86
Onalarimiz kechirimli bo‘ladilar. Ular o‘z bolalari bi lib-bilmay qilgan
ayb ishlarini kechiradilar. Bolalaridan o‘z nasihatlarini ayamaydilar.
Ularni to‘g‘ri yo‘l
ga yetaklaydilar. Farzandlarining
erishayotgan yu-
tuqlarini ko‘rib quvonadilar.
ulug‘ zot
– великая личность
azaldan
– с давних времён
voz kechmoq
–
отказываться
uy bekasi
– домoхозяйка
xonadon farishtasi
– ангел дома
ulug‘lamoq
– возвеличивать
rohat
– удoвольствие
kechirimli
– простительный
bilib-bilmay
– необдуманно
nasihat
–
наставление
Uyga vazifa. Savollarga javob bering.
1. Quyidagi jumlalarni davom ettiring.
Onam uy bekasi ..., onam ... .
2. Mashhur ayollardan kimlarni bilasiz?
3. Nima sababdan Vatanni onaga tenglashtiramiz?
3 - d a r s
Adabiy o‘qish
3-
mashq.
Ikkinchi darajali bo‘laklarni aniqlang va yozing.
1. 8-mart bayrami munosabati bilan sovg‘alar olindi. 2. Maktabimizda
yosh shoiralar ijodiy kechasi o‘tkazildi. 3. Bugun o‘zbek
tili darsida
yangi so‘zlar va yangi qoida tushuntirildi. 4. O‘zbek Milliy Drama
teatrida „Jaydari kelin“ komediyasi sahnalashtirildi. 5. Ayollarga ba-
g‘ishlangan tadbirda shoira Zulfiyaxonim she’rlari o‘qildi. 6.
Musobaqa
g‘oliblari mukofotlandi. 7. Bugun adabiyot fanidan Zebuniso hayoti
va ijodi o‘tildi.
Do'stlaringiz bilan baham: