76
Bilib oling!
BARKAMOLLIK
(To‘ldiruvchi, uning turlari)
1 - d a r s
1-
topshiriq.
Suhbat matnini davom ettiring.
– Barkamollik nima?
– ......................... .
– Komil inson qanday xislatlarga ega bo‘lishi kerak?
– ......................... .
– Barkamol avlod deganda nimani tushunasiz?
– ......................... .
Gapning biror bo‘lagini (ko‘pincha, kesimni) to‘ldirib
kelgan
ikkinchi darajali bo‘lak
to‘ldiruvchi deyiladi. Masalan:
Omon
menga qaradi, men unga qaradim.
U vositali va vositasiz to‘ldiruvchilarga ajratiladi:
1. Agar to‘ldiruvchi tushum kelishigi qo‘shimchasi
-ni bilan
ifodalansa, vositasiz to‘ldiruvchi deyiladi. Ular kimni?, nimani?
so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
2. Jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigini olgan so‘z, kimga?,
nimaga?, kimda?, nimada?, kimdan?, nimadan?, kim uchun?, nima
uchun?, kim haqida?, nima haqida?, kim bilan?, nima bilan?
kabi so‘roqlarga javob bo‘
ladiganlarni vositali to‘ldiruvchilar
deyiladi.
Vositali to‘ldiruvchi uchun, orqali, to‘g‘risida kabi ko‘makchilar
bilan birga kelgan so‘zlar orqali ham ifodalanadi. Masalan:
Bu
kitobni ukam uchun oldim.
1-
mashq.
Ko‘chiring. Berilgan gaplardan vositali va vositasiz to‘l di-
ruvchilarni aniqlang.
1.
Birni kessang, o‘nni ek. 2. Yashashni
istasang, ishlashni o‘rgan.
3. Yaxshini yomondan farqla. 4. Beshga uchni qo‘shsa,
sakkiz
bo‘ladi. 5. Bu ko‘ylakni singlimga sovg‘a qildim. 6. Yaxshidan bog‘
http://eduportal.uz