88
6-
topshiriq.
She’rni ifodali o‘qing. Mazmunini so‘zlab bering.
Bir dam o‘tir, onajonim
Tanish eshik,
qadrdon uy, jonajon hovli,
Ichkariga yo‘llanaman dilim orziqib.
Onam peshvoz chiqar chopib, qo‘lida chovli,
Norin
solib turgan ekan, shoshib, hovliqib.
Har gal shunday, qaylarnidir kezib kelaman,
Munisginam har safar ham bir ish bilan band.
Qo‘li tegmas qo‘liga hech, hayron bo‘laman,
Qaydan ekan onamdagi shunchalik g‘ayrat.
Yo do‘ppisi
tizzasida, qatimi uzun,
Yo tandirga o‘t qalagan patir yopgani.
Eslolmayman, yasan-tusan bir chetda tursin,
Qoshlariga bir yolchitib o‘sma tortganin.
Ayvon
sari yetaklaydi, so‘rab hol-ahvol,
Par yostiqlar qo‘yar, to‘shar yangi ko‘rpacha.
„Orom olib, bir ozgina uxlab ola qol,
Norinim ham tayyor bo‘lar sen turgungacha“.
O‘zing o‘tir
onajonim norining keyin
Qo‘ni-qo‘shni emas gapir avval o‘zingdan.
Ichikibsan, sog‘inibsan yana ne deyin
Hammasini uqib oldim shundoq ko‘zingdan.
Tashvishlarim yuzlaringga solibdi ajin,
Yuzginangning madhi o‘zi yetuk bir doston.
Beboshligim ko‘zlaringda
topibdi aksin,
Ko‘zlaringga qasidalar bitay, onajon!
Muslim Yo‘ldoshev
http://eduportal.uz
89
Mustaqil ish
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. „Ayol – oila ko‘rki“ iborasini izohlab bering.
2. Nima uchun sharqda ayollarga „uy bekasi“ deb ta’rif berishadi?
3. Ayollar haqida 4–5 ta maqol yozing.
Uyga vazifa. To‘ldiruvchi qanday so‘zlar bilan ifodalanadi. 2 tadan
misol keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: