A. S. Abduqodirov, G’. Ahmedov Harbiy xizmat axloqi. O’quv Qo’llanma Sharq nashriyoti, Toshkent 2007 y


Download 82.09 Kb.
bet5/7
Sana08.05.2023
Hajmi82.09 Kb.
#1445861
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
namuna

Tasavvur
Inson sezgan va idrok qilgan narsalarining obrazlari izsiz yo’qolib ketmaydi. Ular inson ongida uzok vaqt saqlanib qoladi. Ushbu obrazlar ta’sirida insonda tasavvur shakllanadi. Tasavvur – bu inson tomonidan oldin idrok qilingan narsa va hodisalarning sub’ektiv obrazlari.
Tasavvur bilish jarayonlari ichida ularni bir-birlari bilan bog’lab turuvchi oraliq holatni egallaydi. Tasavvur bilishning hissiy bilish bosqichida bo‘lib, narsa va hodisalarning mohiyatiga kirib borolmaydi. Ammo, tafakkurning paydo bo’lishi, rivojlanishi uchun manba bo’lib xizmat qiladi. Harbiy xizmatchilarning aqliy, amaliy masalalarni echishlarida tasavvur katta yordam beradi.
Ofitserdagi oldingi tajribalarida shakllangan tasavvurlar uning jangovar sharoitlarda komandirlik faoliyatini amalga oshirishiga katta yordam beradi. U tasavvurlar (operaiv, taktik, topografik, texnik va hokazo) yordamida hayolan jangovar holat-voqelik modelini yaratadi. Tasavvur voqelikka qanchalik yaqin va mos bo’lsa, faoliyat ham shunchalik samaradi bo’ladi.
Inson ongida oldin idrok qilingan narsa va hodisadrning obrazlari qanchalik qayta ishlanganligiga qarab tasavvur ikki turga ajratiladi: xotira tasavvuri va hayol tasavvuri. Agar oldin idrok etilgan ob’ektning obrazi o’zgarishsiz yoki ozgina o’zgarish bilan qayta tiklansa, bu xotira tasavvuri bo’ladi. Obrazlar inson tomonidan qayta ishlanganda esa hayol tasavvuri shakllanadi.
Jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik jarayonida tasavvurlarning rivojlanishi to’la-to’kis harbiy faoliyat harakteriga bog’liq bo’ladi. Masalan, harbiy mashg’ulotlarning real jangovar mashg’ulot shart-sharoitlariga yaqinlashtirilishi harbiy xizmatchilarda zamonaviy urushlar-ular bevosita janglarda to’qnash kelishlari mumkin bo’lgan holatlar haqidagi tasavvurlarning shakllanishiga yordam beradi. Aksincha, mashg’ulotlardagi shartliliklarning me’yordan oshib ketishi esa noto’gri tasavvurlarni yuzaga keltiradi. Shuning uchun harbiy xizmatchilardagi tasavvurlarni ularning shaxsiy tajribalariga asoslanib shakllantirish katta ahamiyatga ega. Buning uchun qurollar bilan bo’ladigan amaliy ishlar, adabiyotlar bilan mustaqil ishlash, jangovar texnikani ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish kabilar yaxshi vosita bo’lishi mumkin. Masalan, harbiy xizmatchilardagi raketa-yadro urushi va undan himoyalanish vositalari haqidagi tasavvurlar ulardagi amaliy tajribaning qanchalik boyligiga hamda mazmuniga bog’liq bo’ladi, Ijtimoiy hayot haqidagi tasavvur­larni rivojlantirish uchun esa ularni ijtimoiy foaliyatga jalb etishdan tashqari, ularda har xil adabiyotlarni o’qib o’rganish malakasini hosil qilish katta ahamiyatga ega. Insonning tasavvurlari ko’p jihatdan undagi ehtiyoj va qiziqishlarga bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari harbiy xizmatchilardagi tasavvurlarni shakllantirishda so’z juda katta rol o’ynaydi. Ma’lumki, biron bir ob’ektni idrok yoki tasavvur etish, avvalo ushbu ob’ektni kuzatish, keyin esa uni so’zlar vositasida bayon etish bilan olib boriladi. Jangovar texnika va qurollar murakkablashgan hozirgi sharoitda narsa, hodisalarni so’z vositasida tasvirlash insonlarda texnik tasavvurni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Ta’limdan farqli ravishda tarbiya jarayonida tasavvurlarning shakllantirilishi esa faqatgina so’z vositasida amalga oshiriladi.
Zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti sharoitida inson faoliyati ko’proq shartli-mavhum belgilarga asoslanadigan bo’lib borayapti. Masalan, chizmalar, haritalar, sxemalar, fikrni harflar vositasida ifodalash, har xil formulalar tuzish va hokazo. Chizma va shamalarni kuzatish, shartli belgilarni o’qish kabilar harbiy xizmatchilarda o’tkazgichdan elektr tokining o’tishi, buyumlar o’rtasidagi fizik va kimyoviy ta’sirlar hamda boshqa hodisalar haqidagi tasavvurlarning shakllanishiga olib keladi. Agar harbiy xizmatchida narsa hodisalardagi alohida sifatlarni abstraksiyalash (mavhumlash) - hayolan ajratib olish layoqati bo’lmasa, ulardagi tasavvurlar nixoyatda cheklangan bo’ladi. Shuning uchun ham harbiy xizmatchilarga voqelikni shartli belgilarda ifodalashni o’rgatish katta ahamiyatga ega. Bu esa ularda berilgan topshiriklarni bajarish bilan bog’liq faoliyatni avvalo hayolda yaratish imkonini beradi.
Harbiy xizmat, harbiycha tartib, ofitserlar va serjantlar, ular o’rtasidagi munosabatlar hamda boshqalar haqidagi ma’lum bir tasavvurlar harbiy xizmatchilarda xizmatgacha bo’lgan davrda shakllangan bo’ladi. Ularning to’g’rilaridan ofitser o’quv mashg’ulotlari jarayonida foydalanadi, noto’grilarini esa to’grilaydi. Natijada ularda to’gri tasavvurlar shakllanishiga erishiladi.
Hayol
Inson ongida har doim buyum, xatti-harakat, hodisa shaklidagi faoliyat mahsullarining obrazlari paydo bo’lib turadi. Mana shu hodisaga hayol deyiladi. U insonga faoliyat natijalarini oldindan tasavvurqilish imkonini beradi. Inson hayol vositasida o’z faoliyatining yakuniy va oraliq mahsullarining modellarini yaratish bilan kelajakni bashorat qila oladi. Yangi muammolar paydo bo’lganda, masalaning yangicha echimlari qidirilayotganda ayniqsa, hayol tez-tez paydo bo’lib turadi. Inson hayol yordamida narsa va hodisa-larni alohida k;ismlarga ajratadi, keyin esa boshqa bir shaklda yana qayta birlashtira oladi. Natijada uning ongida aloqalar, obrazlar va fikrlar paydo bo’ladi.

Download 82.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling