11
– Kafeda nima qilasan? Yaxshisi, birga kutubxonaga bora qolaylik.
Ertaga o‘zbek tili darsimiz bor. „Afrosiyob“ haqida ma’lumot yig‘i-
shimiz kerak.
– ... .
4- topshiriq.
O‘qing va matn asosida berilgan
savol va top shi riqlarni
bajaring.
Inson qadri bilimda
Insoniyat yaratilibdiki, bilishga, o‘rganishga intiladi.
Chunki
qiziqish insonlarga xos, aql-idrok va bilim egasi bo‘lgan har qanday
inson sharaflidir. Bilim egasi o‘z
tilaklariga yetadi, orzu-maqsadlariga
erishadi. Bilim ega
lari elda aziz bo‘ladi.
Barcha murakkab ishlarni
bilim bilan hal eta oladi.
Bundan tashqari, hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan davrni ilmli
va bilimli insonlarsiz tasavvur etib bo‘l
maydi.
Ular taraqqiyotning
negizi hisoblanadilar. Shunday ekan, ilm olish uchun hamisha
izlanish, o‘qish, o‘rganish kerak. Ilm cho‘qqilarini zabt etish yo‘lida
charchamaslik lozim. Ko‘p bilish uchun ko‘p o‘qish kerak. Ko‘p o‘qi-
gan – ko‘p biladi.
Do'stlaringiz bilan baham: