Gomerning «iliada»va «odiseya»asarlarida mifologik suyjetlarning oʻrni


Download 329.64 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi329.64 Kb.
#1515026
  1   2
Bog'liq
Ibragimova U.107-guruh

BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA VA TILLARNI OʻQITISH:OʻZBEK TILI TaʼLIM YoʻNALISHI 1-BOSQICH TALABASI IBRAGIMOVA UMIDANING «JAHON ADABIYOTI »FANIDAN AMALIY MASHGʻULOTI

Gomerning «iliada»va «odiseya»asarlarida mifologik suyjetlarning oʻrni

REJA:

1.Xomerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlari.

2.Dostonning mifologik elementlari.

3.“Odisseya” va “Alpomish” dostonlari o‘rtasidagi o‘zaro yaqinlik masalasi.

4.Xomer masalasi

5 .Gesid – didaktik epos yaratuvchisi.

Qadimgi yunon yozma adabiyotining bizgacha yetib kelgan yakkayu-yagona yozma namunasi “Iliada” va “Odisseya” dostonlaridir. Gomer degan ulug‘ shoirning nomi bilan bog‘liq bo‘lgan har ikkala poemaning mavzusi Troya afsonalaridan, ya‘ni yunonlar bilan troyaliklar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan urush rivoyatlaridan olingan. Ilm ahllarining aytishlaricha, yunonlarning troyaliklar ustiga bostirib kelishlari tarixiy voqea bo‘lib, eramizdan taxminan XIII-XII asr ilgari yuz bergandir. Ana shu urush haqidagi rivoyatlar yig‘indisidan yunon mifologiyasining “Troya urushi afsonalari” deb ataluvchi turkumi yuzaga kelgan. “Iliada” da urushning o‘ninchi yilida bo‘lib o‘tgan muhim bir hodisa tasvir etilgan. Troyaning ulug‘ pahlavoni Gektorning o‘limi bilan asar voqealari nihoyasiga yetadi.

  • Qadimgi yunon yozma adabiyotining bizgacha yetib kelgan yakkayu-yagona yozma namunasi “Iliada” va “Odisseya” dostonlaridir. Gomer degan ulug‘ shoirning nomi bilan bog‘liq bo‘lgan har ikkala poemaning mavzusi Troya afsonalaridan, ya‘ni yunonlar bilan troyaliklar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan urush rivoyatlaridan olingan. Ilm ahllarining aytishlaricha, yunonlarning troyaliklar ustiga bostirib kelishlari tarixiy voqea bo‘lib, eramizdan taxminan XIII-XII asr ilgari yuz bergandir. Ana shu urush haqidagi rivoyatlar yig‘indisidan yunon mifologiyasining “Troya urushi afsonalari” deb ataluvchi turkumi yuzaga kelgan. “Iliada” da urushning o‘ninchi yilida bo‘lib o‘tgan muhim bir hodisa tasvir etilgan. Troyaning ulug‘ pahlavoni Gektorning o‘limi bilan asar voqealari nihoyasiga yetadi.

Qadimgi yunonlar Troya shahrini “Ilion” deb ham ataganlar. Binobarin, “Iliada” dostonining nomi ostida “Ilion qissasi”, “Ilionnoma” degan ma‘nolarni anglamoq lozim. Iliada dostoni 15700 misradan iborat juda kattakon asar. Qadimgi olimlar poemani 24 bobga – qo‘shiqqa bo‘lganlar. Asar voqealari tavsifiga kirishdan oldin, shoir ilhom parisiga murojaat qilib, Axill g‘azablarini kuylashda ulardan madad so‘raydi. Poemaning birinchi qo‘shig‘i ana shu g‘azabning sabablariga bag‘ishlangan. “Odisseya” dostonida jafokash Odisseyning o‘z vataniga qaytishi va safar mobaynida uning boshidan kechgan mushkulotlar, uchragan ajoyibot va g‘aroyibotlar - asarning asosiy mavzusidir. Odisseyning bu sargardonchiliklari rosa o‘n yilga cho‘zilib ketgan bo‘lsa ham, asarda oxirgi qirq kuni hikoya qilinadi.
Qadimgi yunon shoiri Gomerning ikkita eng mashhur asari bor. Birinchisi - «Iliada» dostoni bo‘lsa, ikkinchisi «Odisseya» dostonidir. Ushbu asarlarning ikkalasi ham qahramonlik eposi bo‘lib, asarlar yunon mifologiyasi asosida yaratilgan, Iliada va Odisseya shunchaki she’rlar, hikoya yoki, rivoyatlar to‘plamigina emas, balki, real tarixiy voqealarni ham bayon etganligi bilan muhim. Shu jihatdan, mazkur asarlar qadimgi dunyo tarixini o‘rganishda ham muhim yozma manba bo‘lib xizmat qilgan. Xususan, mashhur Troya voqeasi aynan «Iliada» dostonida keltirib o‘tiladi. «Odisseya» esa bosh qahramon – Odisseyning jahongashta sarguzashtlarini, hamda, uni sabr bilan kutgan rafiqasi – Penelopaning sadoqatini madh etuvchi dostondir. Qisqasini aytganda, Iliada va Odisseya – umumjahon madaniyatining nodir namunalari hisoblanadi va butun bashariyat mulki sifatida e’tirof etiladi. Gomer asarlarini o‘zbek tiliga Mirtemir domla, hamda, Qodir Mirmuhamedovlar tomonidan tarjima qilingan.

Download 329.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling