumxalq tili tili shakllangan VII asr oxirida olim Solchxon xitoy iyerogliflari asosida koreys tili fonetikasi va grammatik tuzilishiga mos yozuv tizimini yaratgan. Konfusiylik buddaviylik asosidagi o‘rta asr mafkurasi birligi Koreyaning tan sullolasi bilan mustahkam madaniy aloqada bo‘lishiga yordam bergan. Ko‘pchiligi Chananda (Xitoy) o‘qib kelgan Ular orasida budda rohibi Xye Chxo (VIII asr) ham bo‘lgan. Uning Xitoydan Hindiston va O‘rta Osiyoga qilgan sayohati natijasida yaratilgan «Hindiston podshohliklari haqida hikoyalar» nomli manba hozirga qadar mavjud. Xitoyda ta'lim olganlardan biri olim va yozuvchi Chxve Chxuvan (858–951 yy.) poeziya va hikoyachilik janrlari rivojiga katta hissa qo‘shgan. Sokkuram sun'iy g‘oridagi ajoyib Budda haykali, Pulguks ibodatxonasi va Pandoks ibodatxonasidagi ryelyef suratli
bronza qo‘ng‘iroqlar koreys madaniyatining qay daraja rivojlanganligidan darak beradi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling