Namangan davlat universiteti
Download 297.84 Kb. Pdf ko'rish
|
ilk orta asrlarda koreya
2. Koreys davlatlari o‘rtasidagi kurash, ularning Xitoy va Yaponiya bilan munosabatlari, urushlari. Koguryo bir necha marta Xitoy hujumiga duchor bo‘lgan. 245 yili Xitoyda Uch podsholik davrida Shimoliy Vey qo‘shinlari Koguryo poytaxtini egallaganlar. Hukmdor o‘ziga tobe okcho qabilasi yeriga qochib ketgan. Ularning yordamida xanlar mamlakatdan quvilgan. IV asrda Koguryoga shimoliy Xitoyda Yan davlatini tuzgan syanbilar hujum qilgan. 342 yili poytaxt egallangach van Kogukvon qochib ketgan. Syanbilar hukmdori Muyun Xvan van oilasini asirga olgan, hatto qarshilikni sindirish maqsadida otasi xokini ham qabrdan olib ketgan. Muyun Xvan xazinani talab, poytaxt Xvandoni buzgan va 50 ming asirni olib qaytgan. Shundan so‘ng Kogukvon o‘zini vassal deb tan olgan. Keyinroq o‘zini tiklagan Koguryo syanbilardan xalos bo‘lgan. IV asr oxiri V asr boshlarida Van Kvangetxo davrida Koguryo hududi Pekche davlati hududi hisobiga kengaygan. Pxenyan shahri poytaxtga aylantirilgan. Koreys davlatlari va Xitoy o‘rtasida madaniy va iqtisodiy munosabatlar ham rivojlangan shimoliy sulolalarga qarshi kurashayotgan Koreys davlatlari ko‘proq janubiy sulola bilan aloqa qilganlar. Diniy va siyosiy g‘oyalar ham janubdan olingan. Koreyada xitoy adabiyoti va yozuvi tarqalgan. Xitoy iyeroglifida koreys tilida yozilgan. Koreys davlatlarining Yaponiya bilan munosabatlari turlicha bo‘lgan. Dastlab yaponlar bilan Naktongan daryosi havzasidagi kayask davlatlari (yoki pyon xan qabilalari) savdo munosabatlarini o‘rnatganlar. Ular yaponlarga tyemir, oltin, kumush, don mahsulotlarini sotganlar. Ularning yerlarida yapon qarorgohlari vujudga kelgan bo‘lib, yaponlar u yerdan turib, talonchilik qilganlar. Kayasklar bo‘lsa, ulardan Silla davlatiga qarshi foydalanmoqchi bo‘lganlar. VI asr ikkinchi yarmida Silla va Koguryo davlatlari yaponlarni quvib chiqarib, kayasklar yerini qo‘shib olganlar. Kurash davomida Silla hukdorlari talonchilikning oldini olish maqsadida yaponlar bilan sulh tuzib, ularga garov tariqasida o‘z odamlari va sovg‘alarni yuborganlar. Pekje hukmdorlari qo‘shnilariga qarshi kurashda yapon otryadlaridan foydalanganlar V asrda Koguryo yarim orolning shimoliy qismini egallab, Pekjeni qisa boshlagach, u VI asrdan kuchaygan Silla bilan yaqinlashgan. 551 yili Pekje va Silla Koguryoni Xingan daryosi havzasidan siqib chiqarganlar. Qaytarilgan yerni Pekchedan Silla olib qo‘ygan, ittifoq buzilgan. Shundan so‘ng Pekche Koguryo va Yaponiya bilan ittifoq tuzgan. Bunga javoban Silla–Xitoy ittifoqi vujudga kelgan. VI asr oxirida (598 y.) Suy sulolasi asoschisi Yan Szyan Koguryoga qarshi katta qo‘shin va flot jo‘natgan. 612 yili ham Suy impyeratori Yan Guan katta qo‘shin jo‘natgan. Koguryo lashkarboshisi Ilchi Mundok Xitoy qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratgan. 613 va 614 yillardagi hujumlar ham g‘alaba keltirmagan. Shundan so‘ng Koguryo Pekche bilan ittifokda yangi Tan sulolasi ittifoqchisi (Koreya ishlariga aralashayotgan) Sillaga qarshi urush boshlaganlar. 645 yili Tan qo‘shinlari Koguryoga kirib kelgan. Lyaodundagi Anshi qal'asi va Pxenyan atrofida koreyslar g‘olib bo‘lgan. 660 yil Pekchega Sillaning 50 ming kishilik, Tanlarning 130 ming kishilik qo‘shini hujum qilgan. Natijada, saroy va van taslim bo‘lib, poytaxt Sabi egallangan hamda Pekche hududi Tan viloyatiga aylangan. 663 yili xitoylarga qarshi qo‘zg‘olon bostirilgan. Shundan so‘ng Tan va Silla ittifoqi tomonidan asosiy zarba Koguryoga berilgan. Natijada, Koguryo og‘ir ahvolda qolgan. Davlatning amaldagi hukmdori (Bosh vazir – Maknidji) Yon Kyosomun o‘limidan so‘ng feodallarning o‘zaro kurashi yanada kuchaygan. Uning xafa bo‘lgan o‘g‘illardan biri tanlar tomoniga qochib o‘tgan. 668 yili Koguryo poytaxti Pxenyan egalangan hamda hudud tanlar qo‘liga o‘tgan.
Download 297.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling