A rafiyev, G. Muxamedjanova ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
96369 88fa6cab4b00ce50c22a21de984fc32b
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilib oling! 2 - d a r s
yoshlik
– молодость davr – эpa bebaho – бесценно behuda – напрасно ertangi – завтрашний boylik – богатство mas’uliyat – ответственность taqdir – судьба Uyga vazifa. O‘z orzularingiz haqida matn yarating. http://eduportal.uz 118 Bilib oling! 2 - d a r s Har bir gap bo‘lagi gapda birdan ortiq bo‘lishi mumkin. Bir xil so‘roqqa javob bo‘lib, gapdagi bir bo‘lakka bog‘langan bo‘laklar gapning uyushiq bo‘laklari deb ataladi. Bu bo‘laklar o‘zaro teng bog‘lovchilar yoki sanash ohangi bilan bog‘lanadi: Bola goh menga, goh unga qarar edi. Gapning barcha bo‘laklari uyushib kelishi mumkin. Masalan: U kitobni, daftarni, qalamni oldi. U asta joyiga o‘tirdi va gapira boshladi. 4- topshiriq. Matnni o‘qing va berilgan topshiriqlarni bajaring. Orzular qanotida Orzu-havas hosildor tuproqqa o‘xshaydi. Yer bag‘riga qadalgan cho‘p niholga aylangani, o‘sgani kabi orzu ham inson qalbini gullatadi. Unga mehrdan, muhabbatdan sayqal berilsa, ezgu niyatlar tomon yetaklaydi. Astoydil qilingan orzu, intilgan maqsad muvaffaqiyat kalitidir. Orzuga yetkazadigan kalit qanday qo‘lga kiritiladi? Bolalikdagi hayrat, ajoyibot, yengilgina urinishlar orqasidanmi yoki yaqinlaringning senga bildirgan ishonchlaridanmi? Har holda orzu- maqsadlar ortida ko‘z ilg‘amas olis manzillar, mashaqqatli mehnat, bedor tunlar bor! Inson hayotda yashar ekan, nimanidir orzu qiladi, kimgadir suyanadi, uni umrining mazmuni deb biladi. Bolalikda har bir o‘g‘il-qizning orzusi osmon qadar bo‘ladi. Harbiy akalariga havas qilib, ulg‘ayganda askar bo‘lishni orzu qilgan bolakayning intilishlariga olam havas qilsa arziydi. Bu hayot juda tez, boshdagi do‘ppini bir aylantirgun cha, o‘tadi- ketadi. Shu qisqa fursatda inson xalq uchun, Vatan uchun, o‘z farzandlari va nasllar uchun savobli ishlar qilib ulgurishi kerak. Oliyjanob xalqimizning ezgu tasavvur va tushunchasiga ko‘ra, har bir odam dunyoga kelib, uchta xayrli ishni ado etishi lozim. Birinchisi, sog‘lom va oqil farzand tarbiyalab voyaga yetkazish. http://eduportal.uz 119 Ikkinchisi, o‘z oilasi, farzandlari uchun imorat qurish. Uchinchisi, kelajakni o‘ylab, yaxshi niyat bilan daraxt o‘tqazish. Bu insoniy intilishlarda millatimizning barkamol avlod haqidagi orzu-umidlari o‘z aksini topgan. M. Mirzaboyeva Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling