A rafiyev, G. Muxamedjanova ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/94
Sana06.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1170397
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   94
Bog'liq
96369 88fa6cab4b00ce50c22a21de984fc32b

5-
mashq.
Gaplarni yozing. Vositali to‘ldiruvchilarni aniqlang va ular-
ning qaysi so‘z turkumida kelayotganini izohlang.
1. Beshdan ikkini ayirish kerak. 2. Nima uchun uzr so‘ 
rash kerak? 
3. Kecha kelmaganlarga xabar berish kerak. 4. Masalani qalamda 
yozdi. 5. Chizmani kitobdan daftarga ko‘ 
chirdim. 6. Chaqmoqning 
yalt-yul 
tidan bola qo‘rqdi. 7. Yaxshiga yondash, yomondan qoch. 
(Maqol) 
Ota-ona oldidagi burchlar
Ey farzand, bilginki, aql yuzasidan farzandga ota-onani izzat va 
hurmat qilish vojibdir. Chunki ular ota-onadir. Ota-onani nima uchun 
hurmat qilaman, deb ko‘nglingga keltirma, bilginki, ular sening uchun 
o‘limga ham tayyor turadilar. Farzand oqil va dono bo‘lsa, hech 
vaqt ota-onaning mehr haqini ado etishdan bo‘yin tovlamaydi. Ota-
ona aslida seni jon va dil bilan parvarish qiladi. Agar sen ulardan 
kamchilik qidirsang, hech qa 
chon yaxshi nomga sazovor bo‘lmaysan. 
O‘z farzanding sen haqingda qanday bo‘lishini tilasang, sen ham 
Yodda tuting!
http://eduportal.uz


81
Lug‘at
ota-onang haqida shunday bo‘l. Sen ota-onangga nima ish qilsang
farzanding ham sen haqingda shunday ish qilur, chunki odam mevaga, 
ota-ona daraxtga o‘xshaydi.
(„Qobusnoma“ asaridan) 
5-
topshiriq.
Maqollarni o‘qing. Mazmunini izohlang. 
Kattaga hurmatda bo‘l, kichikka izzatda.
Odobli bola elga manzur.
Eshik ochiq bo‘lsa ham, so‘rab kir.
Oz so‘zla – soz so‘zla.
Shirin so‘z – shakardan shirin. 
6-
topshiriq.
Matnni o‘qing. Berilgan topshiriqlarni bajaring.
Sharafli burch
(Rivoyat)
Bir kuni mavlono Alisher Navoiy mulozimlari bilan otda uzoq tog‘ 
sayriga ketayotgan ekan. Yo‘l qabriston oralab o‘tar edi. Qabristonga 
yuz qadam chamasi qolganda mavlono otdan tushibdi, qolganlar uning 
orqasidan erga shibdilar. Qabristondan ancha uzoqlashgach, yana otlarga 
minib ketishibdi. Biroz yurishgandan keyin mulozimlar shoirning 
qabristonga yaqinlashganda otdan tushish sa 
babini so‘rabdilar. Alisher 
Navoiy ancha vaqt sukut saqlab turibdi-da, keyin mulozimlaridan 
norozi ohangda shunday deb javob beribdi:
– Bu yerda xalqimizning jigargo‘shalari, tabarruk padari buz-
rukvorlari mangu uyquga ketganlar. Bular yonidan ot choptirib, cha-

gitib o‘tish insonlik sha’niga isnoddir, nahotki shuni ham bilmasa 

ngiz? Buni bilmas 
lik tiriklikdagi o‘liklikdir. Ota-onalar haqini, 
xotirasini e’zozlamoq har bir kishining sharafli burchidir.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling